7- ma'ruza: Tolali optik aloqa tizimlarining liniya trakti Optik liniya trakti
Tolali OAT da shovqinlar va nochiziqli buzilishlar
Download 7.23 Kb.
|
1 2
Bog'liq7- ma\'ruza Tolali optik aloqa tizimlarining liniya trakti Optik-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- E’tiboringiz uchun Rahmat!
Tolali OAT da shovqinlar va nochiziqli buzilishlar
OT ham barcha turdagi dielektriklar, masalan, nochiziqli to'rtqutblilik kabi kuchli elektromagnit maydonda nochiziqli xarakterga ega. + kombinatsion garmonikalar Yuqori intensivlikda OT ning sindirish ko'rsatkichi nurlanish intensivligiga bog'liq bo'ladi va quyidagicha ifodalanadi n = n0 + nnI; yoki OT ning sindirish ko'rsatkichi kirish quvvatiga bog'liq: n = n0 + nn* P0/ Aeff; Bu yerda: n0 – kichik optik quvvatda OT ning sindirish ko'rsatkichi (kvars uchun n0 =1,47); nn – sindirish ko'rsatkichining nochiziqlilik koeffisienti. nn qiymati (2,2 ... 3,6)*10-20 м2 /Vt oraliqda yotishi mumkin (kvars uchun nn = 2,35* 10-20 м2 /Vt); I – yorug'lik oqimining intensivligi; P0 – OT ga kiritiladigan optik quvvat, Vt; Aeff– OT o'zagining effektiv maydoni, м2. Kvars OT sindirish ko'rsatkichining optik quvvatga bog'liqligi WDM tizimlarida uzatuvchi muhit sifatida BM OT lardan foydalaniladi. BM rejimni ta'minlash uchun do’ = λn shart bajarilishi kerak. Lekin, ITU-T G.652 tavsiyalarida BM OT o'zagining diametri do’ > λn dan bir muncha katta, bu esa BM OT orqali bitta asosiy modadan tashqari bir modaning boshqa spektral tashkil etuvchilarining ham uzatilishiga olib keladi. Bir modali LD nurlanish spektri Ikkinchi tartibli kombinatsion garmonikalar har doim ishchi diapazondan tashqarida joylashadi. Lekin 3-tartibli garmonikalar xavfli bo'lib, to'rt to'lqinli siljish (TTS) deyiladi va qo'llanilayotgan ishchi chastota diapazonini egallashi mumkin. TTS kombinatsion chastotalarining hosil bo'lishi. 3 ta to'lqin uzunlikli guruhli signal uzatilganda, hosil bo'ladigan kombinatsion garmonikalarni quyidagicha ifodalash mumkin Kanallar orasidagi qadam teng bo'lsa, ba'zi garmonikalar qo'shni ishchi chastota garmonikalari bilan mos keladi. Natijada kanallararo o'tuvchi nochiziqli halaqitlar yuzaga keladi. 3 turli chastotali optik kanallar uchun TTS natijasida hosil bo'lgan kombinasion garmonikalar bu yerda, Nochiziqli buzilishlarni kamaytirish uchun OT ga kiritiladigan yig'indi quvvatni optimallashtirish kerak.
Quvvatning teng taqsimlanishida har bir WDM kanalidagi maksimal quvvat sathi Jadvaldan ko'rinib turibdiki, P gr. sig =30 dBq da minimal va maksimal kanallar sonida quvvatning kamayishi 21 dB ni tashkil etadi. Bu esa optik kanalda talab etiladigan xatolik koeffisientini – SShN ta'minlashda muammolarga olib keladi. Yuqoridagilardan nochiziqli buzilishlarni kamaytirish uchun shuni xulosa qilish mumkin: - uzatiladigan signal quvvati va kuchaytirgichlarning joylashuvini optimallashtirish kerak, G.662 tavsiyasi bo'yicha yig'indi quvvat sathi 23 dB deb qabul qilingan; - kuchaytirgichlarning kuchaytirish koeffisientini har bir to'lqin uzunligida tenglashtirish kerak; - kanallararo interval va to'lqin uzunliklari sonini rasional taqsimlash va optimallashtirish, 50 GGs dan yuqori va notekis kanallararo intervalni qo'llash kerak; - D qiymati maksimal SF OT qo'llash nochiziqli buzilishlarni kamaytiradi, lekin regenerasiyalash uchastkasi uzunligini chegaralaydi; - DSF OT da D=0 bo'lgani uchun nochiziqli buzilishlar eng yuqori bo'ladi; - NZDSF OT qo'llash eng optimal hisoblanadi. Nazorat savollari 1. Optik liniya traktini ta'riflang. 2. Ikki tomonlama TOA tizimlarini tuzishning qanday usullarini bilasiz? 3. Ikki tolali, bir polosali, bir kabelli TOA tizimining tuzilish sxemasini tushintiring. 4. Bir tolali, bir polosali, bir kabelli TOA tizimi qanday tuziladi? 5. To'lqin uzunligi bo'yicha ajratilgan TOA tizimlarning tuzilish sxemasi qanday tuzilgan? 6. Nochiziqli buzilishlar qanday yuzaga keladi? 7. Nochiziqli buzilishlarni qanday bartaraf etish mumkin? E’tiboringiz uchun Rahmat! http://hozir.org Download 7.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling