7- sinf Nazorat ishi O’zbekiston tarixi Tuzuvchi: Fayzullayev Shohruhjon
Download 29 Kb.
|
7- sinf Nazorat ishi O’zbekiston tarixi Tuzuvchi: Fayzullayev Shohruhjon 1. Eftaliylardan zarbaga uchragan kidariylar Shimoliy Hindistonda yana necha yil davomida hukmronlik qilganlar? A) 120 yildan ortiq B) 50 yil C) 200 yil D) 75 yil 2. Qang’ davlatidan ajralib chiqqan davrda Xorazm davlatini qaysi sulola vakillari boshqara boshlaydilar? A) xioniylar B) afrig’iylar C) toxarlar D) xorazmshohlar 3.Ilk o'rta asrlarda hozirgi Qozog'istonning janubi va Toshkent viloyatini suv bilan ta'minlaydigan kanalni aniqlang. A) Kampirtepa va Zog'ariq B) Bo'zsuv va Darg'om C) Darg'om va Kampirtepa D) Zog'ariq va Bo'suv 4. Abruy kelib chiqishiga ko'ra qanday ijtimoiy tabaqaga mansub bo'lgan? A) kudungar bo'lgan B) xoqon xonadoniga mansub bo'lgan C) sarroj bo'lgan D) duradgor-najjor bo'lgan 5. Abruy qo'zg'olonidan vahimaga tushgan Buxoroning mulkdor dehqon va savdogarlari qayerga borib o'rnashganlar? A) Choch va Eloq B) Farg'ona va Qoshg'ar C) Surxondaryo va Toxariston D) Turkiston va Taroz 6. V-VII asrlarda O’rta Osiyoda qancha mahalliy mustaqil hokimliklar mavjud edi? A) 30 ta B) 10 taga yaqin C) 20 dan ortiq D) 15 tadan ortiq 7. Quyidagi qaysi O'rta Osiyo davlatida 27ta tog' va tog'oldi viloyatlar mavjud bo'lgan? A) Sug'd B) Toxariston C) Xorazm D) Farg'ona 8. Qadimdan Toxariston poytaxti qaysi shahar bo'lgan? A) Balx B) Varaxsha C) Dalvarzintepa D) Ayritom 9. Ilk o'rta asrlarda Choch hukmdori qanday atalgan? A) dehqon B) yabg'u C) tudun D) takin 10. Turk xoqonligi davrida qaysi hududlardan kumush, qo’rg’oshin va oltin qazib olingan? A) Xorazm B) Farg’ona C) Eloq D) Sug’d 11. Qang’ davlatidan ajralib chiqqan davrda Xorazm davlatining poytaxti dastlab qayеr bo’lgan? A) Tuproqqal'a B) Qo’yqirilganqal'a C) Kat D) Ellikqal'a 12. Qang’ davlatidan ajralib chiqqan davrda Xorazm davlatini qaysi sulola vakillari boshqara boshlaydilar? A) xioniylar B) afrig’iylar C) toxarlar D) xorazmshohlar 13. Xorazmshoh Afrig' qachon o'z davlatining poytaxtini Kat shahriga ko'chiradi? A) 301 yilda B) 306 yilda C) 256 yilda D) 305 yilda 14. Turk xoqonligi ikkita qismga bo’linib ketgan davrni aniqlang. A) VI asrning 80-yillari B) VI asrning o’rtalari C) VIII asrning 30- yillari D) VII asr 50-yillari 15. Xoqon To'ng yabg'u hukmronlik qilgan yillarni aniqlang. A) 620-630 yillar B) 612-630 yillar C) 621-640 yillar D) 618-630 yillar 16. VII asr boshlarida G’arbiy Turk xoqonligida o’tkazilgan islohotlarga ko’ra mahalliy hukmdorlar huzuriga yuborilgan shaxslarni aniqlang. A) takin B) yabg’u C) shod D) tudun 17.Qadimda Toxariston davlatining chegaralari shimolda qayerdan o'tgan? A) Murg'ob va Xerirud B) Pomir C) Hindikush D) Hisor to'glari 18. Ilk o’rta asrlarda Farg’ona hukmdorlari qanday nomlangan? A) yabg’u B) takin C) ixshid D) dehqon 19. Koson, Axsikat va Quva ilk o’rta asrlarda qaysi mahalliy davlatning rivojlangan shaharlaridan bo’lgan? A) Farg’ona B) Sug’d C) Xorazm D) Toxariston 20. Ilk o’rta asrlarda shaharlar necha qismdan iborat bo’lgan? A) 2 ta B) 5 ta C) 4 ta D) 3 ta Download 29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling