Oltin konlari Kumush konlari Platina konlari


-rasm. Qo‘rg‘oshin, rux va kumushning asosiy minerallari


Download 176.5 Kb.
bet2/3
Sana24.01.2023
Hajmi176.5 Kb.
#1114962
1   2   3
Bog'liq
1403760006 46410

17-rasm. Qo‘rg‘oshin, rux va kumushning asosiy minerallari.
Platina konlari
Platina guruhi oq va kumushsimon oq rangdagi 6ta metallni –ruteniy, radiy, palladiy, osmiy iridiy va platinani birlashtiradi. Ular yaqin xususiyatga ega. Ularni bir-biridan ajratish mumkin. Ruteniy klarki 0,0005, solishtirma og‘irligi – 12,4, erish harorati – 2250 °С, qaynash harorati – 4200 °С. Radiy klarki 0,00001, solishtirma og‘irligi – 12,5, erish harorati – 1960 °С, qaynash harorati – 3700 °С.Palladiy klarki 0,00005, solishtirma og‘irligi – 12, erish harorati – 1550 °С, qaynash harorati – 2940 °С.
Osmiy klarki 0,0005, solishtirma og‘irligi – 22,5, erish harorati – 3030 °С, qaynash harorati – 5000 °C. Iridiy klarki 0,00001, solishtirma og‘irligi – 22,4, erish harorati –
2450 °С, qaynash harorati – 4400 °С. Platina klarki 0,0002, solishtirma og‘irligi – 21,5, erish harorati – 1770°С, qaynash harorati – 2200 °С.
Platina guruhi metallari kimyoviy ta’sirga juda chidamli. Kislotalarda erimaydi. Bu metallar zargarlikda, kime sanoatida, avtomobilsozlikda, neftni qayta ishlashda qo‘llaniladi.
Ruteniy – kimyo sanoatida katalizator sifatida, elektr va radio texnikada qo‘llaniladi.
Radiy – kimyo sanoatida va platinali qorishma sifatida, kimyo laboratoriyalari uchun shishalar tayyorlashda ishlatiladi.
Palladiy – iridiy bilan qotishma sifatida avtomatik moslamalar tayyorlashda qo‘llaniladi.
Osmiy va iridiy ba’zi bir ilmiy asboblar tayyorlashda etalon metr va kg o‘lchovlar tayyorlashda qo‘llaniladi.
Platina – zargarlikda kimyoviy ta’sirga chidamli bo‘lgan laboratoriya idishlari tayyorlashda qo‘llaniladi (18-rasm). Tabiatda 60 ga yaqin platina guruhiga kiruvchi metallar birikmalari aniqlangan. Ularning asosiylari: poliksen, osmilit, ferroplatina, kuperit va boshqalar.
Platina guruhiga kiruvchi metallarning dunyo bo‘yicha tabiiy zaxirasi 2005 yil ma’lumoti bo‘yicha 71 ming t, shu jumladan, 63 ming t JARda to‘plangan. Bir yilda dunyo bo‘yicha 218 t platina ma’dani qazib olinadi. Shundan 170 t JAR ishlab chiqaradi.
Platina guruhiga kiruvchi metallarning sanoat turidagi to‘plamlari quyidagi turlardagi konlar bilan bog‘liq.

1. Magmatik konlar – JAR dagi Bushoit koni, O‘zbekistonda


Tebinbuloq, Sintob, Beltov konlari.
2. Likvatsion konlar-Kanadada-Syodberi, Rossiyada-Norilsk.



Download 176.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling