7- mavzu: O‘quv jarayonini tashkil etish va samarali boshqarish asosidagi pedagogik texnologiya. Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish reja
Download 39.76 Kb.
|
7 тема
klassik leksiya metodida o‘qitish (boshqaruv-berk, tarqoq, qo‘lda);
audiovizual texnik vositalarda o‘qitish (berk, tarqoq, avtomatlashtirilgan); «konsultant (maslahatchilar)» tizimi (berk, yo‘naltirilgan, qo‘lda); o‘quv adabiyotlari yordamida o‘qitish (berk, yo‘naltirilgan, avtomatlashtirilgan) — mustaqil ish; «kichik guruhlar» tizimi (davriy, tarqoq, qo‘lda) — guruhlardagi o‘qitishning tabaqalashtirilgan usuli; kompyutyer o‘qitishlari (davriy, tarqoq, avtomatlashtirilgan); «repititor» tizimi (davriy, yo‘naltirilgan, qo‘lda) — individual o‘qitish; dasturlashtirilgan o‘qitish (davriy, yo‘naltirilgan, avtomatlashtirilgan), ular uchun oldindan programmalar tuzib qo‘yiladi. Dasturlashtirilgan o‘qitishning byeshta asosiy tamoyili farqlanadi: 1. Boshqarish qurilmalarining muayyan bosqichliligi (iyerarxiya) tamoyili. Bu programmalashtirilgan o‘qitish texnologiyasining iyerarxiya tuzilmasida avvalambor pedagog turadi, va bu fanda dastlabki umumiy mo‘ljal hisoblanadi; o‘qitishning murakkab nostandart vaziyatlarida individual yordam va korryeksiya o‘rin oladi. 2. Qayta aloqa tamoyili. U o‘quv faoliyatining har bir tadbiri bo‘yicha o‘quv jarayonini boshqarishning davriy tashkil yetish tizimini talab qiladi. Bunda awalo to‘g‘ri aloqa o‘rnatiladi - zaruriy harakat obrazi to‘g‘risidagi axborot boshqaruvchi obyektdan boshqariluvchiga uzatiladi. Qayta aloqa, V.P. Byespalko ta’kidlashicha, pedagog uchungina emas, balki ta’lim oluvchiga ham zarur birinchisiga korryeksiya uchun, ikkinchisiga esa o‘quv materialini tushunish uchun. Ichki va tashqi qayta aloqa ham mavjud. Ichki qayta aloqa ta’lim oluvchilarning o‘z natijalarini va o‘zining aqliy faoliyati xarakterini mustaqil korryeksiya qilish uchun xizmat qiladi. Tashqi qayta aloqa ta’lim oluvchiga byevosita o‘quv jarayonini boshqaruvchi qurilmalar vositasida yoki pedagog tomonidan ta’sir etishda amalga oshiriladi. 3. O‘quv materialini yoritish va uzatishda amalga oshiriladigan odimlovchi texnologik jarayon tamoyili. Odimlovchi o‘quv tadbiri - bu texnologik usul bo‘lib, unda o‘kuv materiali programmada axborot bo‘laklari va o‘quv vazifalari (bilim va malakalarni samarali o‘zlashtirishni ta’minlashga xizmat qiladigan va ta’lim oluvchining bilimlarni o‘zlashtirishning muayyan nazariyasini aks ettirgan)ning kengligi bo‘yicha alohida, mustaqil, lyekin o‘zaro bog‘langan va optimal bo‘lgan qismlardan iboratdir. To‘g‘ridan-to‘g‘ri va qayta aloqa uchun zarur bo‘lgan axborotlar to‘plami, bilish harakatlari va qoidalarining ta’limiy programma odimini hosil qiladi. Bu odim tarkibiga uch o‘zaro aloqador kadr (zvyeno) qo‘shiladi: axborot, qayta aloqa tadbiri va nazorat. Odimlovchi o‘quv tadbirlari izchilligi programmalashtirilgan o‘qitish texnologiyasi asosini tashkil etuvchi ta’limiy programmani hosil qiladi. 4. O‘qitishda individual namuna va boshqarish tamoyili davom ettiriladi. Bu tamoyil ta’lim oluvchining har biriga shunday axborot jarayonini yo‘naltiradi va tavsiya etadiki, u ta’lim oluvchiga mashq jarayonida, tyezlikda oldinga siljishga imkoniyat beradi, chunki uning bilish kuchi unga muvofiq ravishda boshqaruvchi tomonidan uzatilgan axborotga, moslashishga qulay bo‘ladi. 5. Programmalashtirilgan o‘quv materialini uzatish uchun maxsus texnik vositalardan foydalanish tamoyili. Programmalashtirilgan o‘qitish texnologiyasini ilmiy asoslash bir qator ta’limiy programmalarni farqlash imkoniyatini beradi: • rayon programmalar; • tarmoqlanuvchi programmalar; • soddalashtirilgan programmalar; • aralash programmalar; • algoritm; • blokli o‘qitish; • modulli o‘qitish; • bilimlarni to‘la o‘zlashtirish; Ravon programmalar — bu nazorat topshiriqlari va o‘quv axborotlarining almashinib turuvchi u qadar katta bo‘lmagan bloklari kyetma-kyetligidir. Ravon programmada ta’lim oluvchi to‘g‘ri javob berishi shart. Ba’zan yehtimol dyeb topilgan javoblardan birini shunchaki tanlaydi. To‘g‘ri topilgan javobda u yangi o‘quv axborotiga ega bo‘ladi. Agar javob to‘g‘ri chiqmasa, axborotni qaytadan o‘rganishga tavsiya etiladi. Download 39.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling