7-8 seminar Mavzu: Gumanistik psixologiyada shaxs 1- seminar Ko‘rib chiqiladigan masalalar


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana26.03.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1297904
  1   2   3   4   5
Bog'liq
7-8 seminar Mavzu Gumanistik psixologiyada shaxs



7-8 seminar
Mavzu: Gumanistik psixologiyada shaxs
1- seminar 
Ko‘rib chiqiladigan masalalar: 
1. Gumanistik psixologiyaning asosiy printsiplari.
2. Olportning shaxs qirralari nazariyasi.
3. Motivlarning funktsional avtonomiya printsipi.
4. Zarurat motivlari va taraqqiyot motivlari.
Gumanistik falsafaga asoslangan bo`lib, u 50-yillarda Kalifortiyada vujudga 
kelgan. Bu yo`nalish vakillari Olport, Genri Myurrey, Karl Rodjers, Abram 
Masloudir. 
Inson 
salohiyatini 
rivojlantirish 
harakati 
1950—1960-yy. 
Kaliforniyaning Isalen institutida va Men shtatining Milliy ta‘lim laboratoriyasi
Rodjers hamda Maslou ta‘limotlariga tayangan holda vujudga kelgan.
1963 yilda Gumanistik assotsiatsiativ psixologiyaning prezidenti Dj.Byujental 
psixologiya yo‗nalishining asosiy 5 g‗oyasini ilgari surdi. 
1. Inson bir butun mavjudot bo‗lib, hammadan ustundir (boshqacha aytganda 
uning ba‘zi bir funksiyalari tahlil qilinmasdan, umumiy holati tahlil qilinishi kerak) 
2. Inson o‗zini anglaydi (u o‗zini ongini shakllantirmasligi va psixologiyasini 
tushunmasligi mumkin). 
3. Insonning tanlov imkoniyati mavjud (inson passiv kuzatuvchi emas, u 
shaxsiy tajribalariga tayangan holda o‗z tajribasini yaratadi). 
4. Inson intensialdir (inson kelajakka umid qiladi, uning maqsadlari mavjud
qadriyatlari va g‗oyalari mavjuddir) 
Shaxsga doir gumanistik nazariyada ikki asosiy yo‗nalishlar farqlanadi.
Birinchisi, ―klinik‖ (klinikaga yo‗naltirilgan) amerikalik psixolog K.Rodjers 
qarashlarida o‗z ifodasini topgan yo‗nalish.
Ikkinchisi ―motivatsion‖ yo‗nalish. Uning asoschisi amerikalik psixolog 
A.Masloudir. Mazkur ikki yo‗nalish o‗rtasida muayyan tafovutlar bo‗lsa-da, ularni 
bog‗lab turgan jihatlar ko‗p uchraydi.
Shaxs taraqqiyoti deb ushbu tug‗ma moyilliklarning namoyon bo‗lishiga 
aytishadi. K.Rodjersga fikriga ko‗ra, inson psixikasida ikki tug‗ma moyillik 
mavjud.
Birinchisi, muallif tomonidan ―avtoaktualizatsiya tendentsiyasi‖ deb nomlangan 
moyillik inson shaxsining bo‗lajak xususiyatlari negizini o‗zida jo etgan.
Ikkinchi tug‗ma moyillik – ―organizmik nazorat jarayoni‖ – shaxs taraqqiyotini 
idora etuvchi mexanizmdir.
Mazkur moyilliklar asosida odam taraqqiyoti davomida ―Men‖ning alohida 
shaxsga doir tuzilmasi paydo bo‗ladi.
U o‗z ichida ―ideal Men‖ va ―real Men‖ni qamrab oladi. ―Men‖ tuzilmasining 
ushbu osttuzilmalari murakkab munosabatda bo‗ladi: to‗kis uyg‗unlik holatidan 
(kongruentlik) to‗liq nomuvofiqlik (disgarmonik) darajasigacha (Rodjers K., 
1994). 
Ularning fikricha odam o`zicha o`sishi, kamol topishi mumkin. Agarda insonga 
o`z taqdirini o`zi echishiga sharoit yaratib berilsa, Rodjersning fikricha, har bir 


odamda o`zining imkoniyatoarini amalga oshirish uchun tug`ma asos faqat mos 
ijtimoiy muhitdagina rivojlanishi mumkin. mumkin. Bolaning ―Men‖ 
kontseptsiyasi ijtimoiy tajribalardan kelib chiqib shakllanadi. Ideal sifatida o`z
imkoniyatlari chegarasida o`zining mavjudligi haqidagi fikr ideal ―Men‖ 
kontseptsiyasining tug`ilishiga olib keladi. Real ―Men‖ ideal ―Men‖ga 
yaqinlashishga va ideal ―Men‖ darajasida rivojlanishga harakat qiladi.
Odamdagi o`zini hurmat qilishga intilish, boshqalar ko`zi o`ngida obro`li 
(nufuzli) bo`lishga intilish to`sqinlik qiladi. Binobarin, odam o`zligini yo`qotadi. 
O`zini anglab etishga yordam qilish orqaligina mijoz oldidagi muammolarni 
echish mumkin, chunki real ―Men‖ni ideal ―Men‖ga yaqinlashtirish orqali
o`rtadagi oraliqni kamaytirish mumkin, degan g`oya ilgari suriladi. Bunday 
shaxsning maqsadi o‗zini namoyon qilish,o‗zini aktuallashtirishi kishi « Men»i 
tuzilishining boshlanishi ekanligini ko‗rsatadilar.
Jahonda 
mashhur 
ilmiy 
yondashuvlardan 
biri— 
bu 
A.Maslouning 
motivatsiyaniit "personologik" konsepsiyasidar. Maslouning fikricha, motivlarni 
aniqlovchi, bir necha darajalardan tashkil topgan ehtiyojlar mavjuddir. Xulq 
ehtiyojlar va qobyliyatlarga bog‗liq bo‗lib, u ichki va tashqi motivlar bilan 
belgilanadi. 
Inson – o‗z shaxsi va o‗z baxtini ni o‗zi yaratuvchisidir. Insonning ichki olami, 
uning o‗y-fikrlari, tuyg‗ulari va emotsiyalari voqelikning to‗g‗ridan-to‗g‗ri aks 
etishi emas. Har bir odam reallikni o‗zining sub‘ektiv idrokiga muvofiq talqin 
etadi. Botiniy olam uning o‗zigagina to‗liq kashf bo‗lishi mumkin. Odam hatti-
harakatlari negizini sub‘ektiv idrok va sub‘ektiv kechinmalar tashkil etadi. 
Faqatgina subyektiv tajriba konkret shaxs xulq-atvorini tushunish imkoniyatini 
beradi.
Shaxsning gumanistik modelini kontseptual ―birliklari‖ sifatida quyidagilar 
ilgari suriladi:
1) «real Men» — ―ayni dam va shu yerda‖gi o‗y-fikrlar, tuyg‗ular, kechinmalar 
yig‗indisi (Rodjers K., 1994);
2) «ideal Men» — inson o‗zining shaxsiy salohiyatini namoyon qilishi uchun 
zaruriy sanagan o‗y-fikrlar, tuyg‗ular, kechinmalar yig‗indisi.
3) avtoaktualizatsiyaga bo‗lgan ehtiyoj — shaxs taraqqiyoti va kamolotini 
belgilaydigan tug‗ma ehtiyojlar (Maslou A., 1997).
Shaxs to‗kisligi – o‗z imkoniyatlarini to‗liq ro‗yobga chiqarayotgan shaxsning 
asosiy sifatidir. Tarbiya mazmuni va shaxs korrektsiyasi uning to‗kisligini 
ta‘minlashdan iborat.
To‗kis shaxs, birinchidan, o‗z yaqinlari va do‗stlari bilan qoniqarli psixologik 
aloqa o‗rnatishga harakat qiladi, o‗z his-tuyg‗ularini oshkor qilishdan qo‗rqmaydi, 
sir-sinoatlari hisobda mavjud emasligi bilan ajralib turadi;
ikkinchidan, aslida kim ekanini (real Men) va kim bo‗lishini (ideal Men) aniq 
biladi;
uchinchidan, yangi tajribani o‗zlashtirishga maksimal darajada ochiq va hayotni 
―ayni damda va shu yerda‖ qanday bo‗lsa shundayligicha qabul qiladi; 
to‗rtinchidan, barcha odamzotga shartsiz ijobiy munosabatni namoyon qiladi


beshinchidan boshqa odamlarni tushunishga, o‗zida empatiyani rivojlantirishga, 
olamga o‗zga odam nigohi bilan qarashga intiladi.
To‗kis shaxs sifatlari:
1) reallikni samarali idrok etadi;
2) xulqi tabiiy va sodda;
3) muammoni va vazifani hal etishga yo‗nalgan;
4) olamni ―bolalarcha‖idrok etadi (hayrat);
5) oliy kechinmalarni boshdan o‗tkazadi, shavq tuyadi;
6) odamzotga samimiy yordam berishga intilish;
7) chuqur shaxslararo munosabatlarni o‗rnata olish;
8) yuqori darajadagi axloqiy mezonlar.
Rodjers eng muhim 4ta shartni ilgari surgan:
1) Terapevt o`z ustanovkalariga qarshi chiqib bo`lsa-da, klient hislariga shartsiz 
ijobiy munosabatda bo`lishi kerak
2) Mijozning empatiya hislarini terapevt o`z tajribasiga tayangan holda xis qilib 
ko`rishi, olamga uning nigohi bilan qarashi lozim
3) Autentlik-o`zining ichki javoblarini niqoblamasdan mijoz bilan munosabatga 
kirishish
4) Terapevt mijoz muammosini tushuntirishga, uni yechishga harakat qilmaslik 
kerak. U faqat aks ettiruvchi oyna singari xizmat qilishi va mijoz aytganlarini 
eshitib o`tirishi lozim.
Mijozga markazlangan terapiyaning asosiy usullarini quyida tahlil qilamiz. 
Mijoz o`z-o`ziga yordam berish imkoniyatiga ega, terapevt esa yo`naltiruvchidir, 
degan tamoyilga asoslanib, u o`ziga nisbatan hurmat darajasini oshirishga harakat 
qilishi lozim. 
G.Ollport kontseptsiyasida yaqqol ko‗zga tashlanadi, uningcha, eng muhim jihat 
bu inson xulqini o‗zgarish sabablarini ochishdir.
1. Klaster usulida “Gumanistik psixologiyada shaxs‖ mavzuga oid iboralarni 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling