1-amaliy mashg‘ulot Minerallarning shaffofligi, rangi va chizig‘ining rangini o‘rganish Ishning maqsadi


Download 162.92 Kb.
bet37/37
Sana05.09.2023
Hajmi162.92 Kb.
#1673135
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
mineralogiya amaliy

Mikroklin - K[AlSi3O8]
Mineralning nomi Yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, «mikroklin» bilinar-bilinmas qiyshaygan demakdir.
Singoniya triklin. Qo‘shaloq kristallari Ortoklazniki singari ko‘rinishga ega.
Rangi ortoklazniki kabi, biroq amazonit deb ataladigan yashil xili bo‘ladi.
Yaltirashi - shishadek.
Qattiqligi - 6 - 6,5.
Solishtirma og‘irligi - 2,54 - 2,57.
Ulanish tekisligi - mukammal.
Paydo bo‘lishi, assotsiatsiyasi, konlari, amaliy ahamiyati.
Nordon va shakarli intruziv (granit, granodiarit, sienit va boshqa) jinslarda Ortoklazga nisbatan ancha keng tarqalgan. U pegmatit mahsulotlarning asosiy Minerali. Mikroklin yo‘ldoshlaridan ko‘proq kvars, albit, ba’zan nefelin va Slyudalar uchraydi.
Mikroklin kvars bilan birga «yahudiy tosh» yoki «yozuvli granit» deb ataladi, ajoyib tarzda o‘sganlari ko‘p tarqalgan. O‘rta Ural, Ilmen tog‘larida.
Mikroklin, ortoklaz asosan shisha keramika (chinni - sopol) sanoatida ishlatiladi.
Unga kaolin va kvarsga qo‘shib eritib sovitilsa chinni deb ataladigan zich oq, qisman nur o‘tkazuvchi massa hosil qiladi, bu idish glazur va emal (sir) lar tayyorlash uchun ishlatiladi. Ko‘rkam yashil rangli xili har xil bezaklar va buyumlar (quvachalar, qutichalar, kuldonlar va boshqalar) tayyorlash uchun ishlatiladi.


Nazorat savollari:

      1. Granatlar gruppasiga nechta mineral kiradi?

      2. Berillning amaliy ahamiyati?

      3. Turmalin qaysi jarayonda hosil bo‘ladi?

      4. Sfenning ishlatilishi?

      5. Ortoklaz bilan mikroklinning farqi nimada?



Adabiyotlar.



  1. Adilxanov K.X. Mineralogiya. O‘quv qo‘llanma — T.: 2014

  2. Abdunabiyeva M.V. Kristallografiya va mineralogiya. Uslubiy

qo‘llanma - TDTU, 2014.

  1. Zoxidov K.C. Kristallografiya. T.: O‘zbekiston 2003.

  2. Adilxanov K.X. Mineralogiya. Darslik -T.: 2010.

  3. Toshmuhamedov B. T., Abdunabiyeva M. V., Tulyaganova N. Sh. Kristallografiya va mineralogiya fanidan: laboratoriya ishlari o’tish uchun uslubiy qo’ llanma. — T.: TDTU, 2011.

  4. BeTexTHH A.F. MHHepanorrr i KypcH. -T.: VKHTyBoH, 1969.

  5. MHHepmH Ys6eKHcTaHa. — T.: &aH, 1975-1977. — TOM. I-IV.





Download 162.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling