4-mavzu: tog‘ jinslari va minerallar. Reja


Download 487 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/17
Sana13.12.2022
Hajmi487 Kb.
#999074
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
4-Mavzu. Tog` jinslari va minеrallar

Zanjirli silikatlar. Bunday minerallar ko‘p marta takrorlanuvchi, bir-birlari 
bilan uzluksiz zanjirlar yoki tasmalar shaklida tutashgan tetraedrlardan tarkib 
topgan bo‘lib, ularning orasida: a) [Si
2
0
6
]
4
radikalli zanjirli silikatlar; b) [Si
4
0
10
]
6
radikalli tasmasimon silikatlar ajratiladi. Ba’zi tasmali silikatlarda Si
4+
A1
3+
bilan 
o‘rin almashgan bo‘lib, unda alyumosilikatli radikallar [(Si,Al)
4
0
10
]
6
hosil bo‘lgan 
turlari ajratiladi. 
Piroksenlar guruhidagi minerallar eng keng tarqalgan zanjirli silikatlar 
hisoblanadi. Piroksenlar odatda qisqa prizmatik kristallarni hosil qiladi. Minerallar 
strukturasida kompensatsiyalanmagan elektr zaryadi bo‘lishi mumkin emas. 
Shuning uchun ham tetraedrlarning zanjirlari va tasmalari qatorida mineral 
strukturasiga boshqa kationlar ham kiradi. Bu kationlar kremnekislorodli 
tetraedrlarning manfiy zaryadlarini neytrallaydi va mustahkam ion bog‘lanish 
hisobiga kremnekislorodli tetraedrlarni zanjirli yoki tasmali umumiy strukturaga 
biriktiradi. 
Piroksenlar guruhiga kiruvchi yana bir mineral diopsid hisoblanadi. Uning 
formulasi CaMgSi
2
O
6
. Diopsid strukturasida temir atomi yo‘q. Shuning uchun ham 
u och tusli. Ko‘pchilik minerallarning rangi temirning mavjudligi bilan belgilanadi. 
Temirga boy bo‘lgan minerallar qora rangli bo‘ladi. Piroksenlar guruhidagi 
gedenbergit to‘q yashil rangga ega. To‘q rang temirning mavjudligi bilan bog‘liq 


CaFeSi
2
O
6
. Zanjirli silikatlarda har bir tetraedr boshqa ikkitasi bilan kislorodning 
umumiy atomi orqali bog‘langan. 
Tasmali silikatlar va alyumosilikatlar (amfibollar). Amfibollar guruhidagi 
silikatlar tasmali silikatlarga kiradi. Nomi yunoncha amfibolos – ikki ma’noli, 
noaniq so‘zidan kelib chiqqan, murakkab o‘zgaruvchi tarkibli va boshqa to‘q rangli 
minerallar, ayniqsa piroksenga o‘xshashligi tufayli shunday nomlangan. Amfibol 
kristallari ko‘ndalang kesimda psevdogeksagonal shakldagi ignasimon ko‘rinishga 
ega. Ba’zan qisqa ustunsimon kristallari uchraydi. Rangi to‘q yashildan qoragacha. 
Amfibollar prizma bo‘yicha mukammal ulanishga ega. 
Amfibollarning orasida tremolit va aktinolit keng tarqalgan. Tremolitning 
formulasi: Ca
2
Mg
5
[Si
4
O
11
]
2
[ON]
2
, aktinolit unga o‘xshagan tarkibga ega: Sa (Mg, 
Fe)
5
[Si
4
O
11
]
2
[0H]
2
, ammo uning strukturasida temir bor va magniyning miqdori 
birmuncha past. Shuning uchun ham aktinolit tremolitga nisbatan qoramtirroq 
bo‘ladi. 
Kelib chiqishi bo‘yicha amfibollar ko‘p hollarda magmatik va metamorfik 
hisoblanadi. Yer po‘stida amfibollarning ulushi 8 % ga boradi. Ammo ularning 
amaliy ahamiyati yuqori emas. Asosan issiq, kislota va ishqorbardosh material 
sifatida ishlatiladi. Ba’zi xillari (nefrit) bezak toshi sifatida foydalaniladi. Gil 
minerallari orasida paligorskit tasmali silikatlarga mansub. 

Download 487 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling