7-8 – mavzu. Shaxs sotsiologiyasi va deviant xulq-atvor (4 soat) Reja


Download 23.06 Kb.
bet1/5
Sana18.12.2022
Hajmi23.06 Kb.
#1030238
  1   2   3   4   5
Bog'liq
7-ma`ruza (2)


7-8 – mavzu. Shaxs sotsiologiyasi va deviant xulq-atvor (4 soat)
Reja:

  1. Deviant xulq-atvor tushunchasi va uning belgilari hamda strukturasi.

  2. Sotsial nazorat kishilar hatti-harakatini tartibga solish mexanizmi sifatida.

  3. Shaxs tushunchasi. Shaxsning ijtimoiy munosabatlar mahsuli sifatida.

  4. Shaxs strukturasi va turlari.



Tayanch atamalar:
Ijtimoiy meyor, jinoyatchilik, anomiya, ahloq, meyorlar, qonun, ijtimoiy muhit, hatti-harakat, ijtimoiy hodisa, deviant xulq-atvor, ijtimoiy nazorat, ijtimoiy og‘ishlar, muammoli vaziyat, anomiya.


Deviant so‘zi - lotincha “deviatio” so‘zidan olingan bo‘lib, chekinish, buzilish degan manoni anglatadi. Deviant xulq-atvor - mavjud jamiyatda o‘rnatilgan axloq meyorlariga mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki xatti-harakat , ijtimoiy xodisadir.
Malumki, zamonaviy G‘arb Sotsiologiyasida deviant xulq-atvorga turlicha qarashlar mavjud. Deviant xulq-atvorning eng ko‘p tarqalgan va jamiyatda yaqqol namoyon bo‘lish turi jinoyatchilik bo‘lib, ijtimoiy meyorning buzilishi sifatida ushbu xodisa fanda juda qadimdan o‘rganilgan.
XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib. pozitivistik maktab shakllanishi bilan., jinoyatchilikni ham sababiylikda o‘rganuvchi talimotlar paydo bo‘la boshladi. Jumladan, italiyalik psixiatr Ch. Lombrozo Italiya qamoqxonalaridagi 14 ming maxbus ustida tekshirish olib borib, “jinoyatchilar tug‘ma bo‘lishadi” degan xulosaga kelishadi. Uning shogirdi E.Ferri jinoyatchilik Sotsiologiyasi asarida ushbu omilga qo‘shimcha ravishda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy omillarni ham ko‘rsatadi. Keyinchalik ushbu talimotlar turli tanqidlarga uchragan bo‘lsada, hozirgi kungacha ham G‘arb Sotsiologiyasining bazi namoyondalari ushbu talimotning u yoki bu yo‘nalishlarini rivojlantirib kelishmoqda. Ularning talimotlariga ko‘ra ichki sekresiya bezlari, aqliy rivojlanganlik darajasi, xromosomalarning tuzilishi va irsiy sabablar jinoyatchilik va shu kabilarni tug‘ma yoki biologik omillarni shakllanishiga tasir qiladi
Ushbu talimotlarga qarama-qarshi o‘laroq, Sotsiologiyada ijtimoiy meyor buzish jarayonlarini to‘la ijtimoiylikda tushuntiruvchi dastlabki talimot E.Dyurkgeymning anomiya g‘oyasi edi. Bunga ko‘ra eski meyorlar va qadriyatlar mavjud munosabatlarga mos kelmay qolishi va yangiliklarining o‘rnatilmaganligi natijasida individlar xulq-atvorini tartibga soluvchi qatiy axloqning mavjud emasligi tushuniladi.

Download 23.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling