1-amaliy mashg‘ulot Minerallarning shaffofligi, rangi va chizig‘ining rangini o‘rganish Ishning maqsadi


Download 162.92 Kb.
bet22/37
Sana05.09.2023
Hajmi162.92 Kb.
#1673135
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   37
Bog'liq
mineralogiya amaliy

Kvars — SiO2
Polimorf modifikatsiyalarining bu guruhga kiradigan uchta asos shakli alohida nomlarga ega: kvars, tridimit, kristobolit. Bularning modifikatsiyalarini Yunoncha harflarning old qo‘shimchalari alfa, betta bilan qabul qilinadi.
Singoniya betta-kvars-geksagonal, geksagonal-trapetsoedrik, alfa- kvars trigonal, trigonal-trapetsoedrik.
Rangi: 1) tog‘ xrustali-rangsiz suvdek shaffof; 2) ametist-binafsha;
3) rauxtapoz-kulrang yoki qo‘ng‘irroq tusli tutunsimon; 4) marion-qora, sitrin-tillarang sariq, limon sariq; prazem-tarkibida yashil aktinolitning mayda ignasimon kristallari bo‘lgan yashilroq, kvars, avantYurin sarg‘ish yoki qo‘ng‘ir-qizil. Xaltsedon kristallangan kvarsga qaraganda ham xilma-xil rangda bo‘ladi: oqish-kulrang, ko‘kimtir-qora (sapfirin), sariq qizil, sarg‘ish-qizil (serdolik), nikel birikmalari borligidan olma rang (xrizopraz). Agatlar va onikslar kontsentrik zonal yoki bir tekis parallel tuzilgan bo‘lib har xil ranglarda: oq va qora (arab oniksi), qo‘ng‘ir va oq (sardoniks), qizil va oq (karneoloniks).
Yaltirashi - shisha kabi. Qattiqligli - 7
Solishtirma og‘irligi — 2,5 - 2,8 toza xillariniki 2,65
Ulanish tekisligi - yo‘q
Sinig‘i - chig‘anoqsimon.
Paydo bo‘lishi, assotsiatsiyasi, konlari, amaliy ahamiyati.
Magmatik jinslarning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi (granitlarda, gneyslarda, kvarsli porfir) va boshqa jinslarda uchraydi. Kvars yirik kristallar holida (rauxtapoz, marion, ametist va boshqalar) pegmatitlar orasidagi bo‘shliqlarda hosil bo‘ladi. Gidrotermal konlarda hosil bo‘ladi. Ekzogen jarayonlarda kvars bilan xaltsedon mayin donalar shaklida sochilmalar va cho‘kindi jinslar orasida to‘planadi (qumtoshlarda, kvarsitlarda). Metamorfik jarayonlarda kvars ancha yirik massalar holida, kvars bilan opali bo‘lgan cho‘kindi jinslarning suvsizlanishi natijasida yashma — qatlam — qatlam tuzilgan rogovik tarzida paydo bo‘ladi. Kvars dala shpatlari, muskovit, topaz, berill, turmalin va boshqa minerallar bilan bir assoitsiatsiyada uchraydi. Konlari, Karmana, Maysk (O‘zbekiston), Murzinka, lipovka, shaytan (Rossiya), Pomir (Tojikiston), Axaltsixida (Gruziya) (asosan ametist), Madagaskarda (tog‘ xrustali), Shveytsariyada uchraydi.
Shaffof va chiroyli xillaridan zeb-ziynat buyumlari uchun ishlatiladi. Rangsiz tog‘ xrustali optik asboblar tayyorlash uchun, radiotexnikada, radio to‘lqinlari stabilizatorlari, rezonatorlar va boshqalar sifatida ish- latiladi (tutunsimon kvars, marion, tog‘ xrustali). Eritilgan kvarsdan kislotaga va o‘tga chidamli kimyoviy idishlar, ulbtrabinafsha nur bilan davolashda meditsinada qo‘llaniladigan kvars lampalari ishlab chiqariladi. Kvars quinlari oyna-kyeramika sanoatida, karborund ishlab chiqarishda, jilolashda, qurilish sanoatida ishlatiladi.

Download 162.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling