Nomi Genetik turi Mineral tarkibi Struktura-tekstura


Download 0.66 Mb.
bet2/2
Sana07.02.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1174386
1   2
Bog'liq
Gips,pirit , kalsit,Rogovik,gilislanets,dolomit

Rogoviklar — 1) zich, mayda donali tof jinsi, oʻziga singdirgan jinsga intruziyaning taʼsiri natijasida vujudga keladi (qarang Kontakt metamorfizm). Metamorfizmga uchragan dastlabki jinslar tarkibiga koʻra farq qiladi. Gilli jinslar tarkibida kordiyerit, andaluzit, sillimanit, granat, biotit, dala shpati boʻlgan R.ga; bazaltlar va ularning tuflari, grauvvakkilar — piroksenli, asosiy plagioklazli, shox aldamchi R.ga; mergellar vollastonitli, olivinli, shpinelli, karbonatli R.ga aylanadi. Karbonat miqdorining ortib borishi bilan R. kontaktli marmarta aylanadi; 2) gid va temir gidrooksillari aralashgan, karbonatli va gilli qatlamlarda konkretsiya va qatlamchalar hosil qilgan kremniyli jinslar (kremniy, yashma, menilitlar); koʻpincha tarkibida karbonatlar va organik qoldiklar boʻladi.


Galenit (lotincha: Galena — qoʻrgʻoshin rudasi), qoʻrgʻoshin yaltirogʻi — sulfidlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi PbS. G. 86,6% qoʻrgʻoshin va 13,4% oltingugurtdan iborat. Tarkibida koʻpincha Se, Ag, Bi, Sb, Sn, Zn, Fe, Cd va boshqa qoʻshimchalari boʻladi. Kub singoniyali. Kristallari murakkab kub shaklida. Druza va skelet, oqma kollomorf massa, kamroq kub va oktaedr kristallari koʻrinishida uchraydi. Rangi qoʻrgʻoshinsimon kulrang , metallsimon yaltiraydi. Qattikligi 2— 3. S. og . 7,4—7,6. G. oʻrta va past temperaturali gidrotermal konlarda sfalerit, xalkopirit, arsenopirit, pirit, pirrotin va boshqa bilan birga uchraydi. Nuraganda G.ning yuzasi oksidlanib serussit yoki anglezit mineraliga aylanadi. RFda (Oltoy, Shim. Kavkaz, Sharqiy Sibir, Primorye), Qozogʻiston, AQSH, Kanada, Avstraliyada hamda, Afrika qitasida yirik konlari bor. Oʻzbekistonda Nurota, ChatqolQurama togʻlari va boshqa joylarda konlari maʼlum. Asosan qoʻrgʻoshin olinadigan ruda. Tibbiyotda va boʻyoq tayyorlashda ishlatiladi.



Dolomit (fransuzcha. mineralogi Dolomit Dolomye nomidan) — karbonatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi CaMg(CO3)r Oz miqdorda temir, marganets, kobalt, baʼzan mis, bariy, qoʻrgʻoshin va b. boʻladi. Singoniyasi trigonal. Romb, donador, buyraksimon shakllarda uchraydi. Rangi kulrang oq, sariq, kulrang-yashil. Shishasimon yaltiroq. Qattiqligi 3,5—4. Zichligi 2,9 g/sm3. Tabiatda keng tarqalgan. Dolomit konlari Rossiya (Ural), Ukrainada bor. Oʻzbekistonda Dolomit gidrotermal, polimetall konlarida (Xondiza, Uchquloch, Qoʻrgʻoshinkon va b.) kvars, barit, pirit, sfalerit, galenit bilan yertomirlar hosil qilgan. Zirabuloq va Ziyovuddin togʻlarida silur davri, Chatqol, Qurama va Nurota togʻlarida devon davri choʻkindi jinslarida Dolomitning qalin qatlamlari mavjud. Dolomit metallurgiya, kimyo sanoatida flyus, termoizolyasiya materiali sifatida va qurilishda ishlatiladi.



Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

  2. Milovskiy A.V Kononov O.B. “Mineralogiya” M.Izd-vo MGU, 1982 y

  3. M.G. Kiselov, A.V. Drozdov “Kristallografiya mineralogiya laborotorniy praktikum” Minsk BNTU 2013 y

Internet saytlar:
1.www.Ziyo.net
2.Mineral.ru
3.Katlog Mineralov
Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling