1-amaliy mashg‘ulot Minerallarning shaffofligi, rangi va chizig‘ining rangini o‘rganish Ishning maqsadi
Download 162.92 Kb.
|
mineralogiya amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Volframit — (Mn, Fe) WO 4
12-amaliy mashg‘ulot.Minerallar jadvalini tuzish ni o‘rganish. Volframatlar. Fosfatlar. Ishning maqsadi : Amaliy mashg‘ulot ishimizdan maqsad minerallarning muhim diagnostik xususiyatlarini aniqlash, ularning hosil bo‘lishini va sanoatdagi amaliy ahamiyatini o‘rganish. Nazariy asoslar: volfram va molibden kislota tuzidan tashkil topgan minerallar kiradi. Ularning soni 15 dan oshmaydi., ammo ular sanoatda volfram va molibden ma’danlari sifatida ishlatiladi. Tabiatda volframatlar va molibdatlar minerallarining suvsiz va suvli turlari uchraydi. Volframit — (Mn, Fe) WO4 Shyelit - Ca WO4 Fosfatlar. Bu sinfga har xil tarkibli bir qancha, 300 dan ortiq mineral turlari kiradi. Yer qobig‘ining umumiy miqdori 0,7%ni tashkil qiladi. Apatit – Ca5[PO4]3 (F,Cl)(OH) Fosforit – Ca5[PO4]3 (Cl,F) Minerallarni ta’rif1ash jadval quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi: Mineralning nomi. Mineralning kimyoviy formulasi. Mineralning singoniyasi. Mineralning rangi. Mineralning Yaltirashi. Mineralning ulanish tekisligi. Mineralning qattiqligi. Mineralning solishtirma og‘irligi. Mineralning hosil bo‘lishi. Mineralning amaliy ahamiyati yoki ishlatilishi. Volframit — (Mn, Fe) WO4Bu so‘z lotincha «bo‘ri - ko‘pigi» yoki «bo‘ri qaymog‘i» so‘zining nemis tiliga tarjimasidir. Singoniya monoklin. Kristallari ko‘pincha qalin tabletkasimon yoki prizmatik qiyofada. Qo‘shaloq kristatlari ham topiladi, yaxlit yirik donador agregatlar bo‘lib ham uchraydi. Rangi. Qoramtir-qora, chizig‘i qo‘ng‘ir. Yaltirashi olmosdek, metallsimon. Qattiqligi 4,5 - 5,5 Solishtirma og‘irligi. 6,7 - 7,5 Ulanish tekisligi mukammal Paydo bo‘lishi, assotsiatsiyasi, konlari, amaliy ahamiyati. Volframit granit massivlari bilan bog‘langan, asosan kvarsli gidrotermal tomirlarida uchraydi. U oz miqdorda granitlar orasida pegmatit tomirlarda uchraydi. Greyzenlarda, ya’ni granit massivlarining pnevmatolit agentlari ta’siri bilan juda ham o‘zgarib ketgan joylarda topiladi. Oksidlanish zonasida, nurash paytida u garchi osonlik bilan bo‘lmasa ham o‘zgaradi va volbfram oxrasiga aylanadi. Volframit esa, odatda ancha barqaror mineral bo‘lib, kon atrofidagi sochilmalarga o‘tadi. Volframit kassiterit, molibdenit, arsenopirit, pirit, xalkopirit, Slyudalar, topaz, flyuorit, turmalin, ba’zan berill kabi minerallar bilan bir assotsiatsiyada uchraydi. Ingichka, Koytosh (Samarqand), Janubiy Xitoyda Yunnanb va Tszansi (Suixuashan), AQSH-Kolorado, Portugaliya, Ispaniya, Janubiy Dakota, Nevada. Asosiy massasi (hamma kovlab chiqarilganining 85-90% gacha) qora metallurgiyada, o‘z-o‘ziga toblanish xususiyatiga ega bo‘lgan qattiq po‘latning maxsus navlarini ishlab chiqarishda, elektrotexnikada volframdan elektr lampalardagi simlar, rentgen trubkalardagi antikatodlar va boshqalar, kimyo sanoatda, keramikada shisha va chinnilarni sirlash uchun ishlatiladi. Download 162.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling