Oltin konlari Kumush konlari Platina konlari


Download 176.5 Kb.
bet1/3
Sana24.01.2023
Hajmi176.5 Kb.
#1114962
  1   2   3
Bog'liq
1403760006 46410


Asl metallar


Reja:




  1. Oltin konlari

  2. Kumush konlari

  3. Platina konlari



Oltin konlari
Sof oltin-sariq rangdagi yumshoq, issiqlikni va elektr tokini yaxshi o‘tkazadigan yaltiroq metall. Oltin kislotalarda erimaydi.Ochiq havoda deyarli o‘zgarmaydi. Oltinning erish harorati – 1063°С,qaynash harorati – 2660°С, solishtirma og‘irligi – 19,6, klarki –0,00000048.
Oltin insoniyatga ma’lum bo‘lgan eng qadimgi metalldir. O‘z xossallariga ko‘ra oltin zebu-ziynat buyumlar tayyorlashda, tangalar zarb qilishda qo‘llanilib kelgan. Hozirgi vaqtda oltin dunyoda qiymatni belgilovchi asosiy mezon hisoblanib, valuta metalldir. Ishlab chiqarishda oltinning asosiy qismi quymalar shaklida saqlanib, davlatlarning oltin zaxiralarini tashkil qiladi. Bundan tashqari oltin–tilla buyumlar tayyorlashda tibbiyotda yuqori aniqlikda ishlashi zarur bo‘lgan asbob- uskunalar ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi. Hozirgi kunda oltinning 22 minerali ma’lum. Ularning asosiylari-sof tug‘ma oltin, elektrum va telluridlardir. Bir yilda, 2005-yil ma’lumoti bo‘yicha, dunyo bo‘yicha 2519 ming t oltin ma’dani qazib olinadi. Shundan 296 t oltinni JAR ishlab chiqaradi. O‘zbekiston oltin qazib olish bo‘yicha dunyo mamalakatlari birinchi o‘nligining to‘qqizinchi o‘rinda turadi. Bir yilda (2005-yil) 79 t oltin qazib olinadi. Oltinning sanoat to‘plamlari deyarli hamma turdagi konlar bilan bog‘liq bo‘lishi
mumkin. Ularning asosiylari quyidagilardir.

1. Metamorfizmga uchragan konlar – JARdagi Vitoatersrand rayoni konlari.


2. Tomirsimon kvars sulfidli gidrotermal konlar – Rossiyadagi
Berezovsk, O‘zbekistondagi Kauldi koni.

3. Kvars sulfidli gidrotermal shtokverk konlar – O‘zbekistondagi


Muruntov koni, Marjonbuloq koni.
4. Kvars-oltinli tomirsimon magmatik konlar – O‘zbekistondagi
Zarmiton koni.
5. Sochma konlar – Rossiyadagi Uzoq Sharq konlari.
Kumush konlari
Sof kumush – yumshoq, juda cho‘ziluvchan, issiqlikni va elektr tokini eng yaxshi o‘tkazadigan metalldir. Erish harorati – 950 °С, qaynash harorati – 1955 °С, solishtirma og‘irligi – 10,7, klarki – 0,00007.Kumush ham qadim zamonlardan ma’lum bo‘lib, savdo-sotiq rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan metalldir. Kumush – nodir metallarning eng arzonidir. Kumush yorug‘lik ta’sirini sezuvchi metall.
Hozirgi paytda kumush zebu-ziynat buyumlar tayyorlashda, radio va elektr texnikada, fotoplyonkalar, ko‘zgular ishlab chiqarishda, tangalar zarb qilishda qo‘llaniladi (14-rasm). Kumushning dunyo bo‘yicha tabiiy zaxirasi 2005-yil ma’lumoti bo‘yicha 570 ming t. Bir yilda dunyo bo‘yicha 19954 t kumush ma’dani qazib olinadi.
Tabiatda 60ga yaqin kumushli minerallar ma’lum. Ularning asosiylari – sof tug‘ma kumush, argentit, prustit, pirargirit, elektrum (17-rasm). Kumush ma’danlarining sanoat turidagi to‘plamlari asosan mis va polimetall konlari bilan uzviy bog‘liqdir.
O‘zbekistondagi eng yirik kumush konlari: Kosmanachi, Lashkarak, Okjeptes hisoblanadi.





Download 176.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling