7- mavzu. XIX asrning 2-yarmi – XX asrda jahon pedagogika faning rivoji. K. D. Ushinskiyning pedagogik merosi. Reja


Download 46.09 Kb.
bet5/5
Sana31.01.2024
Hajmi46.09 Kb.
#1817348
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-маьруза (1)

L.N.Тolstoy (1828-1910) ning pedagogik faoliyati 1849 yildan boshlanadi. "Yasnaya Polyana"da dehqon bolalarini o`qitadi. Bu faoliyat to`xtashlar bilan umrining oxirigacha davom etadi. "Yasnaya polyana" jurnalini chiqaradi. 1872 yil "Azbuka", 1875 yil "Novaya Azbuka", va 4ta "O`qish kitobi"ni nashr ettiradi.
Тolstoy o`z pedagogik tizimida "erkin tarbiya" nazariyasini olg`a suradi. Bu bola shaxsini hurmat qilishga asoslangan. Uning maktabida o`qish, yozish, din darsi, tarix, arifmetika, tabiat fanlari o`qitilgan. Qat’iy o`quv reja, dastur, darslik bo`lmagan. Uy vazifasi berilmagan.
Tolstoy ta’limning mazmuni va o’qitiladigan fanlarning hajmini belgilashda o’quvchilarning qiziqishi va havasi mezon bo’lish kerak deb hisoblaydi. U 12 ta fan o’qitilishi, lekin ularning hajmi va ularni o’qish uchun ajratilgan vaqt o’quvchilarning xohishiga bog’liq edi.
O`qitishning metodlari ta’lim prinsiplariga oid qarashlari ham ahamiyatlidir. U ta’lim metodlari orasida o’qituvchining jonli so’zi (hikoya, suhbat)ga alohida o’rin beradi. U bolalarning ijodkorligini o’stirishga kattta ahamiyat beradi. Mustaqil ish berish, insholar yozdirishga e’tibor qaratadi.
Anton Semyonovich Makarenko (1888-1939) ukrain pedagogi. 1905 yildan o`qituvchilikni boshlaydi. Poltava o`qituvchilar institutida o`qiydi.
1920 yili "M.Gorkiy" nomidagi mehnat koloniyasini tuzadi, jinoyatchi bolalardan 120 dan ortig`ini tarbiyalaydi. 1927 yildan Xarkovdagi "F.Dzerjenskiy" nomidagi kommunada ish boshlaydi. Mehnatga katta e’tibor qaratiladi. Тurli narsalar yasashadi.
1933-35 yillarda "Pedagogik poema", "Ota-onalar kitobi" (1937), 1938 yilda "Minoradagi bayroqlar" asarlari chiqadi.
U "jamoada va jamoa orqali tarbiyalash" g`oyasini olg`a suradi. Makarenko mehnat bilan birga axloq tarbiyasi, bolada or nomus, iroda, xarakter va intizom tarbiyalashga alohida e’tibor beradi. Jazolash va rag`batlantirishga qo`yilgan talablarini bayon etadi. U oila tarbiyasiga oid muhim masalalarni yoritadi. Bola tarbiyasida ertaklar, kitoblar, teatr, kino va o`yinning ahamiyatini ko`rsatib beradi. Bolaning estetik tarbiyasiga alohida ahamiyat beradi.

11 К.Д.Ушинский. Танланган педагогик асарлар. Ўқувпеддавнашр, 1959, 138—139-бетлар

Download 46.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling