1-amaliy mashg‘ulot Minerallarning shaffofligi, rangi va chizig‘ining rangini o‘rganish Ishning maqsadi


Download 162.92 Kb.
bet31/37
Sana05.09.2023
Hajmi162.92 Kb.
#1673135
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37
Bog'liq
mineralogiya amaliy

Sheyelit - Ca WO4
Mineralning nomi shvetsiyalik ximik olim Sheyele (1742-1786)
familiyasi bilan atalgan.
Singoniyasi - tetragonal. Kristallari oVaedrik, ba’zan yassi tabletkasimon, ba’zan yonlarida qiyshiq chiziqchalar ko‘rinadi. Qo‘shaloq kristallari ancha ko‘p uchraydi. Ko‘pincha jinslar orasida noto‘g‘ri shaklli donalar, ba’zan yaxlit massalar holida topiladi.
Rangi ba’zan rangsiz, odatda kulrang, sariq, yashil-sariq, qo‘ng‘ir hatto qizil. chizig‘i oq.
Yaltirashi - yog‘langansimon, olmos kabi
Qattiqligi 4,5
Solishtirma og‘irligi - 5,8 — 6,2
Mustahkamligi - mo‘r
Ulanish tekisligi -aniq
Paydo bo‘lishi, assotsiatsiyasi, konlari, amaliy ahamiyati.
Sheyelit gidrotermal mineral sifatida xilma-xil tarkibli maydan konlarida ancha ko‘p uchrab turadi. U ba’zan pegmatitlarda ham oz miqdorda uchraydi. Sheyelitning eng yirik konlari kontakt - metasomatik konlardir.
U volframit, oltin va boshqa ma’dan tomir konlarda xam tez-tez uchrab turadi. Oksidlanish zonasida u unchalik barqaror emas. Sheyelit silikatlar (granatlar, piroksenlar), kvars va ba’zan sulfidlar, qisman molibdenit bilan bir assotsiatsiyada topiladi. Konlari Ingichka, Yaxton, Lyangar, Qo‘ytosh, Ugat, Sargardon, Saritau, Sautboy (O‘zbekistan), Kramat - Pulosh (Malayziya), Tasmaniya (Italiya), Mayxo‘ra (Tojikiston), Koreyada, Xitoyda, Birmada va AQSH da uchraydi.
Sheyelit volfram manbai bo‘lib xizmat qiladi. Qora metallurgiyada. qattiq o‘tga chidamli qotishma olishda, elektrotexnikada, kimyo, keramika, shisha sanoatida ishlatiladi.
Apatit - Ca5[PO4]3 (F,Cl)(OH)
Mineralning nomi Yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib "apatao" -
aldayman demakdir. Qadim vaqtlarda buni, yanglishib prizmatik yoki nayzasimon qiyofadagi boshqa minerallar (berill, diopsid, turmalin va boshqalar) deb bilganlar.
Singoniya geksagonal. Ko‘pincha tufi tuzilgan, bo‘shliq devorlari orasida yoki ustida o‘sgan olti yonli prizma, igna shaklida bo‘lib, ba’zan kalta ustunsimon yoki tabletkasimon kristallar holida topiladi. Donador, zich mayda donador, ba’zan ko‘ndalang tomir-tomir va tuproqsimon massalar bo‘lib tarqalgan. Cho‘kindi jinslarda apatitnnng har xil konkretsiyalar shaklida bo‘lgan, tarkibida juda ko‘p boshqa minerallar (kvars, glaukonit, kalsit va boshqalar) zarralari aralashgan uyumlari juda ko‘p tarqalgan. Bunday uyumlar umumiy nom bilan fosforitlar deyiladi.
Rangi rangsiz (shaffof), oq, ko‘pincha och-yashildan zumrad yashilgacha, havo rang, sariq, qo‘ng‘ir, binafsha rang.
Yaltirashi - shishasimon
Qattiqligi - 5
Solishtirma og‘irligi - 3,18 — 3,21
Mustahkamligi - mo‘rt
Ulanish tekisligi - mukammal emas.
Sinig‘i chig‘anoqsimon Yuzalar hosil qilib sinadi
Paydo bo‘lishi, assotsiatsiyasi, konlari, amaliy ahamiyati.
Magmatik minerallarning biri bo‘lib, donalar shaklida juda ko‘p int- ruziv jinslar hisoblangan ishqor jinslar orasida topiladi. Birmuncha yirik nayzasimon yoki prizmatik kristallar holida, juda ko‘p nordon va ishqor jins pegmatitlarida uchraydi. Ba’zan u kontakt - metasomatik mahsulotlar tarkibida topiladi. Fosforga boy ohaVoshlarning nurash jarayonida karstlarda va ohaktoshlar yuvilishidan hosil bo‘lgan bo‘shliqlarda, ba’zan agatlarga o‘xshash konsentrik zonal tuzilgan qoramtir fosforit uyumlari hosil bo‘ladi. Fosforitlar gil va glaukonitli qum va qumtoshlar orasida turli shakllardagi konkretsiya va jelvaklardan, kamroq yaxlit massalardan iborat.
Apatit silikatlar (nefelin, sfen, ba’zan sirkon, vezuvian) va boshqa minerallar bilan bir assotsiatsiyada uchraydi. Konlari Djyeroy, Sardara (O‘zbekiston). SlYudyansk, Xibinogorsk, Kursk (Rossiya), Qora-Tau (Qozog‘iston), AQSHda, Jazoirda, Tunisda, Marokashda uchraydi. Apatit va fosforitning eng asosiy qo‘llaniladigan joyi (90% gacha) mineral o‘g‘itlar tayyorlashdir. Ximiya sanoatida apatitlardan fosfor kislotasi va har xil tuzlar, shuningdek gugurt sanoatida ishlatiladigan fosfor olinadi.

Download 162.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling