4-mavzu: tog‘ jinslari va minerallar. Reja
-jadval. Moos qattiqlik shkalasi minerallari
Download 487 Kb. Pdf ko'rish
|
4-Mavzu. Tog` jinslari va minеrallar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dala shpati
- Minerallarning boshqa xossalari.
- Tayanch atama va iboralarga izoh bering
2-jadval.
Moos qattiqlik shkalasi minerallari 1 Talk - Mg 3 [Si 4 O 10 ](OH) 2 . U eng yumshoq minerallardan biri hisoblanadi. Rangi - oq, sariqsimon, yashilsimon, kulrang, moviy-yashilsimon. Ushlaganda yog‘simon tuyuladi. 2 Gips - CaS0 4 2N 2 0. Tirnoq bilan tirnaganda mineral yuzasida iz qoladi (tirnoqning qattiqligi 2-2,5). Rangi oq, kulrang, jigarrang, pushti. Shoyisimon turi selenit deyiladi. 3 Kalsit- SaS0 3 . Kalsitni pichoq uchi bilan tirnaganda unda tirnash izi qoladi. Rangi oq va sariqsimon-oq, Shaffof turi island shpati deyiladi. 4 Flyuorit - CaF 2 . Mis tanga kalsitni tirnaydi, ammo flyuoritni tirnamaydi. Rangi sariq, yashil, ko‘k, pushti, binafsha, jigarrang va binafshasimon-qoragacha o‘zgarishi mumkin. 5 Apatit - Ca 5 (PO 4 ) 3 (OH,F,Cl). Odam va ba’zi hayvonlarning tishlari apatitning mikroskopik kristal-laridan tarkib topgan. Rangsiz, oq, zumradsimon yashil, ko‘k, qo‘ng‘ir, binafsha. 6 Dala shpati - K[AlSi 3 0 8 ]. Shisha va po‘latdan qattiq. Shishaning qattiqligi taxminan 5,5. Ortoklaz, mikroklin, plagioklazlar singari minerallari keng tarqalgan.. 7 Kvars - Si0 2 U shishada va po‘lat pichoqda aniq tirnash izini qoldiradi. Kvarsning xillari: tog‘ billuri, ametist, rauxtopaz, morion, sitrin, avantyurin va b 8 Topaz - Al 2 [SiO 4 ][F,OH] 2 . Uning kristalli kvarsda tirnash izi qoldiradi. Ko‘p qismi och sariq, sariq, somonsimon-sariq, moviysimon, binafsha, yashil, pushti, kam hollarda qizil rangli. 9 Korund - A1 2 0 3 . Uning yuqori qattiqligi abraziv material sifatida foydalanishga imkon beradi. Qimmatbaho xillari rubin - qizil rangli, sapfir - ko‘k rangli. 10 Olmos - S. U barcha ma’lum bo‘lgan minerallarning eng qattig‘i hisoblanadi. Olmos kovalent bog‘lanishga ega bo‘lgan uglerod atomlaridan tuzilgan va uch o‘lchamli struktura hosil qiladi. Minerallarning boshqa xossalari. Ba’zi minerallar uchun alohida, faqat ulargagina xos bo‘lgan xossalarga - magnitligi, mazasi, hidi, radioaktivligi, xlorid kislota bilan reaksiyaga kirishi va boshqa belgilarga ega. Barcha minerallar ham alohida xossalarga egamas, ammo ularning bo‘lishi diagnostika vazifalarini yechishni osonlashtiradi. Minerallarning magnitligi. Magnitlikni aniqlash uchun kuchli, yaxshisi magnitning taqasimon shakllari kerak bo‘ladi. Mineralning magnitligi uning kukuni bo‘yicha aniqlanadi. Minerallarning mazasi. Sho‘r maza galitga (osh tuzi), achchiq-sho‘r esa silvinga xos. Bundan tashqari bu minerallar suvda oson eriydi va gigroskopiklik - suv yutish xususiyatiga ega bo‘ladi. Minerallarning hidi. Oltingugurt, ayniqsa agar uning ikki namunasi bir- biriga urilsa o‘ziga xos hid chiqaradi. Arsenopirit ajratmalari ishqalanganda sarimsoq piyoz hidini taratadi. Nurning ikkilanib sinishi. Nurning ikkilanib sinishi - bu anizotrop kristallar orqali nur o‘tganda yorug‘lik nurining ikkiga ajralishidir. Bu xossalar bir qator minerallarga xos, ayniqsa u island shpati deb nomlanuvchi kalsitning shaffof turida yaqqol ifodalangan. Agar island shpati orqali qog‘ozdagi matn satri qaralsa, uning ikkita tasviri yuzaga keladi. Bunda barcha xarflar ikkiga ajralgandek bo‘lib tuyuladi. Xlorid kislota bilan reaksiya. Karbonatlar sinfidagi ba’zi minerallar xlorid kislota bilan reaksiyaga kirishib, karbonat angidrit gazini ajratib chiqaradi. Minerallarning irizatsiyasi. Ba’zi minerallarning, masalan, labradorning yuzasida yoritish sharoitlariga bog‘liq holda turli kamalakdagidek ranglar hosil bo‘lishi mumkin.Minerallarning bunday xossalari irizatsiya (yunoncha iridos - kamalak) nomini olgan. U paraellel mo‘ljallangan mikroskopik plastinkalar yoki darzliklar orqali nur o‘tishida yorug‘lik to‘lqinlarining interferensiyasi bilan bog‘liq. Tayanch atama va iboralarga izoh bering Singoniya, mineral, kristall, amorf, morfologiya, kristall panjara, mo‘rtlik. magmatik hosilalar, intruziv jinslar, effuziv jinslar, subvulkanik jinslar, granit, granodiorit, sienit, gabbro, peridotit, ishqorli jinslar, riolit, datsit, andezit, bazalt, diabaz, vulkanoklast jinslar. Download 487 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling