Тарихнинг ҳаракатлантирувчи кучлари
Субъектив (инсон ва жамиятга боғлиқ)
Объектив (инсон ва жамиятга боғлик эмас)
3-savol bayoni: Jamiyat hayoti tuzilmasining 4ta asosiy sohalari, ya’ni jamiyatning muhim kichik tizimlari: iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy kichik tizimlardir.
Iqtisodiy kichik tizim. Moddiy ishlab chiqarish. Iqtisodiy kichik tizim ishlab chiqarish faoliyati va kishilarning bu jarayondagi munosabatlari shakllarining majmuidir. Shu bois iqtisodiyot sohasi moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilishni o‘z ichiga oladi. Har bir jamiyat o‘z mavjudligi va rivojlanishi uchun zarur tabiiy boyliklarga ega. Ammo ijtimoiy boylik inson mehnati bilan yaratiladi.
Keng ia’noda, “iqtisodiy soha” deganda barcha ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni tushuniladi: ishlab chiqarish usuli, ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari birligi, iqtisodiyotning o‘zaro aloqadorligi va o‘zaro ta’sirlari majmuidir. Iqtisodiy tizim moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishni hamda moddiy va ma’naviy xizmatlar ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |