KICHIK KOPTOK GRANATA VA DIKSK NAYZA YADRO ULOQTIRISH
TEXNIKALARI
Reja:
1. YAdro itqitish texnikasi
2. Disk itqitish texnikasi
3. Nayza itqitish texnikasi
Engil atletikadagi uloqtirishlar (yadro itqitish, disk, nayza, granata va bosqon uloqtirish)
ma’lum jismoniy sifatlarni (kuch tezkorlik, egiluvchanlik va harakat uyg‘unligini)
rivojlantirishni talab qiladi.
Uloqtirish texnikasini o‘zlashtirish samaradorligi tashkil qilish omillariga bog‘liq.
Har bir shug‘ullanuvchini bitta yoki ber nechta snaryad bilan ta’minlash (bu holda
mashg‘ulot paytidagi uloqtirishlar soni ko‘payadi) zarur.
Mashg‘ulotni shunday tashkil qilish kerakki, bunda snaryad olib kelish uchun yurish va
h.k. ga ketgan vaqtni kamaytirish (snaryadni tepalikka yoki to‘silgan to‘rga uloqtirish,
snaryad tushadigan maydonga to‘siq devor qo‘yish va b.) maqsadga muvofiq.
Asosiy diqqatni texnika xavfsizligiga qaratish shart (qarama-qarshi uloqtirishga yo‘l
qo‘ymaslik).
Uloqtirishlar texnikasini o‘rgatishdagi uslubiy ko‘rsatmalar:
Uloqtirish texnikasining xususiyatlari bilan tanishish.
Snaryadni ushlash usullari va uni qo‘ldan chiqarishni o‘zlashtirish.
Uloqtirish texnikasining final qismini o‘rganish (final kuchlanishi).
Snaryadning tezlik olish texnikasini o‘rganish: granata va nayzani uloqtirishda yugurish
va snaryadni elka orqasiga olib borish, yadro itg‘itishdagi sakrashlar: disk va bosqonni uloqti-
rishdagi qaytarishlar.
Snaryadni ushlash usulini o‘rganish ko‘rsatish va sportchining o‘zi tomonidan bajarish
Do'stlaringiz bilan baham: |