4-mavzu: tog‘ jinslari va minerallar. Reja
Download 487 Kb. Pdf ko'rish
|
4-Mavzu. Tog` jinslari va minеrallar
4-MAVZU: TOG‘ JINSLARI VA MINERALLAR. REJA: 1. Tog‘ jinslari to‘g‘risida tushuncha. 2. Ularning turlari (cho‘kindi, magmatik, metamorfik), genezisi, tarkibi, strukturasi va boshqa xususiyatlari. 3. Minerallarning kimyoviy sinflari: sof elementlar, sulfidlar, galoidlar, oksid va gidroksidlar, organik birikmalar va h.k. Petrografiya fani geologiyaning bir tarmog‘i bo‘lib tog‘ jinslarini o‘rganadi. Lotincha “petros”- qoya “grafos” – chizaman o‘rganaman maononi beradi. Tog‘ jinslari yer qobig‘ini tashkil etadi. Petrografiya fani tog‘ jinslarining hosil bo‘lish sharoitlarini, strukturasi, teksturalarini va ulardan xalk xo‘jaligida foydalanish yo‘llarini o‘rgatadi. Petrografiya fanini rivojlanishida ko‘pgina geolog – olimlari xizmat kilganlar. Masalan : Ye.S. Fyodorov, N.M. Straxov, A.N. Zavaritsskiy, F.Yu. Levinson – Lessing, D.S. Korjinskiy, X.M. Abdullaev, I.X. Xamrabaev, E.M. Isamuxamedov, V.I. Popov va boshkalar. Tog‘ jinslari mineralogik tarkibiga qo‘ra sodda va murakkab bo‘lishi mumkun. Sodda tog‘ jinslariga marmar tosh (tarkibida asosan kalpsit uchraydi), Kvarsit (asosan kvars uchraydi )larni ko‘rsatish mumkun. Murakkab tog‘ jinslariga granitni (tarkibida bir necha mineral uchraydi - dalashpati, kvars, muskovit, biotit va x) misol ko‘rsatish mumkun. Tog‘ jinslarini aniqlash belgilari. Tog‘ jinslarining asosiy xususiyatlaridan ichki tuzilishi (strukturasi), tashki ko‘rinishi (tekstura)laridir. Strukturasi bo‘yicha har hil donavor minerallardan tashkil topadi. Sementlanmagan uvoq tog‘ jinslar; bu tuzilishga ega bo‘lgan tog‘ jinslarining donalarini, uning katta kichikligidan katoiy nazar, aloxida ajratib olish mumkun. Masalan: gil, loyqa, qum, shag‘al va xarsang toshlar, konglomeratta, brekchiylar. Tog‘ jinslarining mustaxkamligi ularni tashkil etgan minerallarning qattiqligiga bog‘liqdir. Ularning rangi ham o‘sha tog‘ jinslarini tarkibidagi ko‘pchilikni tashkil etuvchi asosiy minerallarning rangiga boglik. Oddiy ko‘z bilan tog‘ jinslarini mikroskopik aniklashda ularning ranglarini tabiyatda uchraydigan ranglarga solishtirib aytish mumkin. Masalan: limon-sariq, qordek-oq va x. Shunga ko‘ra tog‘ jinslari oq, kulrang, sargich, qizgich, ko‘k, yashil, qora, tim-qora, qip- qizil kabi ranglarga ega bo‘ladilar. Tog‘ jinslarini bir-biridan farklash uchun ularni yana bir xususiyati teksturasidan foydalaniladi. Tog‘ jinslarini tashkil etgan minerallarining donachalarini joylanishi tashqi ko‘rinishi va bir-biriga bo‘lgan munosabatiga tekstura deyiladi. Teksturalar quydagicha ko‘rinishlarda bo‘ladi: A) tartibsiz yaxlit tekstura – tog‘ jinsini tashkil etgan minerallarning donachalari katta kichik bo‘lib, aralash joylashgan bo‘ladi. Masalan: qum tosh, diorit. B) varaksimon – minerallar bir biri bilan yupqa katlamchalar bilan almashinib turadi. Xarbir varakasini / katlamchasini / ajratish mumkun. V) to‘lqinsimon – bunda qatlamlar yuzasi to‘lqinlarga o‘xshab ketadi. Cho‘kindi tog‘ jinslarida ko‘pincha gorizontalp qatlamlanish teksturasi hosil bo‘ladi. Bu esa o‘sha tog‘ jinsi dengiz ostida asta–sekinlik bilan yoyilishi yotqizilishidan darak beradi. Tog‘ jinslarining tasnifi hosil bo‘lish sharoitlariga asoslangan. Ushbu tasnifga muvofiq tog‘ jinslarining quyidagi turlari ajratiladi: - magmaning sovishida hosil bo‘luvchi - magmatik; - magmatik va metamorfik jinslarning mexanik nurashi va eritmalardan moddalarning cho‘kishi natijasida hosil bo‘luvchi - cho‘kindi; - cho‘kindi va magmatik jinslarning uzoq vaqt davomida yuqori bosim, harorat va minerallashgan suv ta’sirida kechgan tabiiy-kimyoviy jarayonlar tufayli hosil bo‘luvchi – metamorfik. Magmatik jinslar magmaning sovishi natijasida hosil bo‘ladi. Magmaning sovishida qattiq mineral komponentlar ketma-ket kristallanadi. Bunda bosim, harorat va undagi mineralizatorlar - suv bug‘lari, karbonat angidrit va b. juda katta ahamiyatga ega. Magmatik jinslar hosil bo‘lish sharoitlariga bog‘liq holda chuqur (intruziv), otqindi (effuziv) va yarimuchuqur (gipabissal) turlarga bo‘linadi. Intruziv jinslar katta chuqurliklarda magmaning yuqori harorat va bosim sharoitlarida sekin sovishi va birtekis qotishidan hosil bo‘ladi. Bu jarayonlar tog‘ jinslarida to‘liq kristalli struktura, massiv tekstura shakllanishi va unda mineral komponentlarning birtekis tarqalishi bilan yakunlanadi. Otqindi jinslar yer yuzasida past harorat va atmosfera ta’siri sharoitlarida lavadan issiqlik va gazsimon moddalarning tez ajralib chiqishi tufayli vujudga keladi hamda qotganidan so‘ng ularda ko‘plab g‘ovakliklar saqlanib qoladi. Shuning uchun ular amorf shisha ko‘p bo‘lgan chala kristalli struktura, har xil tekstura hamda turli tarkib va strukturaga ega bo‘lgan uchastkalarning almashinib turishi bilan farq qiladi. Subvulkan jinslari yer yuzasiga yaqin chuqurlikda harorat pasayib borish rejimida hosil bo‘ladi. Shu tufayli magmadan muayyan bir mineralning turli o‘lchamdagi kristallari vujudga keladi. Bunday jinslar aralash donali strukturasi bilan xarakterlanadi va porfirsimon jinslar deb ataladi. Magmatik jinslarning tafsiliy tasnifi moddiy tarkibini o‘rganishga asoslangan. Magmatik tog‘ jinslarining moddiy tarkibi ulardagi kimyoviy elementlarning (oksidlarining) va jins hosil qiluvchi minerallarning foyiz miqdorini hisoblash orqali aniqlanadi. Tog‘ jinslarining kimyoviy va mineral tarkiblari o‘zaro bog‘liq, ammo bu bog‘liqlik murakkab, shuning uchun ham tog‘ jinslarining kimyoviy tarkibini qayta hisoblash orqali uning mineral tarkibini, mineral tarkibi orqali esa kimyoviy tarkibini aniqlab bo‘lmaydi. Vulkan shishasidan iborat bo‘lgan jinslarning moddiy tarkibini faqat kimyoviy yo‘l bilan aniqlash mumkin. Download 487 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling