1-amaliy mashg‘ulot Minerallarning shaffofligi, rangi va chizig‘ining rangini o‘rganish Ishning maqsadi


Download 162.92 Kb.
bet26/37
Sana05.09.2023
Hajmi162.92 Kb.
#1673135
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37
Bog'liq
mineralogiya amaliy

Nazorat savollari:


  1. Ftoridlar nima?

  2. Galloidli birikmalarga tegishli minerallarning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati qanday?

  3. Flyuoritning ishlatilishi?



12-amaliy mashg‘ulot.


Minerallar jadvalini tuzishni o‘rganish. Karbonatlar.


Ishning maqsadi: Amaliy mashg‘ulot ishimizdan maqsad minerallarning muhim diagnostik xususiyatlarini aniqlash, ularning hosil bo‘lishini va sanoatdagi amaliy ahamiyatini o‘rganish.

Karbonatlar


Yer qobig‘ida keng tarqalgan va juda ma’lum bo‘lgan minerallarni uchratamiz. Minerallari suvli va suvsiz karbonatlarga ajraladi. Yer qobig‘ining 2% miqdori karbonatlarga to‘g‘ri keladi, shu jumladan 1,5% qismini kalsit tashkil qiladi. Karbonat minerallarning umumiy soni 80 dan oshadi.
Minerallarni ta’rif1ash jadval quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi:
1.Mineralning nomi.
2.Mineralning kimyoviy formulasi.
3.Mineralning singoniyasi.
4.Mineralning rangi.
5.Mineralning Yaltirashi.
6.Mineralning ulanish tekisligi.
7.Mineralning qattiqligi.
8.Mineralning solishtirma og‘irligi.
9.Mineralning hosil bo‘lishi.
10.Mineralning amaliy ahamiyati yoki ishlatilishi.



  1. Kalsit — CaCO3 3. Aragonit - CaCO3

  2. Dolomit — CaMg[< 3]2 4. Malaxit - Cu[CO3] [OH]2

5. Azurit — Cu3 [CO3]2 [OH]2 6. Magnezit — Mg 3

  1. Siderit — FeCO3

Kalsit – CaSO3.
Nomi yunoncha “kals” so‘zidan olingan bo‘lib ohak demakdir. Sinonimi andromas, ohak shpati. Izomorf aralashmalariga ko‘ra ajratilgan xillari juda ko‘p. Rangsiz shaffof xillaridan - island shpati.
Singoniya trigonal, ditrigonal — skalenoedrik. Kristallari skalenoedrik, kamroq tabletkachasimon yoki plastinkachasimon, prizmatik yoki ustunsimon holida topiladi. Romboedrik kristallari to‘mtoq romboedrga qaraganda o‘tkirroq uchli bo‘ladi. Kalsit ohaktoshlar orasidagi g‘orlarda stalagmit va stalaktit shaklida keng tarqalgan.
Rangi. Rangsiz yoki sutdek oq, ba’zan aralashmalar hisobiga: kul rang sariq, pushti, qizil, qo‘ng‘ir qora.
Yaltirashi - shishadek Qattiqligi - 3
Solishtirma - og‘irligi — 2,6 — 2,8 Mustahkamligi - mo‘rt.
Ulanish tekisligi - mukammal
Paydo bo‘lishi, assotsiatsiyasi, konlari, amaliy ahamiyati.
Gidrotermal, yo‘l bilan hosil bo‘lgan kristallangan kalsit keng tarqalgan. U kontak - metosomatik konlarda ohaVoshlarning qayta yotqizilishi yoki qayta kristallanishi natijasida hosil bo‘ladi. Pegmatitlarda u eng keyin hosil bo‘lgan mineral hisoblanadi. Nurash jarayonida kalsit uyum holida uchramasa ham lekin ma’dan konlari va tog‘ jinslarining oksidlanish zonasida yoriq va darzlarda Yangidan hosil bo‘lgan mineral sifatida tez-tez uchrab turadi. Cho‘kish yo‘li bilan kalsitning juda kaHa massalari dengiz havzalarida ohak, skeletli umurtqasiz hayvonlar va o‘simliklarda va baliqlarda hosil bo‘ladi. Keyinchalik bu moddalarning hammasi ohaVoshga aylanadi.
Konlari Zarafshon-Hisor, Pskom - Ugom (O‘zbekiston), Islandiyada, Belgorod, Ural (Rossiya), Karrari (Italiya), Gretsiyada uchraydi. Island shpati - har xil optik polyarizatsiya asboblari, asosan mikroskoplar uchun nikollar, polyarimetrlar, kolorimetrlar tayyorlanadi. Har xil marmar, zargarlik va sanat buyumlari tayyorlashda ishlatiladi. Silliqlangan marmar qurilish materiali sifatida bino devorlariga qoplash uchun, bo‘r yozish, bo‘yash, silliqlash materiali sifatida, sement ishlab chiqarishda, lak- bo‘yoq, parfyumeriya (tish poroshogi) va boshqa sohalarda ishlatiladi.


Dolomit — CaMg[CO3]2


Fransuz mineralogi D.Dolombe nomi bilan ataladi. Sinonimi achchiq
ohaVosh, tutunsimon kalsit, magneziokalsit, rautenshpat, ridolfit va boshqalar.
Singoniya - trigonal.
Kristallari ko‘pincha romboedrik qiyofaga ega. Polisintetik qo‘shaloq kristallari uchraydi. Kristallangan — donador, ko‘pincha g‘ovak, kamdan kam buyraksimon, katak-katak, sharsimon va boshqa shakllarda bo‘ladi.
Rangi kulrang, ba’zan sarg‘ish, qo‘ng‘irroq, yashilroq.
Yaltirashi — shishadek
Qattiqligi - 3,5 - 4
Solishtirma og‘irligi — 2,8 - 2,9
Mustahkamligi - mo‘rt
Ulanish tekisligi - mukammal
Paydo bo‘lishi, assotsiyatsiyasi, konlari, amaliy ahamiyati.
Tiniq gidrotermal tomir konlarda kalsitga qaraganda kam uchraydi. Paleozoy davri karbonat qatlami cho‘kindilari bilan bog‘langan. Bunday qatlamlar orasida dolomit ko‘pincha yaxlit massivlar tashkil qiladi va ohaktoshlar bilan qavatma-qavat bo‘lib yotadi. Nurash zonasida dolomit sekin asta erib parchalanadi va bo‘sh mayda donador massaga aylanadi.
Dolomit kalsit, magnezit, sulfidlar, kvars va boshqa minerallar bilan bir assotsiatsiyada hosil bo‘ladi. Konlari: Donbass (Ukraina), Ural (Rossiya), Balxash ko‘li (Qozog‘iston)da uchraydi
Qurilish matyeriali (tosh) sifatida, metallurgiyada qo‘shimcha (flyus) va o‘tga chidamli maxsulot sifatida, kimyo va boshqa ko‘p tarmoqlarda ishlatiladi.

Aragonit – CaCO3


U birinchi marta topilgan Aragoniya (Ispaniya) degan joy nomi bilan atalgan.
Singoniyasi rombik. Asosiy, pinakoid. Kristallari prizmatik (ko‘pincha psevdogeksogonal, ignasimon). Asosiy shakllari prizma, pinakoid. Psevdogeksogonal qiyofasidagi uch qo‘shaloq, to‘rt qo‘shaloq va murakkab polisintetik qo‘shaloq kristallari keng tarqalgan. Agregatlari ko‘pincha nayzasimon, radial-shu’lasimon va Yulduzcha bo‘lib o‘sadi. Ba’zan chalkashib ketgan va butoqli «poya» shaklida, rangi oppoq qordek “tosh gullar” bo‘lib uchraydiganlari ajoyibdir.
Rangi oq, sarg‘ish-oq, ba’zan och-yashil, gunafsha, kulrang. Yaltirashi - shishasimon.
Qattiqligi 3,5 — 4
Solishtirma og‘irligi 2,9 — 3,0 Mustahkamligi - mo‘rt.
Ulanish tekisligi - aniq yoki bilinar-bilinmas.

Paydo bo‘lishi, assotsiyatsiyasi, konlari, amaliy ahamiyati.


Aragonit tabiatda kalsitga qaraganda ancha kamroq tarqalgan. Past haroratli minerallarning biri sifatida ko‘pincha so’nib borayotgan gidrotermal jarayonlarda yuzaga keladi. Lekin aragonitning asosiy qismi har xil ekzogen jarayonlarda, ko‘pincha erigan magnezial tuzlar ishtirokida hosil bo‘ladi. Qo‘ng‘ir temir toshlar orasidagi bo‘shliqlarda, o‘sib chiqqan mayda kristallar va «tosh gullar» shaklida hosil bo‘ladi. Aragonit dolomit, gips, gil moddalar va boshqa ekzogen minerallar bilan bir assotsiatsiyada bo‘ladi. Bakalsk (Janubiy Ural) konida gips qatlamlarida, konlarida uchraydi, (Chexoslovakiyadagi Karlovovar buloqlarida «no‘xat tosh» deb ataladi) va boshqalar shaklida bo‘lib cho‘kindi aragonitlar uchraydi. Argonitning chiroyli xillari bezak buyumlar sifatida ishlatiladi.

Malaxit - Cu[CO3] [OH]2


Mineralning nomi Yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, «malaxe» gulxayri demakdir. Shu o‘siinlik rangiga o‘xshaganligi uchun shunday nom berilgan.
Singoniya - monoklin.
Rangi - yashil, chizig‘i och yashil.
Yaltirashi shishadek
Qattiqligi - 3,5 - 4
Solishtirma og‘irligi - 3,9 – 4
Mustahkamligi - mo‘rt
Ulanish tekisligi - o‘rtacha
Paydo bo‘lishi, assotsiyatsiyasi, konlari, amaliy ahamiyati.
Malaxit faqat mis Sulfid konlarining oksidlanish zonasida paydo bo‘ladi, ayniqsa ular ohaVoshlar orasida yotgan bo‘lsa yoki birlamchi ma’danlar tarkibida karbonatlar ko‘p bo‘lsa, uning paydo bo‘lishi uchun qulay sharoit paydo bo‘ladi. Oksidlangan mis ma’danlarida eng ko‘p tarqalgan mineral hisoblanadi. Karbonatlar o‘rnini almashtirish yo‘li bilan ham bo‘shliqlarni to‘lg‘azish yo‘li bilan tipik kallomorf (okik) shaklida yuzaga keladi. Malaxit ko‘pincha azurit, kuprit, sof tug‘ma, mis, kalsit, xalkopirit kabi boshqa minerallar o‘rnida ham psevdomorfozalar hosil qiladi. Malaxit qo‘shimcha yoki yupqa po‘st kabi surkalgan “mis yashili” sifatida konlarining oksidlanish zonasida juda ko‘p uchraydi.



Download 162.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling