4-mavzu: tog‘ jinslari va minerallar. Reja


Download 487 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/17
Sana13.12.2022
Hajmi487 Kb.
#999074
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
4-Mavzu. Tog` jinslari va minеrallar

Sulfidli minerallar 
Sulfidlar sinfiga metallarning oltingugurtli birikmalari kiradi va ular alohida 
amaliy ahamiyatga ega. Aynan ular rangli minerallarning ma’dan hosil qiluvchisi 
hisoblanadi va ko‘p hollarda o‘zida oltin tutuvchi sifatida qaraladi. Sulfidlar shu 
sinfdagi barcha minerallar uchun xarakterli bo‘lgan muayyan tabiiy xossalarga 
egadir. Ular odatda mayda va yirik kristalli zich yaxlit massalarni hosil qiladi, 
tomirchalar, uyachalar yoki alohida kristallar shaklida uchrashi mumkin. Odatda 
chizig‘ining rangi qoramtir yoki qora, metalsimon yaltiroq bo‘ladi, yuqori elektr 
o‘tkazuvchan. Sulfidlarning asosiy qismi yuqori zichligi (8,5 g/sm

gacha) bilan 
xarakterlanadi. 
Sulfidlarlar sinfiga antimonit, argentit, arsenopirit, auripigment, bornit, 
galenit, kinovar, kobaltin, kovellin, markazit, molibdenit, nikelin, pirit, pirrotin, 
realgar, stannin, sfalerit, xalkozin, xalkopirit va boshqa minerallar kiradi. 
Sulfatli minerallar 
Sulfatlar guruhidagi minerallar orasida angidrit, anglezit, barit, volframit
gips, molibdenit, selestin, sheelit muhim ahamiyatga ega. Sulfatlar - sulfat kislota 
tuzi bo‘lib, yer yuzasi sharoitlarida hosil bo‘ladi. Bu sinfdagi minerallar orasida yer 
po‘stida yetarli darajada barqaror bo‘lganlari kam. Sulfatlarning asosiy strukturasi 
bo‘lib tetraedrik anionli guruh hisoblanadi, turli kationlar, suv molekulasi va b. 
yordamida bir-biri bilan birikib, turli: orolli, karkasli, zanjirli, qatlamli 
strukturalarni hosil qiladi. Sulfatlar qattiq va mustahkam emas, ular mukammal 
ulanishi, och tusi bilan xarakterlanadi.
Angidrit yaxlit donali massalar holida uchraydi va moviysimon-oq rangga, 
shishasimon yaltiroqlikka, uncha yuqori bo‘lmagan qattiqlikka (3-3,5), zichlikka (3 
ga yaqin), mukammal ulanishga va varaqsimon sinishga ega bo‘lgan kristalli 
mineral sanaladi. Tabiiy sharoitlarda suv yutib, gipsga oson aylanadi va hajmini 


oshiradi (30% gacha). Shu nomdagi jinslarda tog‘ jinsini hosil qiluvchi komponent 
sanaladi. 

Download 487 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling