4-mavzu: tog‘ jinslari va minerallar. Reja


Orolli, halqali va zanjirli


Download 487 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/17
Sana13.12.2022
Hajmi487 Kb.
#999074
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
4-Mavzu. Tog` jinslari va minеrallar

 Orolli, halqali va zanjirli
silikatlarning tuzilishi. 


Tarkibida temir bo‘lganligi uchun biotit qora rangga ega, temirsiz muskovit 
esa kumush rangli. Talk va serpentin magnezial varaqli silikat-larga kiradi. 
Talkning formulasi: Mg
3
[Si
4
O
10
](OH)
2
, serpentinniki esa: Mg
6
[Si
4
O
10
](OH
8
). 
Xlorit ham ancha miqdorda temir va magniyga ega bo‘lgan varaqli silikatdir. 
Uning formulasi (Mg,Fe)
3
(Si,Al)
4
10(OH)
2
(Mg,Fe)
3
(OH)
6
. Gil minerallari ham 
varaqli silikatlarga kiradi. 
Varaqli silikatlar strukturasida har bir kremnekislorodli tetraedr boshqa 
shunday tetraedrlar bilan bog‘lanib, cheksiz yassi strukturani hosil qiladi. Muskovit 
strukturasi bitta tetraedrlar qatlami va uni har ikki tomonidan o‘rab turuvchi 
oktaedrlar qatlamlaridan iborat.
Ular orasida kovalent bog‘lanish mavjud. 1 oktaed-lar va 2 ta tetraedrlar 
qatlamlaridan tashkil topgan paketlar o‘zaro musbat zaryadlangan K
+
ionlari bilan 
bog‘langan. Bu bog‘lanish ionli strukturadagi eng kuchsiz aloqa hisoblanadi. 
Shuning uchun ham deformatsiya vaqtida slyudalarning kristallari pichoq yoki 
tirnoqlar yordamida oson varaqchalarga ajraladi. 
Karkasli silikatlar strukturasida har bir tetraedr to‘rtta boshqa tetraerlar bilan 
bog‘langan. Natijada kremnekislorodli tetraedrlar cheksiz uch o‘lchamli karkas 
hosil qiladi. 
Orolli silikatlarga bir qancha minerallar va mineral guruhlar kiradi. Ularning 
strukturasida kremnekislorodli tetraedrlar bir-biridan ajralgan. Granatlar va sirkon 
orolli silikatlarga kiradi. Olivin va kainit ham orolli silikatlarga mansub. 
Olivinning formulasi (Mg,Fe)
2
SiO
4
, kainitniki esa Al
2
SiO
5
.
Minerallarning boshqa muhim sinflariga oksidlar, karbonatlar, sulfidlar, 
sulfatlar, fosfatlar va sof minerallar kiradi. Ularning strukturasi, silikatlarnikidan 
farqli o‘laroq, atomlarning o‘zgacha birikishi asosida tuzilgan. Karbonat-ion 
[(CO
3
)
2-
] karbonatlar guruhidagi struktura asosi hisoblanadi. Kalsit yer po‘stida 
keng tarqalgan karbonatli mineral. Rodoxrozit (MnCO
3
) tabiatda juda kam 
uchraydi. Qizg‘ish rangi ko‘pchilik marganets minerallariga xos. 
Oksidlar guruhidagi minerallar kislorod bilan bog‘langan bir yoki bir qancha 
metallar ionlarining birikmasidan iborat. Korund (A1
2
0
3
), shpinel, rutil va magnetit 


shunday oksidli minerallardir. Korund va shpinelning toza shaffof kristallari 
qimmatbaho toshlar hisoblanadi. Magnetit va rutildan temir va titan olinadi. 
Sulfidlar oltingugurt bilan bog‘langan metal ionlaridan tarkib topgan. 
Sulfidlar guruhidagi minerallar sanoat uchun juda muhim hisoblanadi. Sulfatlar 
strukturasining asosi sulfat-ion (SO
4
2-
) hisoblanadi.
Fosfatlar strukturasining asosini fosfat-ion (RO
4
3-
) tashkil etadi. Ularning 
orasida apatit [Ca
5
(PO
4
)
3
] keng tarqalgan mineral hisoblanadi. Odamning va 
ko‘pchilik hayvonlarning tishlari apatitning mikroskopik kristallaridan tarkib 
topgan. Firuza (CuAl
6
[PO
4
]
4
[OH]
8
5H
2
O) fosfatlar guruhidagi siyrak uchraydigan 
mineral. 
Minerallar ulanishi, qattiqligi, rangi, chizig‘ining rangi, shakli, magnitliligi, 
eruvchanligi va zichligi bo‘yicha aniqlanadi. 
Minerallarning tabiiy xossalari ularning kimyoviy tarkibi va minerallar 
strukturasidagi kimyoviy bog‘lanishning turi bilan belgilanadi.

Download 487 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling