Nomi Genetik turi Mineral tarkibi Struktura-tekstura


Download 0.66 Mb.
bet1/2
Sana07.02.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1174386
  1   2
Bog'liq
Gips,pirit , kalsit,Rogovik,gilislanets,dolomit


Mavzu: Gips,pirit , kalsit,Rogovik,gilislanets,dolomit
Reja:

  1. Nomi

  2. Genetik turi

  3. Mineral tarkibi

  4. Struktura-tekstura

  5. Tuzilishlari

  6. Yer bag’rida yotish shakillari

  7. Xalq xo’jaligida ishlatilishi.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar va
internet saytlar

Gips (yun. gypsos—boʻr,ohak) 1)tabiiy gips—mineral; suvli kalsiy sulfat tuzi CaSO4•2H2O; tarkibida sof holda CaO (32,56%). SO3 (46,51%), H2O (20,93%) boʻladi. Monoklin sistemada kristallanadi. Kristallari plastinkasimon, ustunsimon, ninasimon va tolasimon koʻrinishda boʻladi. Koʻpincha, tutash donador, tolasimon massalar, turli kristallik guruhlar tarzida uchraydi. Toza gips rangsiz va shaffof; tarkibida qoʻshilmalar boʻlgani kulrang, sargʻish, qoʻngʻir va boshqa rangda boʻladi. Mineralogik shkala boʻyicha qattialigi 1,5—2; zichligi 2300 km/m3. 20° da suvda eruvchanligi 2,05g/l. 170° atrofida qizdirilganda yarimgidrat CaSO4 0,5 H2O (alebastr) ga, undan yuqori temperaturada esa CaSO4 ga aylanadi. Gips suvi quriy boshlagan koʻl va dengiz havzalarida sulfat tuzlarining choʻkishidan paydo boʻladi. Gips zaxiralari esa asosan gidrotermal jarayonlar hamda angidridning gidratlashishi natijasida hosil boʻladi. Gips qatlamlari Oʻzbekistonning Fargʻona (Quvasoy), Buxoro (Kogon) va Surxondaryo viloyatlarida topilgan; 2) Qurilish gipsi— CaSO4•5H2O — havoda tez birikadigan va tez qotadigan bogʻlovchi modda; tabiiy gipsni 140—190° temperaturada pishirib olinadi. Qovushoq materiallar tayyorlashda, gips-beton, gips-beton buyumlar, koshinkor toshlar, boʻyoqlar ishlab chiqarishda, tibbiyotda (bogʻlov materiallari tayyorlashda), haykaltaroshlikda, suvoqchilik ishlarida ishlatiladi.
Pirit (yunoncha: pyrites lithos — uchqun beruvchi tosh, oltingugurt kolchedani, temir kolchedani) — mineral. Kimyoviy tarkibi FeS2 (46% Fe, 53,4% S); Co, Ni, As, Cu, Ai, Se va boshqa aralashmalari boʻladi. Kub, pentagon-dodekaedr, baʼzida oktaedr kristallar hosil qilib, kub singoniyada kristallanadi. Zich donador massalar, sharsimon konkretsiyalar shaklida kup uchraydi. Och, sargʻishqoʻngʻir rangli, metallsimon yaltiroq. Qattiqligi 6—6,5; zichligi 4900–5200 kg/m3. P. gidrotermal konlarda, kolchedanli qatlamlarda keng tarqalgan. P. sulfat kislotasi, oltingugurt va temir kuporosi uchun xom ashyo hisoblanadi. RF (Ural, Ol-toy), Kozogʻiston, Norvegiya, Ispaniya, Italiya, Kipr, AQSH, Kanada va Yaponiyada P. konlari topilgan. Pirit(Nomi yunoncha piros — olov so‘zidan kelib chiqqan va piritning zarba taʼsirida uchqun chiqarish xususiyatini aks ettaradi) — Sulfidlar sinfiga oid eng keng tarqalgan mineral. Kimyoviy tarkibi FeS2(Fe 46,6 %, S 53,4 %). Pirit tarkibida juda kam miqdorda Co (kobaltpirit), Ni, As, Sb, baʼzan Cu Au, Ag va b. qo‘shimchalar uchrashi mumkin, bu qoʻshimchalar ularning tarkibiy tipamorf xususiyati hisoblanadi. Pirit tabiatda zich donali mayda va o‘rtacha kristalli agregatlar, loviyasimon va uyushiqsimon ajratmalar, odatda tomonlari yaxshi rivojlangan kub shakldagi kristallardan iborat bo‘ladi. Singoniyasi kubik.Mineral hosil boʻlish sharoitiga qarab kubik, pentagondodekaydir, kubooktatdir, oktaedir shakllarda kristallanadi. Kub tomonlarida chiziqchalar mavjud, zarba taʼsirida uchqun chiqaradi va oltingugurt hidini taratadi. Pirit amalda barcha maʼlum yo‘llar bilan hosil bo‘lishi mumkin, ularning orasida gidrotermal va magmatik yo‘llar asosiysi sanaladi. Rangi latunsimon sariq, oltinsimon sariq, somonsimon-sariq, chizig‘ining rangi tim qora, baʼzan yashilsimon qora, yaltiroqligi yorqin metalsimon, shaffofligi shaffofmas mineral, ulanishi  mukammal emas, sinishi notekis, baʼzan chig‘anoqsimon, agregatlarda donali. Moos shikalasi boʻyicha qattiqligi 6 — 6,5, zichligi 4,9 — 5,2 g/sm3.", erish harorati 1177—1188 °C.


Kalsit (lot. calx (calcis) — ohak), ohakli shpat — karbonatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi SaSO,. Trigonal singoniyali. Rombsimon, plastinkasimon, qisqa toʻrtburchak, prizmatik, ustunsimon kristallar. Qattiqligi 3—3,5. Zichligi 2,7 g/sm3. Rangsiz yoki oq, koʻpincha, qoʻngʻir, kulrang , sariq, pushti, qizil, qora. Rangining har xilligi tarkibidagi mineral qoʻshimchalariga bogʻliq. Shishadek yaltiroq. Qizdirilganda (825°) parchalana boshlaydi. Kislotalarda karbonat angidrid chiqarib eriydi. K.ni tola, tomir, unsimon, Islandiya shpati turlari maʼlum. Yer poʻstida eng koʻp tarqalgan minerallardan. K. karbonatit, ohaktosh, boʻr, mergel, marmar kabilarning asosiy tarkibiy qismi. Ohaqtoshli gʻorlarda stalagmit va stalaktit shaklida koʻp uchraydi. U ohaktoshli termal suvlarda choʻkib va nurash jarayonlaridan, ohaktoshlarning qayta kristallanishidan hosil boʻladi. Dunyoning deyarli hamma joylarida bor. Oʻzbekistonda Zarafshon-Hisor, Piskom-Ugom, Nurota, Zirabuloq-Ziyovuddin, Qurama va b. togʻlarda koʻp. K. ning shaffof xili — Islandiya shpati optik (mikroskop va b.) asboblarda ishlatiladi. Shuningdek, K. portland sement i.ch.da, ohakli tuproqlar tayyorlash uchun, rudalardan temir va b. metallarni eritib olishda flyus sifatida ishlatiladi’’’


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling