4-mavzu: tog‘ jinslari va minerallar. Reja


Download 487 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/17
Sana13.12.2022
Hajmi487 Kb.
#999074
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
4-Mavzu. Tog` jinslari va minеrallar

Minerallarning tasnifi 
Minerallarning zamonaviy tasnifi asosiga kimyoviy tarkibi va kristall 
strukturasini ko‘zda tutuvchi kristallokimyoviy tamoyil olingan. Tasnifning 
bunday birligi bo‘lib mineral turi sanaladiTarkibi va strukturasi bo‘yicha o‘xshash 
mineral turlar guruhlarga, kichik sinflarga va sinflarga birlashadi. Eng yirik 
sistematik tabaqa bo‘lib turkum sanaladi. Biz ushbu darslikda sakkiz sinf 
vakillaridan asosiylarini ko‘rib chiqamiz. Bular – silikatlar va alyumosilikatlar, 
oksidlar va gidroksidlar, sulfidlar, sulfatlar, karbonatlar, galogenidlar, fosfatlar va 


sof elementlardir. Odatda ulardan eng ko‘p uchraydiganlari jins hosil qiluvchi 
minerallar hisoblanadi. 
Yer po‘sti og‘irligining 70 foyizidan ortig‘ini ikki element – kislorod va 
kremniy tashkil etadi. Kremniy tabiiy birikmalarda kislorodning to‘rtta atomi bilan 
bog‘langan (SiO
4
) bo‘lib, bu kremnekislorodli tetraedr deyiladi. Kislorod boshqa 
strukturaviy turlarni ham hosil qiladi, ammo uning kremnekislorodli tetraedrlarda 
qatnashishi juda muhim hisoblanadi. 
Kremnekislorodli tetraedrlar eng muhim jins hosil qiluvchi silikatlar va 
alyumo-silikatlar guruhidagi minerallar struktu-rasining asosini tashkil etadi. 
Kremne-kislorodli tetraedr-larning o‘zaro bog‘lanish tartibiga muvofiq silikatlar va 
alyumosi-likatlar orasida orolli, halqali, zanjirli, tasmali, varaqli va karkasli 
silikatlar ajratiladi.
Strukturasida 
kremnekislorodli 
tetraedrlar 
bir-biridan 
ajralgan 
silikatlar orolli yoki ortosilikatlar 
deyiladi. 
Strukturasida 
kremnekislorodli tetraedrlar halqa 
hosil qiluvchi silikatlar halqali
zanjir hosil qiluvchi-lari esa zanjirli 
silikatlar deyiladi (25-rasm). 
Tasmali 
silikatlar 
strukturasida tetraedrlar ikkalangan 
zanjirlarni - tasmalarni hosil qiladi (26-rasm). Kremnekislorodli tetraedrlar cheksiz 
yassi to‘rlarni hosil qilishi mumkin. Bunday silikatlar varaqli silikatlar deyiladi. 
Varaqli silikatlar guruhidagi minerallar strukturasida tetraedrlarning cheksiz 
yassi to‘rlari qatnashadi. Biotit va muskovit slyudalar guruhiga kiradi. Slyudalar 
esa varaqli silikatlar guruhini tashkil etadi. Biotitning formulasi: K(Mg, 
Fe)
3
[AlSi
3
O
10
](OH, CI, F)
2, 
muskovitniki esa: KAl
2
[AlSi
3
O
10
][ON]
2


Download 487 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling