7 – mavzu: Jamiyat va inson falsafasi. Mavzu rejasi
Download 109.6 Kb.
|
7 мавзу Жамият ва инсон фалсафаси
- Bu sahifa navigatsiya:
- Antropogonezning teologik konsepsiyasi.
- Insoning biologik evolyusiyasi konsepsiyasi.
Antropogenez muammosi. Antropogenez5 – bu odamning kelib chiqishi va insonning keyingi rivojlanishi. Hozirgacha bu muammo fanda, falsafada va dinda ko‘plab munozaralarga sabab bo‘lmoqda. XIX va XX asrlarda ilmiy antropologiyada odamning biologik evolyusiyasi hukmronlik qilib, uning qaror topishiga ingliz naturalisti Ch.Darvin katta hissa qo‘shdi. Ammo bu nazariya o‘zining ko‘p kamchilliklariga ega. Masalan, hayot shaklining takomillashishi va murakkablashishida tasodifning roli, ongning rivojlanishida biologik omilning ko‘paytirilishi va boshqalar hisobga olinmaganligi shular jumlasiga kiradi.
Hozirgi madaniy makonda mavjud bo‘lgan odamzodning kelib chiqishi haqidagi har xil nazariyalarni uchta: teologik, biologik evolyusiya va kosmik evolyusiya konsepsiyalariga ajratish mumkin. Antropogonezning teologik konsepsiyasi. Bu konsepsiya xudo tomonidan dunyo va odamning yaratilishi – kreatsionizm6 to‘g‘risidagi diniy ta’limotning bir qismidir. Xudo o‘zining qudratiga binoan «o‘ziga o‘xshash» odamni yaratadi. Bu jarayon hech qanday evolyusiyani ko‘zda tutmaydi. Injilda aytilishicha: odamning jismi, «yer, tuproq»dan yasalgan bo‘lib, xudo unga jon kiritgan. Shu tariqa, birinchi inson mavjudot erkak bo‘lgan. Keyinroq xotin uning «qovurg‘a»sidan yaratilgan. Boshda ular jannat bog‘larida yashagan. «Yaxshi va yomonni bilish»sin deb, ma’lum bir aybi uchun Xudo ularni yerdagi tabiiy hayotga tushirgan, odam urug‘i shunday boshlangan, degan fikrga asoslanadi. Teologik konsepsiyada bunday olganda odamning kelib chiqish jarayonini konkret tushuntirish yo‘q, uning yaratilishi to‘g‘risidagi «fakt»larni qayd qilish bor. Bu konsepsiyaning foydasiga xizmat qiluvchi jiddiy dalilliy, asoslar ham noma’lum. Shuning uchun ham u ilmiy materializm tarafdorlari tomonidan, boshqa falsafiy ta’limot izdoshlari tomonidan ham qattiq tanqid qilinadi. Insoning biologik evolyusiyasi konsepsiyasi. Bu tirik tabiat evolyusion rivojlanishi to‘g‘risidagi – darvinizm nazariyasining oqibati hisoblanadi.. Bu konsepsiya tarafdorlari hozir mavjud bo‘lmagan, ibtidoiy davrda yashagan odamsimon maymundan kelib chiqqan deb faraz qiladilar. Odam va hayvonot dunyosining rivojlanishi, takomillashish tomonga asta-sekin o‘zgarish jarayoni – evolyusiya demakdir. Biologik evolyusiya jarayonida quyidagi omillar - genetik irsiyat, genetik o‘zgaruvchanlik va tabiiy tanlash hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Bu omillar mifologik va antropoid maymun, boshqa o‘zgarish, jarayonlarni ijobiy oqim tomon yo‘naltirdilar, oxir oqibatda yangi sifatlarning paydo bo‘lishiga olib keldi. To‘g‘ri yurishga, barmoqlarning o‘zgarishiga, nutqning rivojlanishiga, bosh suyagi va miyaning kattalashishiga, aqlning paydo bo‘lishi va hokazo. XX asr boshlarida Darvin nazariyasi genetika va boshqa fanlar ma’lumotlari bilan to‘ldirilib, evolyusiyaning sintetik nazariyasi paydo bo‘ldi. Kreatsionizm va teosofiya tarafdorlari darvinchilarni evolyusiyaning ma’naviy omillariga e’tibor bermaslikda va tasodifiy biologik o‘zgarishlarga olib kelishda tanqid qiladilar. Download 109.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling