7- variant Reja


Download 23.57 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi23.57 Kb.
#1585348
  1   2   3

7- variant
Reja;



  1. Yadro uloqtirish

  2. Yadro uloqtirish texnikasi

  3. Aylanib uloqtirish



Yadro uloqtirish - maxsus sport snaryadining qo'lni siltash harakati bilan masofaga uloqtirish bo'yicha musobaqa. Intizom uloqtirishga tegishli bo'lib, yengil atletika dasturining texnik turlariga kiritilgan. Sportchilardan portlovchi kuch va muvofiqlashtirish(координация)ni talab qiladi. Bu 1896-yildan beri erkaklar uchun, 1948-yildan beri ayollar uchun Olimpiya atletika mashqii hisoblanadi. Yengil atletika ko'pkurashiga kiritilgan.
Qoidalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Musobaqa ishtirokchilari 35° li sektorda uloqtirishni amalga oshiradilar, uning tepasi 2,135 metr diametrli doira markazidan boshlanadi. Uloqtirish masofasi doiraning ichki aylanasidan snaryadning yerga urilsh nuqtasigacha bo'lgan masofa sifatida o'lchanadi. Hozirgi vaqtda rasman qabul qilingan yadroning parametrlari uning og'irligi va diametri hisoblanadi. Erkaklar uchun - 7,260 kg va 120-129 mm, ayollar uchun - 4 kg va 100-109 mm.[1] Yadro etarlicha silliq bo'lishi kerak (шероховатости поверхности № 7 sinfiga javob beradigan)[2].
O'rta asrlarda va antik davrda yadro uloqtirishdan oldin tosh uloqtirish bo'lgan
Rasmiy musobaqalarda raqobatchilar odatda oltita urinishda qatnashadilar. Agar ishtirokchilar soni sakkiztadan ortiq bo'lsa, dastlabki 3 urinishdan so'ng eng yaxshi sakkiztasi tanlanadi va keyingi uchta urinishda ular oltita urinishda maksimal natija uchun kurashadilar.
Urinish boshlanishidan oldin sportchi aylanada shunday holatini oladi: yadro bo'yin yoki iyagiga tegishi yoki mahkamlanishi kerak va surish paytida qo'l bu holatdan pastga tushmasligi kerak. Yadro elkalarining chizig'idan tashqariga tortilmasligi kerak.
Yadroni bir qo'l bilan uloqtirishga ruxsat beriladi. Har qanday qo'lqopdan foydalanish taqiqlangan. Kaftt yoki barmoqlaga bint o'rash ham taqiqlanadi. Agar sportchining jarohati bog'langan bo'lsa, u qo'lini hakamga ko'rsatishi kerak. Hakam sportchini musobaqaga kiritish to'g'risida qaror qabul qiladi.
Tez-tez uchraydigan xato - bu sportchi urinishni yakunlab, orqaga qadam tashlamasdan oldinga aylanadan chiqib ketishi yoki siltab uloqtirishda aylananing chetiga shunchaki tegib ketishidir. Ba'zan, muvaffaqiyatsiz urinishda, sportchilar ularning urinishi hisobga olinmasligi uchun ataylab aylanadan oldinga qadam qo'yishadi.[3]

Download 23.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling