Rasm-7.9. To‘ldiruvchining shtabel-yarimbunkerli yopiq omborxonasi:
1-tushirib joylaydigan mashina S-492, 2-to‘ldiruvchi omborxonasi, 3-tushirib oladigan stansiya, 4-beton qorish sexi, 5-tushiradigan konteyner, 6-ko‘ndalang lentali ta’minlovchi, 7-ko‘p cho‘michli elevator, 8-to‘ldiruvchini isitish registrlari, 9-g‘aramosti lentali konveyer, 10-lotokli titratib ta’minlovchi, 11-material satx ko‘rsatkichi.
Dona shakliga ko‘ra chaqiq tosh uchta guruhga bo‘linadi: oddiy, bunda plastinkasimon va qirrali shaklli donalar umumiy massa bo‘yicha 35% gacha ruxsat etiladi; yaxshilangan, bunda plastinkasimon va qirrali shaklli donalar umumiy massada 25% dan ko‘p bo‘lmasligi kerak; kub shaklida, 15%dan oshmasligi kerak. Chaqiq toshning mustahkamligi u olinadigan tog‘ jinsiga mos keladi. Chaqiq toshni ishlab chiqarish uchta asosiy texnologik jarayon asosida bajariladi: toshni keltirish, maydalash va navlarga groxotda ajratish.
Bilimlarni nazorat qilish uchun savollar.
1. Chaqiq toshlarning donadorlik tarkibi qanday belgilanadi?
2. Chaqiq toshlar shakliga ko‘ra qanday guruxlarga bo‘linadi?
3. Chaqiq toshlar qanday uskunalar yordamida maydalanadi?
4. Jag‘li va konusli maydalagichlarning unumdorligi qanday aniqlanadi?
5. Navlarga ajratish-maydalash korxonasining sxemasini keltiring?
6. Maydalashning yakuniy bosqichida yopiq sikl sxemasi qanday bo‘ladi?
7. To‘ldiruvchilar qanday tipdagi omborlarda saqlanadi?
8. Jag‘li maydalagichda maydalash qanday etapga kiradi?
9. Chaqiq toshlarning mustaxkamligi chegarasini ko‘rsating?
10. Chaqiq toshlar qanday jinslardan olinadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |