orqali amalga oshiriladi. Snaryad bilan bajariladigan har xil faoliyatlarda asosiy mashqlar:
yadro bilan jonglirovka qilish, snaryadni har xil dastlabki holatdan va har xil yo‘nalishga
uloqtirishlar hisoblanadi.
Hamma sharoitda snaryadni ushlash sportchiga final kuchlanishida ko‘proq kuch bilan
ta’sir qilishni ta’minlashi shart.
Tezlik olishni o‘zlashtirishda dastlabki holat va tayyorgarlik harakati ahamiyatli bo‘lib,
uloqtiruvchiga diqqatni keyingi faoliyatlarga qaratishga imkon beradi. Disk va bosqonni uloq-
tirishda dastlabki holat uloqtirish yo‘nalishiga orqasi bilan turishdan boshlanadi; to‘p,
granata va nayzani uloqtirishda tezlik olish uloqtirish yo‘nalishi bo‘yicha dastlabki holatda
turish bilan boshlanadi.
To‘p, granata va nayza uloqtirishda, disk va bosqon bilan aylanishda, yadro itqitishda,
sakrashlarda tezlik olish optimal bo‘lib, sportchini snaryadga maksimal kuchlanish berib,
tezlik olishi oxirida yanada kuchaytirish shart.
Final kuchlanishiga tayyorlanishda uloqtirishda asosiy ish bajaruvchi mushaklar
cho‘ziladi. Bu snaryadni quvib o‘tish hisobiga amalga oshiriladi (bunda tos va oyoqlar
gavdaning yuqori qismi va snaryad ushlagan qo‘lni quvib o‘tadi).
Final kuchlanishda uloqtiruvchining har xil gavda qismlarining ketma-ket bajargan
harakati katta ahamiyatga ega bo‘lib, u chap oyoqni tuproqqa qo‘yish bilan boshlanadi. Oldin
son, tos, elka va elka bo‘g‘imlari hamda qo‘l mushaklari qisqaradi.
Engil atletikada uloqtirish mashqlari texnikasini o‘zlashtirish o‘ziga xos bo‘lib, u
uloqtirish turiga bog‘liq. Uloqtirishning tuzilishiga qarab maxsus mashqlar ushlash usuli, final
kuchlanishi, tezlik berish kabi harakat qismlari bo‘yicha birlash-tirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |