7- mavzu: Globallashuv sharoitida antropologik inqirozning oldini olish Reja
Download 28.02 Kb.
|
7 mavzu Globallashuv sharoitida antropologik inqirozning oldin
- Bu sahifa navigatsiya:
- REFERAT Mavzu:_______________________________________________________________
- Global jarayonlar va global muammolar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI KAFEDRASI ________________________________ guruh talabasi _____________________________________ fanidan REFERAT Mavzu:_______________________________________________________________ Bajardi: ___________________ Tekshirdi: ___________________ Buxoro-2023 7- Mavzu: Globallashuv sharoitida antropologik inqirozning oldini olish Reja: 1. Global jarayonlar va global muammolar 2. Globallashuv jarayonlarining ijobiy natijalari va salbiy oqibatlari. 3. Globallashuv sharoitida antropologik inqirozning oldini olish Global jarayonlar va global muammolar Global muammolar butun er kurrasini, uning nafaqat odamlar bevosita yashaydigan qismini, balki Erning qolgan yuzasi, er osti bo’shliqlari, atmosfera, gidrosfera va hatto inson faoliyati doirasiga kiruvchi kosmik fazoni qamrab olishi bilan izohlanadi. Hozirgi zamondaglobal muammolarni tasniflashga nisbatan har xil yondashuvlar orasida ayniqsa keng e’tirof etilgan tasnifga muvofiq global muammolarning barchasi ularning keskinlik darajasi va echimining ahamiyatiga, shuningdek real hayotda ularning o’rtasida qanday sababiy bog’lanishlar mavjudligiga qarab uch katta guruhga ajratiladi. Birinchi guruh eng katta umumiylik va muhimlik darajasi bilan tavsiflanadigan muammolar. Ular turli davlatlar o’rtasidagi munosabatlardan kelib chiqadi. Ayni shu sababli ular interijtimoiy global muammolar deb ataladi. Bu erda jamiyat hayotidan urushni bartaraf yetish va adolatli dunyoni ta’minlash; Yangi xalqaro iqtisodiy tartib o’rnatish kabi ikki o’ta muhim muammo farqlanadi: Ikkinchi guruh jamiyat va tabiatning o’zaro ta’siri natijasida yuzaga keladigan muammolar bo’lib, ular odamlarni energiya, yonilg’i, chuchuk suv, xom ashyo resurslari va shu kabilar bilan ta’minlash kabilardir. Bu guruhga ekologik muammolar, shuningdek Jahon okeani va kosmik fazoni o’zlashtirish ham kiradi. Uchinchi guruhni «inson – jamiyat» tizimi bilan bog’liq muammolar ya’ni demografiya muammosi, sog’liqni saqlash, ta’lim, xalqaro terrorizm tahdidi ma’naviyat masalalari va shu kabilardir. U yoki bu muammoning muayyan guruhga kiritilishi ma’lum darajada shartli xususiyat kasb etadi va muhim omillarga, ularni ajratish asoslariga bog’liq bo’ladi. SHu sababli har qanday tasnif masala echimining uzil-kesil varianti sifatida emas, balki murakkab tizimni qayta tuzishning global muammolar o’zaro aloqasi tabiatini yaxshiroq tushunishga ko’maklashadigan usullaridan biri sifatida qaralishi lozim. Endi butun insoniyatga jiddiy xavf tug’dirayotgan eng muhim muammolarga qisqacha tavsif beramiz. Global muammolarni yechishda falsafaning roli. Og’ir va murakkab vazifalarni yechishda insonga fan doim yordam bergan. Bir paytlar erishib bo’lmaydigan, inson imkoniyatlari darajasidan tashqarida bo’lib tuyulgan narsalarning aksariyatiga aynan fan yordamida erishilgan. Ayni shu sababli global muammolar xavf solayotgani haqidagi ilk ogohlantirishlarning o’ziyoq odamlarni fanga o’z e’tiborini qaratishga, olimlarni esa bu muammolarni yechish yo’llarini izlashga majbur qildi. Yuzaga kelgan vaziyatning o’ziga xosligi va Yangiligi shundan iboratki, har qanday muayyan muammolarni ayrim fan yoki bir necha fanlar majmui doirasida o’rganish mumkin bo’lsa, inson, jamiyat va tabiatni ularning ko’p sonli o’zaro aloqalari va o’zaro bog’liqliklarida qamrab oluvchi murakkab tizimdan iborat global muammolarni tadqiq yetishga ayrim fanlar qodir emas. Zero o’z tadqiqoti ob’ekti – u yoki bu ayrim muammoni boshqa global muammolar kontekstida talqin qilishga muayyan fanlar doirasi torlik qiladi. SHu sababli u yoki bu fan qaysi muayyan vazifalarni yechishidan qat’iy nazar, ular bilan bog’liq jarayonlar va hodisalarga, ya’ni butun vaziyatga, shu jumladan oxir-oqibatda olingan natijalarga nisbatan falsafiy yondashuv doimo tadqiqotning zaruriy sharti hisoblanadi. Har qanday ayrim fanlar muayyan bosqichda o’z tadqiqot predmetini falsafiy jihatdan anglab yetishga u yoki bu darajada muhtoj bo’ladi. Muayyan fan predmetiga va insoniyat oldida turgan muammolarga nisbatan bunday keng yondashuvsiz fundamental kashfiyotlar qilish ham, umuman fanning rivojlanishi ham mumkin emas. SHunday qilib, ayni holda, bir tomondan, masalalarning falsafiy echimi to’g’risida, boshqa tomondan esa – falsafa fanlarning keng doirasi o’zaro aloqa qilishini rag’batlantirishi, bunda ularning fanlararo birlashuvi muhim o’rin tutishi to’g’risida so’z yuritiladi. Garchi falsafa odamlarning kundalik hayoti va amaliyotidan ancha uzoqda bo’lgan haddan tashqari umumiy masalalarni o’rganadi, degan fikr mavjud bo’lsa-da, u (falsafa) global muammolarni yechishda muhim rol o’ynaydi. Zero, umumiy nazariyalar ba’zan bilimning aksariyat muayyan sohalariga qaraganda ko’proq samara berishi mumkinligi yaxshi ma’lum. Global muammolarni falsafiy anglab yetishning o’ziga xos xususiyatlarini tavsiflar ekanmiz, falsafaning asosiy funksiyalaridan kelib chiqadigan va bilishning shu shakligagina xos bo’lgan xususiyatlarni qayd etib o’tamiz. Download 28.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling