Kuzov va kabina detallarini tayyorlash texnologiyasi. Reja: Detallar va materiallarga bo‘lgan umumiy talablar


Download 379 Kb.
bet1/16
Sana19.06.2023
Hajmi379 Kb.
#1604073
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1404978732 55264


Kuzov va kabina detallarini tayyorlash texnologiyasi.
Reja:
1. Detallar va materiallarga bo‘lgan umumiy talablar.
2. Avtomobil va traktor detallarini payvandlab yig‘ma birliklar tayyorlash.
3. ZIL-130 avtomobili kabinasini ishlab chiqarish xususiyatlari.



  1. Detallar va materiallarga bo‘lgan umumiy talablar

Qanotsimon detallar va ularning yig‘ma birliklari, sovitish tizimining agregatlari, havo va moy tozalash tizimining agregatlari va yana bir qator ma’suliyatli konstruksiyalar tunukani sovuq holda shtamplab yasaladi yoki avval shtamplab, so‘ng bir-biriga yopishtirib yasaladi. Bu usulda yasalgan detallarning boshqa usullarda tayyorlangan detallardan afzalliklari bor: o‘zi mustahkam va qattiqlbo‘lgan holda massasi kam; kam mehnat talab qiladi; metalldan foydalanish koeffitsienti yuqori. Sovuq shtamplashda qora va rangli metallardan, ularning qotishmalaridan tayyorlangan tunuka prokat ishlatiladi. Yassi detallarni cho‘zmasdan shtamplashda istalgan metalldan foydalanish mumkin, lekin cho‘zib, turli chuqurchalar hosil qilishda cho‘ziluvchan metall ishlatilishi shart. Bu xususiyat nisbiy uzayish, ko‘ndalangiga torayish, mustahkamlik chegarasi, oqish chegarasining mustahkamlik chegarasiga nisbati, qattiqlik-HRB kabi ko‘rsatkichlar bilan o‘lchanadi. Birinchi ikkita ko‘rsatkichi katta bo‘lgan, uchinchi va to‘rtinchi ko‘rsatkichlarining farqi ko‘p bo‘lmagan materialdan cho‘nqir detallarni shtamplash yaxshi natija beradi. Bunday shtamplash uchun qattiqligi HRB < 36-48 bo‘lgan po‘latdan foydalanish tavsiya etiladi.


Tajribalardan ma’lum bo‘lishicha, cho‘nqir cho‘zma detallar tarkibida 0,05-0,15% uglerodi bo‘lgan po‘lat tunukalardan yasaladi. Har qanday kamuglerodli po‘latdan cho‘nqir cho‘zma detal yasab bo‘lmaydi. Shtamplangan detal yuzasining sifatiga xomashyo metalli donalarining kattaligi ham ta’sir etadi. Bunday po‘latlar uchun optimal aniqlangan donadorlik: tunukaning qalinligi 0,8-2,0 mm bo‘lganda, dona o‘lchami 26-37 mkm; 2,0-5,0 mm da – 37 – 52 mkm, 5,0-6,0 mm da 70-80 mkm. Bunday mayda donali po‘latning qayishqoqligi kam o‘z holiga qaytishga intiluvchanligi (elastikligi) kuchliroq bo‘ladi. Yirik donali tunukadan cho‘nqir cho‘zilgan detalning sirti nozik pardozlashga yaramaydigan darajada g‘adir-budur bo‘lib qoladi.
Avtomobilning juda cho‘nqir cho‘zib tayyorlanadigan va sirtiga yuqori darajada ishlov beriladigan detallarni shtamplab olishda qo‘llanadigan tunukaga quyidagi talablar qo‘yiladi: oqish chegarasining mustahkamlik chegarasiga nisbati………*0,6 nisbiy cho‘zilishi *44%; qattiqligi HRB*38. yupqa varaqli; konstruksiyali, sifatli po‘lat (sovuq va issiq jo‘valangan) uch guruhga bo‘linadi: VG-juda cho‘nqir cho‘zmalar uchun, G-cho‘nqir cho‘zmalar uchun, N-normal cho‘zmalar uchun. Birinchi guruh St 0.5 dan St gacha bo‘lgan rusumli po‘latlarni, ikkinchisi-St0.8 dan St 35 gacha, uchinchi guruh-St 0.8 dan St 50 gacha rusumli po‘latlarni o‘z ichiga oladi. Sovuq jo‘valangan po‘latning nisbiy uzayishi issiq jo‘valangan po‘latnikiga nisbatan ko‘proq. Avtomobilning qoplama detallariga ishlatiladigan sovuq jo‘valangan po‘lat tunuka qalinligi bo‘yicha qat’iy joizlikka ega, yuzasi esa, yuqori sifatli qilib tayyorlanadi. Masalan, sovuq jo‘valangan 0.2-1.2 mm qalinlikdagi tunukaning qalinlikka berilgan joizligi ± mm, 0,5-1,2 qalinlikdagi issiq jo‘valangan tunukaniki ±mm. Yuzasining holatiga qarab shtamplanadigan po‘lat 4 guruhga ajratiladi: 1-yuzasi juda yuqori sifatli pardozlangan; 2-a’lo sifatli pardozlangan; 3-yaxshilab pardozlangan; 4-maromida pardozlangan.
Sovuq jo‘valangan po‘lat tunukaning 1-guruhi o‘ng tomonida hech qanday yuzaki nuqsonlar bo‘lmasligi kerak: tekis tomonidan ozgina cho‘tirlik yoki joizlikning 1/4 ulushicha tirnalish bo‘lishi mumkin. 2-guruh tunukaning o‘ng yuzasida bir oz cho‘tirliklar va joizlikning 1/2 ulushicha tirnalish ruxsat etiladi; tekis tomonidan yengil cho‘tirlik, mayda bo‘shliqlar, g‘ovaklar, yengil tirnalishlar va joizlikning 1/2 ulushi qadar bitgan jo‘va izlari bo‘lsa ham ishlatilaveradi. Sovuq va issiq jo‘valangan po‘lat tunukaning 3-guruhi o‘ng tomonida cho‘tirlik, mayda tirnalish, mayda chiziq-belgilar, joizlikning 1/2 ulushicha jo‘va izlari ruxsat etiladi. Ters tomonida cho‘tirlik, mayda tirnalishlar, chiziqlar, mayda chuqurchalar va g‘ovaklar, joizlik chegarasida jo‘va izlari bo‘lishi mumkin. Issiq jo‘valangan po‘lat tunukaning 4-guruhining ikki tomoni 3-guruh tunukanikiga o‘xshash va joizlik chegarasidagi nuqsonlarga ruxsat etiladi. Teskari tomonida esa, o‘sha chegaralarda ezilgan joylar bo‘lishi mumkin.
Sovuq jo‘valangan yaltiratilmagan po‘lat tunuka yuzasining g‘adir-budurligi Ra1,25 mkm, yaltiratilganda Ra0,32 mkm bo‘ladi. Po‘lat tunuka maromida shtamplanganda yirtilib ketsa yoki yoriqlar paydo bo‘lsa, sababi quyidagilar bo‘ladi: po‘latni qizdirib yumshatish noto‘g‘ri kechganidan tarkibi juda yirik donali bo‘lib qolgan; metalling yuzasi zanglagan (zang ishqalashni ko‘paytiradi, demak po‘lat cho‘zilayotganda tormozlanadi va uziq-yuliq joy hosil bo‘ladi); po‘lat tarkibida qil va boshqa begona jinslar bor (ular po‘lat mustahkamligini kamaytiradi); ichki kuchlanishlar bor; tunuka qalanligi bir xil emas va shu kabi sabablar.
Cho‘nqir cho‘zib tayyorlanadigan, katta o‘lchamli detallarning konstruksiyasini yaratish uchun ishlab chiqarish katta bo‘lishi, qimmatga tushadigan texnolik jihozlar o‘zini oqlashi kerak. Ishlab chiqarishning miqyoslari kichik bo‘lganda yirik o‘lchamli detalni mayda bo‘laklar bilan shtamplab, keyin ularni payvandlab yoki mix parchin bilan ulash maqsadga muvofiq. Detal kam ishlab chiqariladigan bo‘lsa, soddalashtirilgan yoki hammabop shtamplardan foydalanish kerak.
Yalpi-oqimli ishlab chiqarish sharoitida konstrutsiyaning metall sarfini va ishlash qiyinligini kamaytirish muhim ahamiyatga ega. Mehnat sarfini kamaytirish uchun detalning eng maqbul shaklini topishdan tashqari amallarni ustma-ust tushirish, ko‘p qatorli shtamplash, jarayonlarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, oqimli va avtomat qatorlarni tashkil etish yo‘llaridan ham foydalanish darkor. Masalan, qalinligi 2,5 mm gacha bo‘lgan po‘lat tunuka o‘ramidan zagotovkalar kesib olish uchun avtomat qator joriy qilish qaychisi bilan kesishdek og‘ir va sermehnat ishning o‘rnini bosadi ham zagotovka aniq kesiladi.
Bitta shtampda bir nechta amalni qamrab olish detal aniqligini oshiradi, mehnat sarfini va texnologik sikl vaqtini, shtamplar va zaruriy uskunalar sonini kamaytiradi. Bularning hammasi sex ichidagi tashishlarni kamaytiradi va texnologik rejalarni soddalashtiradi. Shtamplash jarayonini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish quyidagi choralar bilan amalga oshiriladi: press-avtomatlar va shtamp-avtomatlarni qo‘llash; materialni ish mintaqasiga uzatishni va undan uzoqlashtirishni avtomatlashtiruvchi maxsus qurilmalarni qo‘llash; avtomatlashtirilgan va avtomat qatorlarni yaratish.
Murakkablik jihatdan, silindr detallarni shtamplash-eng osonidir; aylanib ishlaydigan pog‘onali detallarni va quticha shaklli detallarni shtamplab olish murakkabroq; ichi bo‘sh, fazoviy shaklli detallarni (masalan, avtomobil qoplamasi) bu usulda tayyorlash ancha murakkab.
Avtomobil kuzovi va kabinasining shtamplab tayyorlangan qoplama detallari yuzasi yuqori sifatli bo‘lishi kerak, chunki ularga yupqa pardoz beriladi. Pardoz qoplamasi ezilgan, tirnalgan, bo‘rtma, qat-qat notekisliklarni ko‘tarmaydi. Cho‘nqir cho‘zilgan detallarning shakli iloji boricha soddaroq bo‘lishi kerak. Konstruksiyaning ba’zi elementlari chuqurligini detalni shakllantirish shartlaridan olish kerak. Me’yoriy ma’lumotlardan foydalanib turli o‘tish joylaridagi radiuslarni to‘g‘ri tanlash kerak.



Download 379 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling