1-nazorat elash; 2-yakuniy (tovar) elash.
|
Chaqiq toshni boyitish yuqorida keltirilgan kabi shag‘al singari amalga oshiriladi.
Chaqiq tosh uchun saylanma maydalash prinsipi asosida boyitish maqsadga muvofiqdir. Bu usul quyidagilarga asoslangan. Maydalanayotgan toshning maydalik darajasi nafaqat maydalagich turi, ishlash rejimi va uni to‘g‘irlashga, balki toshning mustahkamligiga bog‘liq.
Agar doimiy rejimda ishlayotgan maydalagichdan turli mustahkamlikdagi toshlarni o‘tkazsak, u holda tosh mustahkamligi qancha kichik bo‘lsa, maydalangan mahsulot ham mayda bo‘ladi. Shu sababli maydalagandan so‘ng mahsulotdan mayda fraksiyani elashda, panjara ostida qoladigan mahsulot nisbatan bir jinsli va mustahkam hisoblanadi.
Bu yerda qo‘shimcha elashning yana bir afzalligini ko‘rish mumkin, ya’ni mustahkamligi past fraksiyalarni ajratib, yakuniy mahsulotni boyitish imkonini beradi ( rasm-7.5).
2 1
Rasm-7.5. Saylanma maydalash prinsipi bo‘yicha chaqiq toshni boyitish: 1-kichik mustahkamlikdagi mahsulotning chiqishi; 2-yuqori mustahkamlikdagi mahsulotning chiqishi;
Saylanma maydalash samaradorligi kuch ta’sirida ishlaydigan maydalagichlarda yuqori bo‘lib, toshlar kuch ta’sirida maydalanadi. Shu maqsadda maxsus bolg‘ali, rotorli maydalagichlar, dezintegratorlar ishlatiladi.
Chaqiq toshni yuvish qachonki unda chang miqdori O‘zRST 8267-93 “Qurilish ishlari uchun zich tog‘ jinsli chaqiq tosh va shag‘al” talabidan oshsagina bajariladi. Bu esa, ho‘l elash jarayonida bajarilib, suv g‘alvirlar ostidan sepiladi. Chaqiq toshni quruq usulda havo ta’sirida changsizlantirish istiqbolli hisoblanib, elash jarayoni bilan birgalikda bajariladi.
Chaqiq tosh va qum olishning texnologik tizimlari.
Beton uchun to‘ldiruvchilar ishlab chiqarish noruda qurilish materiallari korxonalari o‘zida konlardan xomashyoni qazib olish va uni qayta ishlashning kompleksini qamrab oladi.
Xomashyo materiallar konlardan ekskavator yordamida yoki gidromexanizatsiyalashgan vositalarda qazib olinadi.
Gidromexanizatsiyalashgan vositalarda to‘proq so‘ruvchi snaryadlar misol bo‘ladi. Ular asosan suv osti va suv aralashmali qum shag‘alli konlarda ishlatiladi.
Beton uchun to‘ldiruvchilar ishlab chiqarish korxonalarining texnologik sxemalari bevosita qayta ishlanayotgan tog‘ jinslariga, tayyor mahsulotning nomenklaturasi va sifatiga, xomashyodan kompleks foydalanish imkonini beruvchi qo‘llaniladigan asbob-uskunalarning tipiga, yoqilg‘i-energetika, material va xomashyolarni iqtisod qilishga bog‘liq holda ishlab chiqiladi.
Qayta ishlanadigan qazib olingan tog‘ jinslarining asosiy klassifikatsion xarakteristikasiga uning bir jinsligi, mustahkamligi, kelib chiqishi, materialning qism va bo‘laklarining o‘lchamlari, undagi mavjud salbiy qo‘shimchalar(gil, chang va boshqalar)ning turi va miqdori kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |