1-amaliy mashg‘ulot Minerallarning shaffofligi, rangi va chizig‘ining rangini o‘rganish Ishning maqsadi


Download 162.92 Kb.
bet27/37
Sana05.09.2023
Hajmi162.92 Kb.
#1673135
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   37
Bog'liq
mineralogiya amaliy

Azurit Cu3 [CO3]2 [OH]2
Mineralning nomi fransuzcha nomdan olingan bo‘lib, «azure» lojuvard, havo rang so‘zidan kelib chiqqan.
Sinonimi: Mis kuki (mis lazuri). Singoniya - monoklin.
Kristallari kalta ustuncha yoki prizma, qalin tabletkachalar shakliga ega. Ko‘pincha mayda kristallar druzasi, yaxlit donador massalar, ba’zan radial shula kabi tuzilgan agregatlar va tuproqsimon holatda.
Rangi to‘q ko‘k, tuproqsimon massalari havo rang.
Chizig‘i havo rang yaltirashi shisha kabi.
Qattiqligi - 3,5 - 4
Solishtirma og‘irligi 3,7 - 3,9
Ulanish tekisligi - mukammal.
Paydo bo’lishi, assotsiatsiyasi, konlari, amaliy ahamiyati.
U deyarli doimo malaxit bilan bir paragenezisda, undan keyinroq paydo bo‘lgan mineral sifatida kam miqdorda uchraydi.
Misning boshqa kislorodli birikmalari bilan birga metallurgiya pechlarida mis eritish uchun ishlatiladi. Toza azurit, kattaroq massalar bo‘lib topilsa, ko‘k bo‘yoq tayyorlash uchun ishlatiladi.


Nazorat savollari:


1. Karbonatlarning fizik xossalari nima?
2. Karbonatlarga tegishli minerallarning o‘ziga xos diagnostik xususiyatini ayting.
3.Karbonatlarning amaliy ahamiyatini aytib bering.


13-amaliy mashg‘ulot.


Minerallar jadvalini tuzishni o‘rganish. Sulfatlar.


Ishning maqsadi : Amaliy mashg‘ulot ishimizdan maqsad minerallarning muhim diagnostik xususiyatlarini aniqlash, ularning hosil bo‘lishini va sanoatdagi amaliy ahamiyatini o‘rganish.
Nazariy asoslar: Sulfatlar. Sulfatlar sinfi (SO4)2 anionli birikmalardan iborat. Ularning soni 260 dan ortiq. Sulfat minerallari yer qobig‘ining 0,5% miqdorini tashkil qiladi. Sulfat birikmalarning asosiy qismi ekzogen sharoitida cho‘kindi, sulfid konlarining oksidlanish
zonasida hosil bo‘ladi.
Tabiatda keng tarqalgan sulfat minerallarini ko‘rib chiqamiz.

      1. Barit — BaSO4 4) Selestin — ZnSO4

      2. Gips — CaSO4 * 2H2 5) Tenardit -

      3. Angidrid — CaSO4 6) Mirabilit -


Download 162.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling