Kuzov va kabina detallarini tayyorlash texnologiyasi. Reja: Detallar va materiallarga bo‘lgan umumiy talablar


Download 379 Kb.
bet7/16
Sana19.06.2023
Hajmi379 Kb.
#1604073
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
1404978732 55264

O‘lchamlar zanjirining turlari. Qo‘yilagn masalaning mazmuniga qarab o‘lchamlar zanjiri konstruktorlik, texnologik va o‘lchamli turlariga ajratiladi. Har biri o‘ziga yarasha vazifani bajaradi. Birinchisi buyum yoki uning qismi konstruksiyasini yaratayotganda talab etiladigan aniqlikni ta’minlash shartlarini ko‘rsatib beradi; ikkinchisi-buyumni yasash jarayonida aniqlikni ta’minlash shartlarini ko‘rsatadi; uchinchisi-buyum yoki uning tarkibiy qismlari aniqligini bildiradigan kattaliklarni o‘lchash shartlarini ko‘rsatadi.
Bulardan tashqari asosiy, hosil, parallel, ketma-ket aralash o‘lchamlar zanjirlari ham bor. Asosiy o‘lchamlar zanjirining har bir bo‘g‘ini qo‘yilgan masalani hal qilishda ishtirok etadi. Hosila o‘lchamlar zanjirida dastlabki bo‘g‘in sifatida asosiy o‘lchamlar zanjirining bir bo‘g‘ini ishtirok etadi parallel bog‘langan o‘lchamlar zanjirining kamida bitta umumiy bo‘g‘ini bo‘ladi. Aralash o‘lchamlar zanjirlarining umumiy bo‘g‘inlari va asoslari bo‘ladi. Har qanday yig‘ma birlikda bir-biri bilan ma’lum bog‘lanishda bo‘lgan bir necha yig‘ma zanjirlar bor.
Bo‘g‘inlarning fazoviy joylashuviga qarab o‘lchamlar zanjiri chiziqli va burchakli, tekis va hajmli turlarga bo‘linadi.chiziqli o‘lchamlar zanjirida hamma bo‘g‘inlar chiziqli o‘lchamlardan, burchakli zanjirda-burchak o‘lchamlaridan iborat. Tekis o‘lchamlar zanjiridagi bo‘g‘inlar parallel bo‘lmasligi mumkin. Hajmli o‘lchamlar zanjirida bo‘g‘inlar parallel bo‘lmagan tekisliklarda joylashadi. Hajmli o‘lchamlar zanjirini hisoblashda zanjir uchta tekis o‘lchamlar zanjiriga keltiriladi. Buning uchun bo‘g‘inlarning hammasi uchta koordinata tekisligiga proeksiyalanadi.
Tekis o‘lchamlar zanjirini hisoblash. Agar yig‘ma birlikni loyihalashda topilgan o‘lchamlar zanjirining dastlabki bo‘g‘ini kattaligiga talabalar qo‘yilgan bo‘lsa, to‘g‘ri masala yechiladi: o‘lchamlar zanjirining hamma bo‘g‘inlariga tegishli nominal qiymatlar, joizliklar maydoni o‘rtasining qiymatlari va o‘lchamlari va eng chekka og‘ishlar aniqlanadi. Agar bo‘g‘inlarning miqdorri aniqlangan bo‘lsa, teskari masala yechiladi: yakunlovchi bo‘g‘inning nominal qiymatlari, yoyilishi maydonining qiymatlari va o‘rtasiga tegishli koordinatalar va eng chekka og‘ishlar aniqlanadi.

Download 379 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling