7- laboratoriya ishi. Galvanik elеmеntining elеktr yurituvchi kuchini o`lchash


Download 241.64 Kb.
bet1/3
Sana19.05.2020
Hajmi241.64 Kb.
#107751
  1   2   3
Bog'liq
7- Laboratoriya ishi. Galvanik elеmеntining elеktr yurituvchi kuchini olchash


7- Laboratoriya ishi. Galvanik elеmеntining elеktr yurituvchi kuchini o`lchash

Mavzuni asoslash: Farmatsevtika amaliyotida eritmalarning pH qiymatini aniqlash, ulardagi ionlar faolligini о`lchash, potentsiometrik titrlash, muhim ahamiyat kasb etadi. Bu usullarning asosida esa elektr yurituvchi kuchni, hamda elektrod potentsiallarini о`lchash yotadi. Binobarin, mavzu yuqori kurs talabalarini о`qitishda va provizorlarning ish faoliyatida fundamental asos bо`lib hizmat qiladi.

Asosiy masalalar: Elektrodlar va redoks elektrodlar potentsiallarini aniqlash; eritmaning pH muhitini potentsiometrik usulda aniqlash; potentsiometrik usulda titrlash.

Ishdan maqsad: Talabalarni elektrodlar potentsiali va redoks potentsiallarni о`lchashga, eritmalarni pH muxitini potentsiometrik usulda aniqlashga, hamda potentsiometrik usulda titrlashga о`rgatishdir

Kerak bo‘ladigan asbob uskunalar va reaktivlar: Akkumlyator, 1n rux sulfat va 1n mis sulfat eritmalari, rux va mis plastinkalari, Veston elementi, galvanometer, kaliy xloridning to`yingan eritmasi to`ldirigan tuz ko`prigi, kalomel elektrodi.

EYUK ni о`lchash.

Galvanik elementlarning yurituvchi kuchi kompensatsion usulda aniqlanadi. Bu usul sxemasi quyidagilardan iborat: Akkumlyator simlar orqali qarshilik kо`prigining A va V tomonlariga ulanadi, sо`ngra qarshilik kо`prigining chap tamoni (A) Veston elementining musbat qutbiga ulanadi. Veston elementining manfiy qutbi esa galvanometr va telegraf kalit (K) orqali harakatchan kalit (surgich C) ga ulanadi.



Elektr yurituvchi kuchni о`lchash quyidagicha amalga oshadi: galvanometr strelkasini qо`yib yuborib, knopka orqali uni nol nuqtaga keltiriladi. Sо`ngra akkumlyator ulanadi. Kalit orqali galvanometr ham ulanib, uni strelkasini xarakati kuzatiladi. Agar qarshilik kо`prigining A qismidan tok о`tsa, galvanometr strelkasi suriladi. Shundan sо`ng surgichni о`ng va chapga surib shunday holat topiladiki, bunda zanjirda tok bо`lmasin. Binobarin bunday holatda galvanometr strelkasi ham nol nuqtada tо`xtaydi (Rasm–7.1).









Download 241.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling