7- mavzu: O‘quv jarayonini tashkil etish va samarali boshqarish asosidagi pedagogik texnologiya. Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish reja
O‘qitishni individuallashtirish texnologiyasi
Download 39.76 Kb.
|
7 тема
2. O‘qitishni individuallashtirish texnologiyasi. Ingye Unt, A.S.Graniskaya, V.D.SHadrikov tadqiqotlarida individual o‘qitish o‘quv jarayonini tashkil etish shakli, modeli sifatida belgilanadi. Unda:
• pedagog faqat birgina talaba bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi; • bir talaba faqat o‘qitish vositalari (kitoblar, kompyutyer va b.) bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi. Individual o‘qitishda faoliyatning mazmuni, metodlari va surati talabaning xususiyatlariga moslashtiriladi. SHaxsiy yondoshish deganda: • pedagogikaning tamoyili bo‘lib, unga ko‘ra pedagog o‘quv-tarbiya ishlari jarayonida talabalarning shaxsiy xislatlarini hisobga olgan holda ayrim talabalar bilan individual model bo‘yicha o‘zaro munosabatda bo‘lish hamda individual xususiyatlarga asoslanish; • o‘quv jarayonida talabalarning individual xususiyatini hisobga olish; • barcha talabalarning rivojlanishigina emas, balki har bir talabaga alohida rivojlanish uchun psixologik-pedagogik tadbirlaryaratish tushuniladi. O‘qitishni individuallashtirish; • o‘quv jarayonini tashkil yetish bo‘lib, unda o‘qitish usullari, suratini tanlash talabaning individual xususiyatlari bilan bog‘lanadi; • individual yondashuvni ta ‘minlovchi turli o‘quv-metodik, psixologik-pedagogik va tashkiliy-ma ‘muriy tadbirlardir. SHunday qilib, didaktika bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlaiga ko‘ra o‘qitishni individuallashtirish o‘quv jarayonining shunday tashkil qilinishiki, unda individual yondashuv va individual shakl ustuvor hisoblanadi. O‘qitishni individuallashtirish quyidagi mualliflik tyexnalogiyalarida asoslab berildi: • Ingye Untning o‘qitishni individuallashtirish tyexnalogiyasi; • A.S. Gransikayaning moslashuvchan o‘qitish tyexnalogiyasi; • V.D. SHadrikovning individuallikka qaratilgan reja asosida o‘qitish tyexnalogiyasi. Ingye Untning o‘qitishni individuallashtirish tyexnalogiyasidagi asosiy konsepsiya hozirgi sharoitda o‘qitishni individuallashtirishning muhim shakli o‘quvchilarning maktabdagi va uydagi mustaqil ishlari dyeb qoidalashtirilgan. Ingye Unt uning mazmuni va metodikasi dyeb mustaqil ishlar uchun individual o‘quv vazifalari, joriy o‘quv adabiyotiga moslashtirilgan, individuallashtirilgan mustaqil ishlar qo‘llanmasi asosida nashr yetilgan ish daftarlarini tushunadi. A.S.Graniskaya o‘zining moslashuvchan o‘qitish tizimini sinf-dars tizimida tashkil yetish va unda o‘qituvchi 60-80% vaqtini o‘quvchilar bilan individual ishlashga ajratish mumkinligini qayd qiladi. A.S.Graniskaya metodikasining o‘ziga xosligi uning darsni muayyan g‘ayriodatiy qurilma asosida tashkil yetishidir: • Birinchi qism — barchani o‘qitish; • Ikkinchi qism — ikki parallyel jarayon: o‘quvchilarning mustaqil ishlari va o‘qituvchining ayrim o‘quvchilar bilan individual ishlashi, ya’ni umumlashtirilgan sxyemalardanfoydalanish, almashinib turuvchijufi o‘qituvchi bo‘lib ishlash, moslashuvchan ko‘p qirrali vazifalar va b. V.D.SHadrikov gipotyezasiga ko‘ra agar bolaga murakkablashib boruvchi vazifalarning tafsiloti berilsa, unga o‘rganish jarayonini motivatsiyalash taklif yetilsa, lyekin bolaga shu bugun uning uchun mumkin va qulay ishlash imkoniyati qoldirilsa, o‘quvchilar qobiliyati samarali rivojlanadi dyeb hisoblanadi. V.D.SHadrikov metodikasi asosini har bir o‘quvchining qobiliyatiga qarab o‘qitishga imkon beradigan olti darajadagi o‘quv rejasi, dastur va metodik qo‘llanma tashkil yetadi. Nag bir fanning murakkablik darajasiga ko‘ra kuchi yetgan variantni tanlab olib, o‘quvchilar sinfda tyez-tyez almashib turadi va fanning hajmi va mazmunini qo‘ldan chiqarmay birgalikda o‘quv dasturini o‘zlashtirishga harakat qiladilar. Murakkablik darajasini tanlash tyezlikda amalga oshiriladi va «ba’zan» uni amalga oshirib bo‘lmaydi. CHunki u sinfdagi o‘quvchilarning tenglashish, qobiliyati holatiga bog‘liq bo‘ladi. Murakkablikning olti darajasi amalda barcha bolalarga ye’tibor berishga, barchaning kuchi yetadigan hamda o‘quvchining qobiliyatiga, uning rivojlanishiga moslangan, o‘quv jarayonini tashkil yetishga imkon beradi. Bu o‘qitishni individuallashtirish mualliflik texnologiyasi negizida umumiy tamoyillar mavjud: • individuallashtirish o‘qitish jarayoni stratyegiyasidir; • individuallashtirish—individuallikni shakllantirishning zaruriy omili; • barcha o‘rganiladigan fanlarda individuallashtirilgan o‘qitishdan foydalanishning mumkinligi; • individual ishlarni o‘quv faoliyatining boshqa shakllari bilan intyegratsiyalash; • individual suratda, uslubda o‘rganish. Individuallashtirish texnologiyasining umumiy xususiyatlariga quyidagilar kiradi: • o‘zlashtira olmaslikka olib keluvchi omillarni qayd qilish; • fikrlash jarayonida bilim, malaka, ko‘nikmalarni yegallash asnosida individual kamchiliklarni tuzata olish usullari; • oila tarbiyasidagi motivatsiyaning bo‘linmasligi hamda iroda sustligi kamchiliklarini qayd qilish va yenga olish; • qobiliyatli va istye’dodli o‘quvchilarga nisbatan o‘quv jarayonini optimallashtirish (ijodiy faoliyat, sinfva sinfdan tashqari ishlarni hisobga olish); • o‘qitish jarayonini tanlash erkinligini berish; • umumiy o‘quv malakalari va ko‘nikmalarini shakllantirish; • o‘quvchilarning o‘z-o‘ziga mos baho bera olishini shakllantirish; • (o‘qitishning texnik vositalaridan, shuningdek, eHMdan foydalanish. O‘qitishni individuallashtirish texnologiyasiga quyidagilar kiradi. Batov tizimi. AQSHda ishlab chiqilgan bu tizimda o‘quv jarayoni ikki qismga bo‘linadi: Birinchi qism- butunicha sinf ishi. Ikkinchi qism- individual mashg‘ulotlar. Bunday mashg‘ulotlar unga zaruriyat syezgan o‘quvchilar bilan yo umum tomonidan qabul qilingan me’yorlardan orqada qolmaslik yoki nisbatan rivojlangan qobiliyatlari bilan ajralib turganlar bilan bir qatorda bo‘lishini ta’minlash maqsadida o‘tkaziladi. YUqori qobiliyatli katyegoriya o‘quvchilar bilan o‘qituvchi, nisbatan kamroq qobiliyatli va qoloq o‘quvchilar bilan o‘qituvchi yordamchisi shug‘ullanadi. Tramp rejasi - bu texnologiya AQSHda juda mashhur. Bu o‘qitish shakllarimng shunday tizimiki, unda katta auditoriyadagi mashg‘ulotlar kichik guruhlardagi individual mashg‘ulotlar bilan qo‘shib olib boriladi. Zamonaviy texnik vositalar yordamida 100-150 kishidan iborat katta guruhlarda yuksak malakali o‘qituvchilar, proffcssorlar leksiya o‘qiydilar. 10-15 kishidan iborat kichik guruhlar esa leksiya materiallarini muhokama qiladilar, bahs yuritadilar. Individual ishlar esa maktab kabinyetlarida, laboratoriyalarida o‘tkaziladi. Leksiya mashg‘ulotlariga 40%, kichik guruhlardagi mashg‘ulotlarga 20%, kabinyet va laboratoriyalardagi individual ishlarga yesa 40% ajratiladi. Odatdagi sinf tushunchasi yo‘q, kichik guruhlar ham doimiy emas. Dasturlashtirilgan o‘qitish texnologiyasi. Dasturlashtirilgan o‘qitish XX asrning 50-yillari boshida paydo bo‘ldi. U amyerikalik psixolog B.Skinnyer nomi bilan bog‘liq. U materiallarning o‘zlashtirilishini boshqarishning samaradorligini oshirishda, axborotlarni qismma-qism uzatishning muntazam programmasi asosiga qurish va uni nazorat qilishni tavsiya etdi. N.Kraudyer tarmoqlangan dasturni ishlab chiqdi, unda nazorat natijalariga ko‘ra ta’lim oluvchilarga mustaqil ishlar uchun turli xildagi materiallar tavsiya etiladi.G.K.Syelyevko dasturlashtirilgan o‘qitishga quyidagi ta’rifni beradi, ya’ni dasturlashtirilgan o‘qitish deganda o‘qitish uskunalari (yeHM, programmalashtirilgan darslik, kinotryenajyer va b.) yordamida programmalashtirilgan o‘quv materialining o‘zlashtirilishini boshqarishni tushunadi. Dasturlashtirilgan o‘quv materiali muayyan mantiqiy izchillikda beriladigan nisbatan katta bo‘lmagan o‘quv axborotlari («kadrlar», «fayllar», «odimlar») syeriyasidan iborat bo‘ladi. V.P.Byespalko bilish faoliyatini tashkil yetish va boshqarish namunasidagi pedagogik texnologiya tasnifini tavsiya etdi. U o‘qituvchi va ta’lim oluvchi (boshqariluvchi) munosabatlarini quyidagicha belgilaydi: • berk- (o‘quvchilarning nazorat qilinmaydigan va tuzatilmaydigan faoliyati); • davriy (nazorat, o‘z-of’zini nazorat qilish, o‘zaro nazorat); • tarqoq — (frontal) yoki yo‘nalganlik (individuallik); • goh (og‘zaki) yoki avtomatlar (o‘quv vositalari) orqali. V.P.Byespalko texnologiyasi turlari: Download 39.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling