4-mavzu: tog‘ jinslari va minerallar. Reja


Minerallarning yaltiroqligi


Download 487 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/17
Sana13.12.2022
Hajmi487 Kb.
#999074
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
4-Mavzu. Tog` jinslari va minеrallar

Minerallarning yaltiroqligi. Yaltiroqlik ikki omil ta’sirida: kristalli 
muhitdan o‘tayotganda yorug‘lik nurining sinish ko‘rsatkichi va ushbu muhit 
tomonidan yutish koeffitsienti orqali vujudga keladi. Shaffof minerallarda eng 
yuqori sindirish ko‘rsatkichida kuchli olmossimon (nometalli) yaltiroqlik 
kuzatiladi. Sindirish ko‘rsatkichi past bo‘lgan moddalar (masalan, oltingugurtli 
minerallar) odatda shaffofmas va metalsimon yaltiroqlikka ega bo‘ladi. Sindirish 


ko‘rsatkichining yuqoriligi va nur qaytarish yuzasining xarakteriga bog‘liq holda 
minerallar shishasimon, sadafsimon, yog‘simon, shoyisimon, xira va 
yaltiroqlikning boshqa turlariga ega bo‘ladi. Tabiatda o‘rtacha sindirish 
ko‘rsatkichi 1,3 - 1,9 bo‘lgan shishasimon yaltiroq minerallar son jihatdan 
ko‘pchilikni tashkil etadi. 
Yaltiroqlik minerallarning rangiga deyarli bog‘liq emas. Yaltiroqlikning 
quyidagi turlari ajratiladi: metalsimon, nometall, olmossimon, shishasimon, 
yog‘simon, mumsimon, saqichsimon, sadafsimon va shoyisimon. Ba’zan xira 
yaltiroqlik ham ajratiladi. 
Minerallarning mexanik xossalari. Minerallarning ulanishi deganda 
minerallarning muayyan yo‘nalishlarda silliq yuzalar - ulanish tekisliklari bo‘ylab 
parchalanishi tushuniladi. Minerallar turli ulanishga ega: ba’zilari bir necha 
yo‘nalishlarda juda oson ajralib ketadi, boshqalarida esa bu xususiyat yaxshi 
kuzatilmaydi yoki umuman yo‘q. Ulanish minerallarning muhim diagnostik belgisi 
bo‘lib xizmat qiladi va qattiqlik ko‘rsatkichi bilan birgalikda tabiiy materiallarning 
mexanik xossalarini baholashda yordam beradi.
Parchalanishining osonligi va unda hosil bo‘ladigan yuzalar xarakteri 
bo‘yicha ulanishning bir qancha turlari ajratiladi: juda mukammal, o‘rtacha, 
mukammal emas, juda mukammal emas yoki ulanish mavjud emas
Yuqorida aytib o‘tilgandek, minerallar bir necha ulanish yo‘nalishlariga ega 
bo‘ladi. Turli yo‘nalishlar bo‘yicha ulanishning mukammallik darajasi tulicha 
bo‘lishi mumkin. Masalan, dala shpatlari bir yo‘nalishda mukammal, boshqa 
yo‘nalishda esa o‘rtacha ulanishga ega bo‘ladi. Ulanish yo‘nalishlari orasidagi 
burchak turli minerallarda bir-biridan farq qiladi. Ulanish yo‘nalishlarining soni, 
ular orasidagi burchak, ulanishning mukammallik darajasi minerallarni aniqlashda 
bosh diagnostik belgilardan biri hisoblanadi.
Minerallarning sinishi – mineralning parchalanishida hosil bo‘ladigan 
yuzalar ko‘rinishidir. U ayniqsa nomukammal va juda nomukammal ulanishga ega 
bo‘lgan minerallarni o‘rganishda juda asqotadi. Minerallar sinish yuzasining 
ko‘rinishi ham muhim diagnostik belgilar qatoriga kiradi. 


Minerallarda chig‘anoqsimon, notekis, tekis, zirapchasimon, tuproqsimon 
sinish turlari ajratiladi. Minerallaning sinishi ulanishi kabi xarakterli xususiyati 
hisoblanadi va muayyan mineral individida aniqlanadi. 
Minerallarning qattiqligi - bu ularning boshqa jism ta’siriga ko‘rsatadigan 
qarshiligi bo‘lib, tirnash orqali aniqlanadi. Qattiqlik qiymati oshib borishi tartibida 
joylashtirilgan o‘nta mineraldan: talk, gips, kalsit, flyuorit, apatit, dala shpati, 
kvars, topaz, korund va olmosdan iborat bo‘lgan Moos shkalasi bo‘yicha 
baholanadi (3-jadval).
Qattiqlikni aniqlash tirnab ko‘rish orqali amalga oshiriladi va 
tekshirilayotgan namunada tirnash izi qoldiruvchi mineral - shkalada mos 
keladigan etalonning tartib raqami bilan ifodalanadi. Shunday qilib aniqlanayotgan 
mineralning taxminiy qattiqligi topiladi.
Minerallarning zichligi. Minerallarning zichligi kimyoviy tarkibi va 
strukturasi, elementlarning atom massasi, ularning ion radiusi va valentligiga 
bog‘liq bo‘ladi. Minerallarning zichligi ularning diagnostik xarakteristikasidan 
tashqari mineral xom ashyoning sifatini baholashda amaliy ahamiyatga ega va 
undan ma’danni boyitishda foydalaniladi. Past zichlikka ega minerallar (2 dan 4 
gacha) tabiatda eng ko‘p tarqalgan. 
Minerallarning zichligi muhim farqlovchi belgi sanaladi. U minerallarni tez 
va ishonchli aniqlashda samarali qo‘llanilishi mumkin. 
Minerallarning mo‘rtligi va bolg‘alanishi. Minerallarning diagnostik 
belgilari sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan mexanik xossalaridan mo‘rtligi va 
bolg‘alanishini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Mo‘rtlik deb bosim ostida yoki zarbadan 
moddaning burdalanish xossasiga aytiladi. Bolg‘alanishi deganda moddalarning 
bosim ostida yupqa plastinkalarga yalpoqlanishi va plastik bo‘lishi tushuniladi. 



Download 487 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling