4-mavzu: tog‘ jinslari va minerallar. Reja


Minerallarning tabiiy xossalari


Download 487 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/17
Sana13.12.2022
Hajmi487 Kb.
#999074
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
4-Mavzu. Tog` jinslari va minеrallar

Minerallarning tabiiy xossalari 
Har bir mineral boshqalaridan o‘ziga xos belgilari bo‘yicha farqlanishi 
mumkin. Juda ko‘pchilik minerallarni ko‘p mehnat talab etuvchi tadqiqotlarsiz 
xarakterli tabiiy xossalari majmuasi bo‘yicha aniqlash mumkin. Ko‘pchilik 
minerallar faqatgina o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Bu, ayniqsa rangining 
to‘qligi, sinish xarakteri, yaltiroqligi va boshqalarda namoyon bo‘ladi. 
Minerallarning bu xarakterli xossalari diagnostik belgilar bo‘lib xizmat qiladi.
Ko‘pchilik minerallarni ishonchli diagnostika qilish tafsiliy tadqiqotlar, 
xususan sifatli kimyoviy reaksiya o‘tkazishni, zichligini, optik, mexanik va boshqa 
xossalarini aniqlashni talab etadi. Minerallarning bosh xossalariga quyidagilar 
kiradi: morfologik xususiyatlari - kristallarning ko‘rinishi, qo‘sholoqlari, 
tomonlarining chiziqliligi; optik xususiyatlari - shaffofligi, rangi, chizig‘ining 
rangi, yaltiroqligi; mexanik xossalari - ulanishi, sinishi, qattiqligi, mo‘rtligi, 
bolg‘alanishi, elastikligi, zichligi hamda magnitligi, radioaktivligi va b. 
Minerallarning morfologik xususiyatlari. Tabiatda qattiq minerallar 
asosan noto‘g‘ri shakllardagi donalar holida tarqalgan bo‘lib, shakli va o‘lchamiga 
bog‘liq bo‘lmasdan ichki kristall tuzilishga ega bo‘ladi. Tabiiy tomonlari juda 
yaxshi shakllangan kristallar juda kam uchraydi.
Kristallarning ko‘rinishi. Minerallar izometrik shaklda, bir va ikki 
yo‘nalishda cho‘zilgan bo‘lishi mumkin. Kristallarning qo‘sholoqlari. Qo‘sholoq 
deb muayyan bir mineralning ikki kristalli birga o‘sganligiga aytiladi. Qo‘sholoqlar 


eritmada vujudga kelgan kristallchalarning o‘sishi vaqtida bir-biriga tutashishi va 
mexanik ta’siri hamda kristall moddalarning polimorf o‘zgarishi tufayli kelib 
chiqadi. 
Minerallarning optik xossalari. Minerallarning shaffofligi - bu ularning 
nur yo‘nalishini o‘zgartirmasdan turib o‘zidan yorug‘lik o‘tkazish xususiyatidir. 
Shaffoflik mineralning kristall strukturasi, rangining yorqinligi, mayda dispers 
qattiq va gaz-suyuq qo‘shimchalarning mavjudligi, ularning tuzilishi, tarkibi va 
hosil bo‘lish sharoitlari xususiyatlari bilan bog‘liq. Minerallar shaffoflik darajasi 
bo‘yicha shaffof, yarimshaffof, chetlari oqaruvchi, noshaffof turlarga bo‘linadi. 
Minerallarning rangi eng avvalambor beixtiyor inson diqqatini o‘ziga jalb 
qiladi va shuning uchun ham muhim belgilaridan biri sanaladi. 
Yorug‘likning butun ko‘rinuvchi spektori bir tekis yutilganda vujudga 
keluvchi axromatik ranglarga misol qilib rangsiz tog‘ xrustali, sutsimon-oq kvars, 
kulrang osh tuzi va qora pirolyuzitni ko‘rsatsa bo‘ladi. 
Mineral chizig‘ining rangi - bu uning kukun holidagi rangidir. Bunda 
mineral mumkin qadar mayda talqon qilinishi lozim. 
Noma’dan minerallar chizig‘ining rangini aniqlashda oq notekis (g‘adir-
budur) chinni plastinkadan (glazurlanmagan oq bezak plitasi, hovancha tubining 
ostki qismi, oq chinni idishning siniq parchalari va h.k.) foydalanilgan ma’qul. 
Ma’danli mineral chizig‘ining rangini aniqlashda qora rangli plastinkadan, 
masalan, liditdan (kvarsitning qora xili) foydalanish mumkin. 
Mineral qattiq bo‘lganda plastinkada chizig‘ining rangini bilib bo‘lmaydi. 
Bunda mineral bolg‘a yordamida maydalanib, hovanchada kukunga aylantiriladi. 
Kukunining rangi oq fonda aniqlanadi. 

Download 487 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling