1-amaliy mashg‘ulot Minerallarning shaffofligi, rangi va chizig‘ining rangini o‘rganish Ishning maqsadi


Download 162.92 Kb.
bet1/37
Sana05.09.2023
Hajmi162.92 Kb.
#1673135
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
mineralogiya amaliy


1-amaliy mashg‘ulot
Minerallarning shaffofligi, rangi va chizig‘ining rangini o‘rganish


Ishning maqsadi: Talabalarga minirallarning shaffofligi rangi va chizig‘ining rangi xususiyatlarini o‘rgatish.
Moddalarning o‘zidan nur o‘tkazish xususiyati ularning shaffofligi deb ataladi. Absolyut shaffof bo‘lmagan (emas) jismlar bo‘lmasa ham biroq ko‘pgina minerallar, ayniqsa metallar (yupqa parda bo‘lgan holda ham) ko‘rinma nurlarni shunchalik kam miqdorda o‘tkazadiki, amalda butunlay shaffof emasdek ko‘rinadi. Xuddi shunga o‘xshab tabiatda absolyut shaffof, ya’ni o‘ziga tushayotgan nurni tamomila o‘tkazuvchi moddadan iborat muhit ham yo‘q. Eng shaffof muhitning biri - toza suv qalin qatlam bo‘lganida ochiq havo rangga kiradi va bu uning ko‘zga ko‘rinadigan yorug‘lik spektrining dizil nurlarini ancha ko‘p yutishidan dalolat beradi.
Ma’lumki, muayyan muhitning orasiga o‘tgan yorug‘lik (nur) o‘z tezligini kamaytiradi, sinadi va ichkarilab borgan sari energiyaning boshqa turlarkga aylanishga (asosan, issiqlik energiyasiga) sarflanadi, shunga ko‘ra yorug‘likning‘ miqdori kamaya boradi, ya’ni yorug‘likning yutilishi (absorbsiya)sodir bo‘ladi.
Shunday qilib, muhitdan chiqib kelayotgan yorug‘likning kuchi avvalgi tushgan yorug‘lik kuchidan ancha kam bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda 1 : 10 = a nisbati doimo to‘g‘ri qasr bilan ifodalanadi. a—miqdori shu muh.itning qalinligi birga (1 sm) teng bo‘lgan paytdagi shaffoflik koeffitsienti deb aytiladi. Bu moddaning ximiyaviy tabiati bilan yorug‘likning to‘lqin uzunligiga bog‘liq (yorug‘likning kuchiga emas). Shu qimmat qanchalik birga yaqin bo‘lar ekan, mineral shunchalik shaffof va, aksincha, bo‘ladi.
Hamma minerallarning yirik kristallari ko‘riladigan shaffoflik darajasiga qarab quyidagicha gruppalarga bo‘linadi:
1) sh a f f o f minerallar; tog‘ xrustali, island shpati, topaz va boshqalar;
2) Yarim shaffof — zumrad, sfalerit, kinovar va boshqa minerallar;
3) shaffof emas minerallar —pirit, magnetit, grafit va boshqalar.
Yirik kristallari yoki yirik kristall bo‘laklari shaffof bo‘lmagan minerallarning ko‘pchiligi yupqa bo‘laklarida yoki shliflarida o‘zidan nur o‘tkazadi (biotit - qora rangli slyuda, rutil va boshqalar).
Agar yirik kristallar o‘rnida maydadonador agregatlarga to‘g‘ri kelar ekanmiz, moddalarning shaffofligi borasida butunlay boshqacha narsani ko‘ramiz. Jism juda ko‘p optik turlicha yo‘nalgan mayda zarrachalardan — donalardan tarkib topgan bo‘lar ekan, u holda bunday muhitdan o‘tayotgan nur o‘zi uchun to‘g‘ri uzoq yo‘l topa olmaydi. Bunday muhitlarda yorug‘lik turlicha yo‘nalishlarda ko‘p martalab sinadi va nihoyat tarqalib ketadi ham qaytadi. Shuning uchun bu muhitlar shaffof emasdek bo‘lib ko‘rinadi. Shaffof kalsit (island shpati) bilan kalsit donalaridan gashkil topgan agregatdan iborat, mayda donador oq marmarning bir xil qalinlikdagi va ikkala tomoni jilolangan taxtachalarini taqqoslab ko‘rar ekanmiz, o‘sha yuqorida aytganlarimizga ishonch hosil kilamiz. Island shpati orqali qog‘ozga yozilgan xatyai osonlikcha o‘qishimiz mumkin bo‘lgan bir paytda marmar taxtacha o‘zidan yorug‘lyak o‘tkazmaydi. Bunday jismlar faqat yupka shliflardag‘ina shaffof bo‘lib ko‘rig‘adi.
Moddaning rangi sutdek oq bo‘lib, u juda mayda donali agregat holida tuzilgan bo‘lsa, yorug‘likning yutilishi bilinmaydi. Modda yaxlit agregat holatida bo‘lmagan paytlarda, ya’ni mayda bo‘lak yoki zarrachalari orasida havo bo‘lgan paytlarda bu rang yanada yaqqolroq ko‘rinadi. Buni biz yaxshi bilamiz: shaffof ko‘kimtir muzni bolg‘a bilan urar zkanmiz, shu bolg‘a urilgan joy havo bilan to‘lgan juda ko‘p nozik darz va bo‘shliqlar hosil bo‘lganligi uchun sutdek-oq rangli bo‘lib qoladi.

Download 162.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling