7 – sinf, Informatika va axborot texnologiyalari 1-dars. Mavzu: Axborot tushunchasi va bilish haqida
Download 73.25 Kb.
|
1- dars. 7sinf informatika nimani o\'rganadi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot tushunchasi
- Klod Shennon axborotni narsa haqidagi bilimlarimizdagi noaniqlikni bartaraf etilishi
- "muzqaymoq"
Axborot va bilish haqida
IX-X asrlarda Forobiy taxallusi bilan yashab ijod etgan yurtdoshimiz Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlu Tarxon bilish jarayonini ikki bosqich - aqliy bilish va hissiy bilishdan iborat bo'lib, ular o'zaro bog'liq, lekin biri boshqasisiz vujudga kelmasligini alohida ta'kidlaydi. Bilishning mazkur bosqichlari axborotsiz shakllanmaydi va demak, axborot bilishning asosini tashkil etuvchi element hisoblanadi. Forobiy "On va san'atning fazilatlari" risolasida tabiatni bilish jarayoni cheksizligini, bilim bilmaslikdan bilishga, sababni bilishdan oqibatni bilishga, sifatlardan mohiyatga qarab borishini va buning asosida, ilmning borgan sari ortib, chuqurlashib borishini ta'kidlaydi. Allomaning aytishicha, odamning ibtidosida avvalo "oziqlanish talabi" paydo bo'lib, unga ko'ra odam ovqatlanadi. Shundan so'nggi talablar "tashqi talablar" bo'lib, ular bevosita tashqi ta'sir natijasida sezgi a'zolari orqali vujudga keladi. Mazkur "tashqi talablar" 5 turlidir: teri-badan sezgisi; ta'm bilish sezgisi; hid bilish sezgisi; eshitish sezgisi; ko'rish sezgisi. Axborot tushunchasi Axborot turli sohalarda turlicha tushunib kelinadi. Masalan, dehqon uchun " axborot - ertangi ob-havo, yerning ozuqa bilan to'yinganligi yoki yetishtirilgan mahsulotning bozordagi narxi; tibbiyot xodimlari uchun -bemorning kasallik tashxisi, dori-darmonlar; muhandislar uchun - texnika va texnologiyalar; o'quvchi uchun - fanlardan olayotgan ma'lumotlari. Boshqa sohalarda ham o'z sohalari bilan bog'liq bo'lgan ma'lumotlarni axborot sifatida qabul qiladilar. Demak, inson doimo axborot bilan ish ko'rib kelgan. Axborot nazariyasi asoschilaridan biri amerikalik Klod Shennon axborotni narsa haqidagi bilimlarimizdagi noaniqlikni bartaraf etilishi kabi e'tirof etadi. Kibernetika fanining asoschisi Norbert Viner axborotni bizni va sezgilarimizni tashqi olamga moslashuvimizdagi mazmunni ifodalash deb qaraydi. Axborotga olimlar tomonidan yuqoridagi kabi ta'rif berishga urinishlar ko'p bo'lgan. Lekin, axborot tushunchasiga har tomonlama ilmiy asoslangan ta'rif berish mumkin emas. Chunki, axborot informatikaning asos tushunchasi bo'lib, yuqoridagi misollardan ko'rinadiki, u juda ko'p^ma'noni o'z ichiga oladi. Axborot haqida tushunchaga ega bo'lish uchun hayotingizdagi bir misolni esga olaylik. Go'daklik vaqtingizda "muzqaymoq" so'zi sizga faqatgina "mazali shirinlik" ma'nosini anglatardi. Uni boshqa shirinliklar ichidan nomi, ko'rinishi, ta'mi, hidi yoki sovuqligidan ajratib olardingiz. Maktab yoshingizda "muzqaymoq" so'zi "shakar, qaymoq, какао yoki kofe, suyuqlikning boshqa agregat holati, temperatura, tomoq og'rig'i, angina, vrach, LOR, ishlab chiqaruvchi davlatlar" kabi o'zaro bog'langan modda va tushunchalar hamda muzqaymoqni tayyorlash usullari bilan bogliq ma'lumotlar bilan to'ldi. Keyinchalik esa "muzqaymoq" molekula va atomlardan iboratligi haqida ma'lumot oldingiz. Lekin bu hali "muzqaymoq" haqidagi to'liq ma'lumot emasligini, vaqti kelib bu so'z yana boshqa ma'lumotlar bilan to'lishini tushunish qiyin emas. Demak, inson yillar davomida hayotdan ma'lumotlar olar ekan, birini ikkinchisi bilan bog'lab to'ldirib boradi. Yuqoridagi misol va alloma Forobiy fikrlaridan kelib chiqib axborotni qanday tushunish mumkin degan savolga quyidagichajavob berish mumkin: Download 73.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling