7 – ma’ruza O‘zgarmas kuchlanish sathini siljitish qurilmasi
Download 67.5 Kb.
|
7-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
7 – ma’ruza O‘ZGARMAS KUCHLANISH SATHINI SILJITISH QURILMASI Reja: O‘zgarmas kuchlanish sathini siljitish qurilmasi haqida tushuncha O‘zgarmas kuchlanish sathini siljituvchi sxema, ko‘p kaskadli o‘zgarmas tok kuchaytirgichlarda kaskadlarni kuchlanish bo‘yicha o‘zaro muvofiqlashtirishda keng qo‘llaniladi. Bunday sxemalar sath translyatorlari deb ham ataladi. Ular navbatdagi kaskad kirishidagi signalning o‘zgarmas tashkil etuvchisini siljitishi va o‘zgaruvchan tashkil etuvchisini buzmasdan uzatishi kerak. Eng sodda sath siljituvchi sxema bo‘lib emitter qaytargich xizmat qiladi. Uning chiqish (emitter) potensiali sathi baza potensiali sathidan U* kattalikka past bo‘lib, signal 1 koeffitsient bilan uzatiladi. U* kattalik ochiq o‘tish kuchlanishi deb ataladi. Gap shundaki, normal tok rejimida (to‘g‘ri toklar I=10-3÷10-4 A oralig‘ida bo‘lganda), kremniyli r – n o‘tishdagi kuchlanish 0,65÷0,7 V bo‘ladi. Mikrorejimda esa (toklar I=10-5÷10-6 A bo‘lganda), kuchlanishning mos o‘zgarishlari 0,52÷0,57 V bo‘ladi. SHunday qilib, toklar diapazoniga bog‘liq holda to‘g‘ri kuchlanishlar biroz farq qiladi, lekin diapazon oralig‘ida ularni o‘zgarmas deb hisoblash va parametr sifatida olish mumkin. Xona temperaturasi uchun normal rejimda U*=0,7 V, mikrorejimda esa U*=0,5 V deb qabul qilingan. Agar kuchlanish sathini 2U* martaga pasaytiirish kerak bo‘lsa, u holda kuchlanish qaytargichning emitter zanjiriga to‘g‘ri siljitilgan diod ulanadi. Kuchlanish sathi U*ga marta bo‘lmagan miqdorda siljitilishi zarur bo‘lsa, BTGdan foydlanishga asoslangan sath siljituvchi universal sxemadan foydalaniladi. Bu sxema 5.1 – rasmda keltirilgan. Sxemada BTG VT tranzistor emitter zanjiriga ulangan bo‘lib, uning bazasi avvalgi kaskad chiqishi bilan bevosita ulangan. VT tranzistorning emitter potensiali I0·R qiymatga pasayadi. Natijada, A nuqtaning potensiali qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, V nuqtaning potensiali . (7.1) Berilgan UA da UBE ning qiymati I0 tok qiymatiga mos bo‘ladi va natijada, R ning shunday qiymatini tanlash mumkinki, UV ning qiymati avvaldan belgilangan qiymatga mos bo‘lsin. 7.1– rasm. Kuchlanish sathini siljituvchi universal sxema. Sxemaning chiqishidagi signal (V nuqta) kirishdagi (A nuqta) signalni qaytarishiga ishonch hosil qilish qiyin emas. (5.1) ifoda asosida I0 = const bo‘lgani uchun bo‘ladi. Baza potensialinig o‘zgarishi UBE qiymatini o‘zgartira olmaydi, chunki tranzistor emitteri potensiali amalda shu ondayoq baza potensiali o‘zgarishiga mos keladi. Natijada, =0 va bo‘ladi. BTGning dinamik qarshiligi Ri=∞ bo‘lsagina, yuqoridagi ifoda o‘rinli bo‘ladi. Ri ning qiymati odatda 100 kOm÷1 MOm, R esa 1÷2 kOm bo‘ladi. SHuning uchun signal uzatish koeffitsienti birga yaqin bo‘ladi. Nazorat savollari 1. O‘zgarmas kuchlanish sathini siljitish sxeamsini ishlash mexanizmini tushuntiring. 2. Ko‘p kaskadli kuchaytirgichlarda sathni siljitish qurilmalari qanday amalga oshiriladi ? Download 67.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling