7 – mavzu: Jamiyat va inson falsafasi. Mavzu rejasi
Insonning kosmik evolyusiyasi konsepsiya
Download 109.6 Kb.
|
7 мавзу Жамият ва инсон фалсафаси
- Bu sahifa navigatsiya:
- Insonning mohiyati muammosi. «
Insonning kosmik evolyusiyasi konsepsiya. Bu qandaydir ma’noda diniy kreatsionizm va biologik evolyusionizmni yarashtirishga qaratilgan konsepsiyadir. U jonli etika falsafiy tizimi va teosofiya tarafdorlari tomonidan rivojlantiriladi. Bu konsepsiya izdoshlari quyosh tizimidagi planetalardan birining evolyusion ichki ta’siri natijasida odam hayotning kosmik shaklidan kelib chiqib, Yerda paydo bo‘ladi deb hisoblaydilar. Yerda hayot evolyusiyasi ikki yo‘l – astral-psixik (nobiologik hayot) va oksil-nuklein (biologik hayot - birinchi tirik xo‘jayradan murakkab ko‘p xujayrali organizmgacha) bilan amalga oshiriladi. X (iks) nuqtasida (taxminan bir nechta million yildan nechta o‘n million yil oldin) bitta mavjudot hayot evolyusiyasining ikki oqimi kesishishi sodir bo‘ladi. U o‘z biologik jismining antral (ruhni) to‘ldiriishiga erishadi.
Kosmik evolyusiya konsepsiyasiga binoan odamning kelib chiqishi va rivojlanishiga qanday asosiy omillar ta’sir qilgan? Bu kosmik yoki ma’naviy omil (kosmosning energetik ta’siri va oliy aqliy mavjudot). Bu biologik omil (naslchilik, o‘zgaruvchanlik, tabiiy tanlash). Bu ijtimoiy-madaniy omil (ijtimoiy munosabatlar, mehnat, ta’lim, tajriba almashish). Deyarli yuz yil bu g‘oyalar ilmiy dunyo tomonidan e’tiborsiz qoldi. Unga qiziqish faqat XX asr oxirlarida osha boshladi. Inson axborot-energetik nazariyasining tarafdorlari, inson kosmik evolyusiyasi konsepsiyasi kelajakda katta istiqbollarga ega deb faraz qiladilar. Insonning mohiyati muammosi. «Inson»7 so‘zi eng ko‘p tarqalgan kundalik va ilmiy tushunchalardan biri hisoblanadi. Bu so‘zing tagida qanday mazmun-mohiyat yashiringan? Ma’lumki, tirik mavjudotning ma’lum biologik turi bu «homo sapiens» – aqlli odamdir. Uning asosiy belgi va turlari qanday? U bo‘yi o‘rtacha– 160-180 sm bo‘lgan, pastki ikki oyog‘i bilan tik yuradigan, oziqlanish usuli aralash (hayvon va o‘simlik ozuqlanish), ko‘payish usuli – jinsiy, miyasi to‘liq, yuqori qo‘llari yaxshi harakatlanadigan, o‘rtacha umr uzunligi – 65-85 yosh (XX asrda), ichki organlari, nutqi va aqli rivojlangan mavjudotdir. Ammo bu belgilar, uning tabiiy va ijtimoiy tirikchiligi bilan bog‘liq tashqi ko‘rinishi bo‘lib, lekin uning mohiyatini tushunish imkoniyatini bermaydi. Falsafa tarixida inson to‘g‘risida juda ko‘p qarashlar mavjud bo‘lib, ulardan ba’zi bir eng ma’lum va xarakterlilarini umumlashtirilgan holda keltiramiz. Odam – koinotning qismi, kichik koinot (mikrokosm) – qadimgi hind, xitoy, yunon falsafasi. Odam – bu abadiy, mutloq ruh (Atman) – qadimgi hind falsafasi (yoga, vedanta). Odam – barcha narsaning o‘lchovi – Qadimgi yunon sofistlari (Protagor va boshq). Odam – siyosiy hayvon – Aristotel. Odam – qiyofa va xudoga o‘xshash – O‘rta asr nasroniylik teologiyasi. Odam – fikrlovchi mavjudot – R.Dekart. Odam – jonlantirilgan mashina – J.Lametri. Odam - ikki dunyoga tegishli mavjudot. Tabiiy zaruriyat dunyosiga va axloqiy erkinlik dunyosiga – I.Kant. Odam – tartibsizlik, ziddiyatlar, qo‘rqish, aql va jahl urushi. – B.Paskal. Odam – aqlli hayvon – K.Linney. Odam – qurol ishlab chiqaradigan hayvon – B.Franklin. Odam – tanlovchi mavjudot – S.Kerkegor. Ma’lumki, odamga yuqorida berilgan ta’riflarning ko‘p qismi tor va bir tomonlama bo‘lib, odam mohiyati tomonlarining bittasini ko‘rsatadi, xolos. Umuman insonning mohiyatiga berilgan ta’riflarni to‘rtta asosiy yondashuvga (boshqalari ham bor) ajratish mumkin: Download 109.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling