7 – sinf, Informatika va axborot texnologiyalari 1-dars. Mavzu: Axborot tushunchasi va bilish haqida


Download 73.25 Kb.
bet3/4
Sana02.06.2024
Hajmi73.25 Kb.
#1839805
1   2   3   4
Bog'liq
1- dars. 7sinf informatika nimani o\'rganadi

AXBOROT deganda biz barcha sezgi a 'zolarimiz orqali borliqning ongimizdagi aksini yoki ta sirini, bog 'liqlik darajasini tushunamiz.
Demak, axborot borliqdagi narsa yoki jarayonlarning holatlari, xossalari va boshqa xususiyatlari haqidagi ma'lumotlarning turli vositalar va sezgi a'zolarimiz orqali bizga yetib kelishi va ongimizga ta'siri hamda bu ma'lumotlarning ongimizda boshqa ma'lumotlar bilan bog'lanishi ekan. Demak, INSON borliqning bir qismi bo'lgani uchun, u o'zi haqida ham (og'riq, isib ketish, charchash va hokazo) ma'lumot oladi.
Yana bir yodingizdan chiqmaydigan misol: endi yura boshlaganingizda issiq" so'zini bilmasangiz ham (bu so'z sizga "jiz" so'zi bilan tanish) bir marta qaynoq choynakni ushlab olib issiqlik haqida ma'lumot olgansiz, keyinchalik shu so'zni choynakning, taomning va boshqa narsalarning (olov, quyosh nuri va hokazo) issiqligi bilan bog'lay olgansiz. Issiqlikning qanday olinishini bilgach uni ham shu so'z bilan bog'ladingiz. Fizika fanini o'qiganingizdan keyin "issiq" so'zini molekulalar harakati bilan bog'laysiz. Bu hali "issiq" degan so'z bilan bog'langan ma'lumotlarning hammasi emasligini tushungan bo'lsangiz kerak. Demak, hozirgacha olgan barcha ma'lumotlaringiz axborot bo'lib, axborotlar bog'langach esa bilimni tashkil etar ekan.
V. Mustahkamlash
Savol va topshiriqlar
1. Informatika fanining o'tmishdoshi qanday atalgan?

  1. Informatika faniga qachon asos solingan va nima uchun avvalroq emas?

  2. Informatika terminining ma'nosini izohlang.

  3. Informatika fani nimani o'rganadi?

  4. Informatikaning qismlari haqida so'zlab bering.

  5. Axborot va bilish haqidagi Forobiy fikrlarini so'zlab bering.

  6. Axborot deganda nima tushuniladi?

  7. "Axborot bu bilim, bilim - kuch, kuch esa g'alaba demakdir" iborasini izohlang.

  8. "Mustaqil O'zbekiston" iborasi qanday axborotlar bilan bog'langan?


Download 73.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling