Yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi haqida ma‘lumotlar
Download 29.38 Kb.
|
yogochga ishov berish
YOG‘OCHGA ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYASI HAQIDA MA‘LUMOTLAR Qo‘yim va o‘tqazishlar Detallarni yirik seriyalab va ko‘plab ishlab chiqarishda, ular- ni qo‘shimcha ravishda to‘g‘rilamasdan buyumlar va ularning qismlarini yig‘ishga imkon yaratish uchun detallar o‘lchamlar va shakli jihatdan bir-biridan farq qilishi kerak. Buning uchun detal va qismlar tayyorlashda GOST 6449—76 “Yog‘ochdan va yog‘ochli materiallardan yasalgan buyumlar. Qo‘yimlar va o‘tqazishlar”da bayon etilgan normativ qo‘yimlarga qat‘iy rioya qilinadi. Detallar, buyumlar va ularning tarkibiy qismlarining o‘l- chamlari hamda shakli chizmadan aniqlanadi. Detallarni yig‘ish vaqtida bir detal ikkinchi detalga kirsa, u holda tutashtirilgan qismlarning o‘lchamlari tutashuvchi o‘lchamlar deb ataladi. Masalan, detallarni turum orqali biriktirishda turumning oichami bilan turum kirgiziladigan teshikning o‘lchami tutashuvchi o‘lchamlar bo‘ladi. Detallarning tutashmaydigan o‘lchamlari erkin o‘lcham deb ataladi. Bevosita o‘lchash yo‘li bilan olingan o‘lchamlar haqiqiy o‘lcham deyiladi. Yo‘l qo‘yilgan chegaradagi ikkita o‘lcham chekli o‘lcham deyiladi; haqiqiy o‘lcham yo‘l qo‘yilgan shu o‘lchamlar oralig‘ida bo‘ladi (haqiqiy o‘lcham chekli o‘lchamga mos kelishi mumkin). Chekli oichamlarga nisbatan aniqlanadigan o‘lcham nomi- nal o‘lcham deb ataladi. Nominal o‘lcham hisobiy chetga chiqishlarning boshlanishi bo‘Iib ham xizmat qiladi. Haqiqiy, chekli o‘lcham va boshqa o‘lchamlar hamda tegishli nominal o‘lcham orasidagi chetga chiqishlar ham aniqlanadi. Qo‘yim — eng katta va eng kichik chekli o‘lcham orasidagi farqdir. Ma- salan, detaining nominal yo‘g‘onligi 15 mm va chekli chetga chiqishi ±0,2 mm bo‘lsa, u holda eng katta chekli o‘lchami (eng katta yo‘g‘onligi) 15 -4- 0,2 = 15,2 mm, eng kichik chekli oi- chami (eng kichik yo‘g‘onligi) esa 15 — 0,2=14,8 mm bo‘lishi mumkin. Bu misolda qo‘yim 15,2 —14,8 = 0,4 mm. Detallar yig‘ish vaqtida qo‘zg‘aluvchan (tirqish qoldirib o‘t- qazish) yoki qo‘zg‘almas qilib (tarang o‘tqazish) biriktiriladi. Qo‘zg‘aluvchan qilib biriktirilgan detallar bir-biriga nisbatan ma‘lum darajada suriladi. Qo‘yim va o‘tqazishlar tizimida sirt- qi (qamraluvchi) unsurlar uchun «val» atamasi, detallarning ich- ki (qamrovchi) unsurlari uchun esa «teshik» atamasi ishlati- ladi. Agar teshikning o‘lchami valning o‘lchamidan katta bo‘l- sa, ularning devorlari orasida tirqish paydo bo‘ladi, valning o‘lchami teshikning o‘lchamidan katta bo‘lganida esa ular ora- sida taranglik hosil bo‘ladi. O‘tqazish deganda, detallarni birik- tirish xarakteri tushuniladi, biriktirish joyi hosil bo‘lgan tirqish yoki taranglikning kattaligi bilan belgilanadi. Biriktirilgan teshik va val qo‘yimlarining yig‘indisi o‘tqazish qo‘yimi hisoblanadi. Ham tirqish, ham taranglik hosil boiishi mumkin bo‘lgan o‘tqazish oraliq o‘tqazish deb ataladi (bunda teshik va valning qo‘yimlar maydoni qisman yoki to‘la berkitiladi). Buyumlarni konstruksiyalashda, ularni unifikatsiyalash va ishbopligini oshirish maqsadida, o‘tqazishlar sonini asosli ravishda cheklash kerak. Yog‘och buyumlarni konstruksiyalashda qo‘yimlarni hisoblab topish uchun GOST 6449—76 da to‘qqizta kvalitet ko‘zda tutilgan (10, 11, ... , 18). Tutashtiruvchi o‘lchamlar kvalitetini o‘tqazishlar hisobi bilan bir vaqtda tanlash kerak; bu hisob o‘tqazish qo‘yimlari (tirqish qoldirib o‘tqazish va tarang o‘tqazish qo‘yimlari)ning talab qilinadigan qiymatlariga asoslanib chiqariladi. Ishlov berilgan sirtning g‘adir-budurligi Yog‘ochning eng puxta ishlov berilgan sirtida ham g‘adir- budurliklar bo‘ladi. G‘adir-budurliklarning kattaligi va xarakteri yog‘ochning tuzilishiga hamda kesish asbobining ishlov berish sifatiga bog‘liq. Yog‘och sirtining g‘adir-budurligi GOST 7016— 75 ga muvofiq bo‘lishi lozim. G‘adir-budurlik notekisliklarning maksimal balandligi Rzmax (notekislikning cho‘qqisidan botiq joyigacha bo‘lgan masofa) o‘rtacha arifmetik kattalik bilan xarakterlanadi va quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: Rzmax = Nmaxl + Nmax2 + Ntaxp/n Bunda, Nmaxh Nmax1, ..., Nmax2/n — maksimal notekisliklar kattaligi; p — o‘lchangan notekisliklar soni. 1-jadvalda Rzmax kattalikning 1 — 12 — klasslarga mos keladigan son qiymatlari berilgan. 1-jadval Sirtning g‘adir-budurligi Rzmaxmkm Klasslar Rzmaxmkm Klasslar Rzmaxmkm ко‘pi bilan ko‘pi bilan 1 1600 7 100 2 1200 8 60 3 800 9 32 4 500 10 16 5 320 H 8 6 200 12 4 Tegishli usullar va ishlov berish rejimlaridan foydalanib, yog‘ochga yaxshi asbobda ishlov berib, quyidagi g‘adir-budur- lik qiymatlariga mos keladigan sirtlar hosil qilish mumkin: Ishlov berish turi RZmax mkm Yog‘ochni uzunasiga arralash: oddiy arra bilan ..................................200 ... 800 randalash ............................................60 ... 100 Ko‘ndalangiga arralash: oddiy arra bilan ..............................200 ... 800 randalash ........................................100 ... 200 Shpon (payraha) kesish ..................100 ... 320 Sirtlarni frezalash .............................32 ... 320 Turum qirqish va teshik o‘yish .......60 ... 320 Jilvirlash ..........................................16 ... 100 Qiymati Rimax = 60 mkm gacha bo‘lgan g‘adir-budurliklar ТСП-4 asbobi yordamida. qiymati 60 mkm dan kam bo‘lgan g‘adir-budurliklar esa МИС-11 mikroskopi yordamida olcha- nadi. lshlab chiqarish sharoitida yog‘och sirtining g‘adir-bu- durligi, ko‘pincha, ishlov berilgan sirtni namuna etalonlar sir- tiga taqqoslab ko‘rib tekshiriladi. Namuna etalonlari qanday tur yog‘ochdan tayyorlangan va sirtiga qanday ishlov berilgan bo‘lsa, detallar ham shunday bo‘lishi lozim. Sirtning to‘lqin- simonligi va sertukligi esa ko‘z bilan chamalab tekshiriladi. Dastgohlarning geometrik aniqligi, ularni rostlash va sozlash Detallarga ishlov berish aniqligiga dastgohning geometrik aniqligi, to‘g‘ri rostlanganligi va yaxshi sozlanganligi ko‘p ta‘- sir ko‘rsatadi. Geometrik aniqlik dastgoh qismlari o‘qlarining o‘zaro paral- lelligi yoki peфendikularligi, stollar va karetkalarni surganda ularning sathlari o‘zgarishi hamda vallarning o‘q va radius bo‘yicha tepishi bilan xarakterlanadi. Dastgohlarning geometrik aniqligi ularning puxta tayyorlanganligiga hamda yeyilish darajasiga bog‘liq. Dastgohlar uch klassga: yuqori aniqlikdagi, o‘rtacha aniqlikdagi va past aniqlikdagi dastgohlarga bo‘linadi. Yog‘ochsozlik korxonalarida o‘rtacha va past aniqlikdagi dastgohlarga disk arrali dastgohlar, yuqori aniqlikdagi va o‘rtacha aniqlikdagi dastgohlarga esa frezalash, uzunasiga fre- zalash va parmalash dastgohlari kiradi. Dastgoh unsurlarini geometrik aniqlik me‘yorlariga to‘la mos keladigan qilib o‘rnatish va mahkamlash kerak. Dastgoh- ni mexanika sexining sozlovchi ishchilari vaqti-vaqti bilan soz- lab turadilar. Sozlovchilar yo‘naltiruvchi va siquvchi qurilma- larning, surish qurilmalarining bir-biriga nisbatan joylashishini, karetkalarning to‘g‘ri chiziqli harakatini, stollar, plitalar va yo‘naltirish qurilmalarining o‘zaro parallelligini hamda tekisli- gini tekshiradilar, vallar va shpindellarning tepishini bartaraf qiladilar. Ular dastgohlarga boshqarish apparatlarining datchik- larini o‘rnatish, dastgohlar atrofini to‘siqlar bilan to‘sish hamda dastgohlarni moylash qurilmalarini sozlash ishlarini ham baja- radilar. Dastgohni rostlash bilan garchi maxsus ishchilar shu- g‘ullansa ham, dastgoh noto‘g‘ri rostlanganda detalga ishlov berishda ro‘y beradigan nuqsonlarni bartaraf qilish uchun rost- lashga doir asosiy tushunchalarni dastgohchining o‘zi ham bi- lishi zarur. Dastgohni rostlashni uni sozlashdan farq qila bilish kerak, bunda dastgohni sozlash bilan dastgohchining o‘zi shug‘ullanadi. Zagotovkalarning har bir yangi partiyasiga ishlov berishdan oldin dastgohchi o‘z dastgohini sozlashi, ya‘ni uning tayanch va yo‘naltiruvchi qismlarini, kesish asbobi va moslamalarini bir- biriga nisbatan ma‘Ium vaziyatda to‘g‘ri o‘rnatishi shart. Dastgohlarning harf-raqamlar bilan ifodalanuvchi indekslari Rossiya Federatsiyasi va Hamdo‘stlik mamlakatlarida ishlab chiqarilayotgan yog‘ochga ishlov berish dastgohlariga indekslar, ya‘ni harf va raqamlardan iborat shartli belgilar qo‘yiladi. Indeksning birinchi (ba‘zan ikki) harfi dastgohning tipini bildiradi, masalan: Л — g‘o‘labur arrali, TC - disk arrali, С - randalash dastgohi (reysmusli yo‘nish, to‘rt tomonlama bo‘ylamasiga frezalash), Ф - frezalash, Ш — turum qirqish, ШЛ — jilvirlash, CB — parmalash, T — torsaviy yo‘naladigan disk arrali dastgohlar bo‘ladi. Indeksning ikkinchi va uchinchi harflari dastgohning o‘ziga xos xususiyatlarini bildiradi: ЛС — g‘o‘labur arrali duradgorlik dastgohi; ТСД — taxta tiladigan disk arrali dastgoh; ТСДК — yog‘och konveyer usulda suriladigan xuddi shunday dastgoh; СГ — reysmusli dastgoh; ФТ — frezalaydigan og‘ir dastgoh. Indeksning uchinchi harfi surish turini yoki uning quril- masini ifodalaydi: СФК — yog‘och konveyer usulda suriladigan yo‘nish dastgohi; ФСА — turum qirqish, karetkasi bo‘lgan o‘rtacha quvvatli frezalash dastgohi; ТСПА — supporti avtomatik suriladigan, ko‘ndalangiga arralaydigan disk arrali dastgoh va hokazo. Indeksning birinchi harfidan (yoki dastlabki ikki harfidan) keyingi raqamlar dastgohning asosiy o‘lchamlarini yoki kesish asboblarining sonini bildiradi: CP8 — stolining kengligi 8 dm bo‘lgan, ikki tomonlama ishlov beradigan reysmusli dastgoh; CP3 — stolining kengligi 3 dm bo‘lgan reysmusli dastgoh; С16 — stolining kengligi 16 sm bo‘lgan, to‘rt tomonlama ishlov beradigan, bo‘ylamasiga frezalaydigan dastgoh va hokazo. Ba‘zi dastgohlarning shartli belgilari, ya‘ni indeksi bayon qilingan tartibga to‘g‘ri kelmaydi, masalan TCiME — ko‘ndalan- giga arralaydigan, disk arrali, dastak — sharnirli osma supportli dastgoh. III BOB. YOG‘OCH KESISH ASOSLARI Kesish — yog‘och materiallardan zarur o‘lchamli va shaklli detallar yasashning asosiy usulidir. Kesish jarayonida ponasimon keskich yog‘ochga o‘yib kirib yog‘och tolalarini kesadi va ular orasidagi bog‘lanishni buzib, yog‘ochning ma‘lum qatlamini kesib qirindi hosil qiladi. Yog‘ochni qirindi ajratmay kesish ham mumkin: masalan, payrahaning yaroqsiz qismini kesganda yoki payrahani qaychi bilan qirqqanda qirindi chiqmaydi. Energiyani kam sarflab, jihozni yuqori unum bilan ishlatib. yog‘ochga talab qilingan darajada sifatli ishlov berish uchun kesish sharoitini to‘g‘ri tanlay bilish, buning uchun esa dastlab mazkur jarayonning mohiyatini tushunib olish zarur. Keskich qismlari. Kesishdagi sirtlar va burchaklar Yog‘ochni kesib detal yasash uchun konstruksiyasi jihatidan xilma-xil bo‘lgan keskich elementlari: bir keskichli (pichoqlar), bir necha keskichli (frezalar) yoki ko*p keskichli (arralar) asboblar ishlatiladi (3-rasm). Keskich (3-rasm, b) ponasimon shaklga ega. Keskichning old qirrasi abdf, ketingi qirrasi asef va ikkita yon qirrasi abs va fde bor. Old qirra zagotovkaning qirindi chiqadigan tomonida, ketingi qirra esa ishlov berilgan sirtga qaragan bo‘ladi. Raxlar keskichning qirralaridan tashkil topgan; old pax kesish raxi (keskichning tig‘i) bo‘lib hisoblanadi. Keskichning eni material enidan torroq bo‘lsa, old raxgina emas, balki yon raxlar ab va fd ham kesish tig‘lari bo‘lishi mumkin. Bu holda materialni kesishda old pax bilan birga yon raxlar ham ishtirok etadi. — ishlov berilgan sirt (2) qirindi yo‘nilgandan keyin hosil bo‘ladi; — kesish sirti (3) ishlov berilayotgan zagotovkada keskichning kesish raxini hosil qiladi. Keskich zagotovkaga nisbatan ilgarilama harakat qilganda zagotovkaning ishlov berilgan sirti va kesish sirtiga to‘g‘ri keladi (3-rasm, a). Keskich aylanma harakat qilganda (3-rasm, b) kesish sirti doim egri chiziqli bo‘ladi, zagotovkaning ishlov berilayotgan va ishlov berilgan sirtlari esa yassi bo‘lishi mumkin. Kesish sirtiga urinib, keskichning kesish raxi orqali o‘tgan sirt (4) kesish tekisligi deb ataladi. Keskich to‘g‘ri chiziqli harakatlanganda kesish tekisligi kesish sirtiga mos keladi. Keskich aylanma harakat qilganda uning har bir vaziyatiga ma‘lum kesish tekisligi to‘g‘ri keladi. Arralash (7-rasm, a) yog‘ochni ko‘p keskichli asbob — arra bilai ayrim zagotovka yoki detallarga bo‘lish usulidir. Bu yashirin kesish hisoblanadi. Randalash (7-rasm, b) ~ zagotovka sirtini unga nisbatan to‘g‘ri chiziqli yo‘nalishda harakatlanadigan pichoq yordamida yo‘nishdir. Bu usul yog‘ochning aylanadigan keskichlar bilan ishlov berilgan sirtidagi notekis joylarni yo‘nish (yo‘nilgan o‘yiq, qirindi va mayda gazcho‘p olish) uchun ishlatiladi. Frezalash (7-rasm,^ detallarni aylanadigan keskichlar yor- damida katta tezlikda yo‘nish usulidir, bunda yo‘nilgan sirtdan yoysimon qirindi ajralib chiqadi. Bu usul zagotovkalarda baza sirtlar hosil qilish uchun (randalash dastgohlarida); zagotov- kalarni ikki, uch va to‘rt tomonini (reysmusli va to‘rt to- monlama bo‘ylamasiga frezalash dastgohlarida), to‘g‘ri chiziq- li va shakliga ishlov berish uchun; egri chiziqli zagotovkalarni shakliga ishlov berish va to‘g‘ri chiziqli yo‘nalishda ishlov berish uchun (frezalash, kopirlash-frezalash va maxsus dastgohlar); turum qirqish va teshik o‘yish uchun (turum qirqish va fre- zalash dastgohlari) ishlatiladi. Parmalash (7-rasm, e) zagotovkada silindrik teshiklar hosil qilish maqsadida unga aylanadigan keskichlar yordamida ish- lov berish usulidir. Bunda teshikning o‘qi asbobning aylanish o‘qiga mos keladi. Parmalash jarayonida bir qatlam yog‘och- ning o‘zidagi ayrim tolalar turli tezlikda kesiladi: parmaning aylanish markazi yaqinida tolalarning kesilish tezligi juda kichik bo‘lsa, markazdan uzoqroqda tezlik juda katta bo‘ladi. Parmaning markaziga to‘g‘ri kelgan joylarda kesish tezligi nolga tengdir. Jilvirlash — yog‘ochni qog‘oz yoki matoga jilvir donalarini yopishtirib hosil qilingan abraziv keskichlar yordamida jilvir- lash usulidir. Bunda yog‘och sirtidagi g‘adir-budurlarni jilvirlab yog‘ochning juda yupqa qatlami qirib olinadi. IV BOB. DASTGOHLAR ASOSIY UNSURLARINING TAVSIFLAM Yog‘ochga ishlov berish dastgohlarining unsurlari ishlov be- rish dastgohlarining qurilmalari va ularning bajaradigan ishiga bog‘liq. Ba‘zi dastgohlar yog‘ochni arralash uchun, yana biri - randalash uchun, boshqalari — parmalab teshish va hokazolar uchun ishlatiladi. Biroq dastgohlar tuzilishi jihatdan bir-biridan farq qilgani bilan ularning qurilma unsurlari bir xil vazifani bajaradi: staninalar, stollar yoki karetkalar detallar uchun baza bo‘lib xizmat qiladi, uzellari esa kesish asbobini mahkamlash va ish vaqtida asbob yoki zagotovkaga harakat uzatish uchun xizmat qiladi. Dastgohlarning qurilmasini o‘zgartirish ularning unsurlari qurilmasining o‘zgarishiga hamma vaqt ham sabab bo‘lavermaydi. Shunga ko‘ra dastgohlarning qismlarini bilish yangi qurilmadagi dastgohlar va avtomatik liniyalarni tez o‘zlashtirishga imkon beradi. Dastgohlarning unsurlari asosiy va yordamchi unsurlarga ajratiladi. Asosiy unsurlar jumlasiga staninalar, supportlar, ish qismlari, surish qurilmalari, yuritmalar, boshqarish qismlari, ta- yanch va yo‘naltiruvchi qurilmalar, qisqichlar, siqish moslama- lari va tirgaklar kiradi. Kesish asbobini charxlash, dastgohni sozlash, rostlash va moylash, chiqindidan xalos qilish uchun mo‘ljallangan qurilmalar yordamchi unsurlar bo‘lib hisoblanadi. Ko‘pgina dastgohlar dastgoh yoniga o‘rnatiladigan qurilmalar — zagotovka bilan ta‘minlab turuvchi va taxlash qurilmalari bilan jihozlanadi, biroq aytib o‘tilgan unsurlar to‘pla-mi bilan dastgohlarning hammasi ham jihozlanavermaydi. Stanina dastgohning asosi bo‘lib, barcha uzellar va detallar staninaga mahkamlanadi. Stanina dastgohning ayrim unsurlari o‘rtasida ta‘sir kuchlarini, titrash kuchlanishlarini hamda ishlov berilayotgan material yuklanishlarini qabul qiladi. Staninalar quyib va payvandlab tayyorlangan bo‘lishi mumkin. Ularning ichi kovak qilib, kesimi, odatda, qutisimon, shu bilan birga, zarur bo‘lgan turg‘unlikni ta‘minlab tayyorlanadi. Stannalarning shakli va o‘lchamlari dastgohning vazifasiga hamda qurilmasiga bog‘liq. Kesish asboblari aylanadigan dastgohlarning ish qismlari — shpindellari, pichoqlar va arralar o‘rnatiladigan vallari ana shu asboblami mahkamlash va aylantirish uchun xizmat qiladi. Kesish asbobi ilgarilama harakat qiladigan dastgohlarda ish qismlari yo kesish asbobini mahkamlash uchun yoki uni mahkamlash va unga to‘g‘ri chiziqli kesish harakatini uzatish, yo bo‘lmasa, to‘g‘ri yo‘nalishda surish uchun moijallangan. G‘o‘labur arrali va jilvirlash tasmali dastgohlarning ish qismlari — shkivlari aylanadi, kesish asbobi, ya‘ni g‘o‘labur arrasi yoki jilvirlash tasmasi zagotovkaga nisbatan ilgarilama harakat qiladi. Supportlarga dastgohning ish bajaradigan yoki boshqa qismlari mahkamlanadi. Supportga mahkamlangan ish qismlari, dastgohning qurilmasiga qarab, sozlash vaqtida bir (masalan, vertikal) yo‘nalishda, ikki (vertikal va gorizontal) yoki uch yo‘nalishda va burchak hosil qilib surilishi mumkin. Pozitsiyalab ishlov berish dastgohlarida supportlardan tayanch unsurlar — stollarni mahkamlash maqsadida ham foydalaniladi. Bunday dastgohlarda supportlar ba‘zida zagotovkalarga surish harakatini uzatish uchun ham xizmat qiladi. O‘tish bilan ishlov berish dastgohlarida surish qurilmalari zagotovkalarga uzluksiz bir tekis harakatni uzatib turadi; po- zitsiyalab ishlov berish dastgohlarida esa bu qurilmalar zago- tovka yoki kesish asbobiga, yo bo‘lmasa bir vaqtning o‘zida ham zagotovka, ham asbobga qaytma - ilgarilama harakat — surish harakati va qurilmaning salt yurishi uzatiladi. Yuritma dvigatel va uni dastgoh unsurlari bilan bog‘lovchi oraliq zvenolardan (masalan, tasmali uzatma yoki elektr dvigatel valini pichoqlar vali bilan bog‘lovchi muftadan) iborat. Ba‘zan, masalan, elektr dvigatel vali ayni vaqtda arralar vali bo‘lib ham xizmat qiladigan hollarda oraliq zvenolarga hojat qolmaydi. Boshqarish qismlari ish qismlarining yuritmalarini ishga so- lish va to‘xtatish uchun mo‘ljallangan. Zamonaviy rusumdagi dastgohlarda yuritmalar avtomatik va yarim avtomatik ravishda boshqariladi; yarim yuritmalar muayyan, oldindan belgilab qo‘yilgan izchillikda yoki zagotovkaning muayyan holatida ishga tushadi va to‘xtaydi. Ko‘pgina dastgohlarning boshqarish tizimlarida buzilib qolgan yuritmaning avtomatik ravishda to‘x- tashi ko‘zda tutilgan. Dastgohlarning tayanch va yo‘naltiruvchi unsurlari ishlov berish jarayonida zagotovkalarning turg‘unligini ta‘minlaydi va surilayotgan zagotovkani kesish asbobiga to‘g‘rilaydi. Pozitsiyalab ishlov berishda qisqichlar zagotovkani muayyan vaziyatda mahkamlaydi. Siqish moslamalari o‘tish operatsiyalari bajarilayotganda zagotovkalarni yo‘naltiruvchiga zich tegib turishini ta‘minlaydi. Tirgaklar zagotovkani kesish asbobiga nisbatan muayyan vaziyatda to‘g‘ri joylashishiga yordam beradi. Ta‘minlash va taxlash qurilmalari dastgohga zagotovkalarni uzatadi va ishlov berilgan zagotovka yoki detallarni dastgohdan olib, ularni tashish paketlariga taxlaydi. Charxlash qurilmalari kesish asbobini bevosita dastgohda charxlash va shaklini to‘g‘rilashga mo‘ljallangan. Sozlash qurilmalari hamma dastgohlarda bor. Ular yo‘nal- tiruvchi va tayanch unsurlarning kesish asbobiga nisbatan vaziyatini hamda siqish va uzatish unsurlarining tayanch qism- larga nisbatan vaziyatini o‘zgartirish uchun ishlatiladi. Chiqindilardan xalos qilish qurilmalari eksgauster qabul qilgichlardan iborat bo‘lib, zagotovkaga ishlov berganda hosil bo‘ladigan chang, qipiq va qirindini chiqarib tashlaydigan quvur- larga ulanadi. Moylash qunlmalari ishqalanuvchi sirtlarni moylash uchun ishlatiladi. Isb qismlari va surish qurilmalari Arra vali. Arra vali disk arrali va agregat dastgohlarning ish qismi hisoblanadi. Arra vali (9-rasm, а) korpuslar (2) ga o‘rna- tilgan ikkita sharikli podshipnik (3) da aylanadi, val dastgohning tayanch qismiga (masalan, staninaga) shu korpuslar yordamida o‘rnatiladi. Valning bir uchiga shkiv (1) mahkamlangan; elektr dviga- telning aylanish harakati shu shkivga kiygizilgan tasma orqali valga uzatiladi. Valning ikkinchi uchiga disk arra (5) maxsus shaybalar (6) va (4) orasiga olinib, gayka (7) yordamida siqib qo‘yilgan. Shayba 4 valga, odatda, prizmatik shponka yordamida qo‘z- g‘almas qilib, shayba 6 esa sirpanadigan qilib o‘rnatiladi. Shayba bilan disk arrani siqib turuvchi gayka 7 disk arraning aylanish tomoniga teskari yo‘nalishda burab mahkamlanishi lo- zim. shunda u ish jarayonida buralib bo‘shamaydi. Shu boisdan arra valining uchidagi rezbasi valning qaysi tomonga ayla- nishiga qarab o‘ng rezba yoki chap rezba bo‘lishi mumkin. Disk arrali dastgohlarning ba‘zi (muvozanatlovchi va tor- saviy mayatnikli) qurilmalarida arra vali sharikli podshipnik- larining har ikkala korpusi yaxlit qo‘yilgan bo‘ladi va staninaga sharnirli mahkamlanadi yoki qo‘zg‘almas o‘qda buriladigan yaxlit ramkadan iborat bo‘ladi. TSDK - 5 va TSMR - 2 tipidagi ko‘p arrali dastgohlarda taxtalar yoki zagotovkalar bir o‘tishda bir necha qismga kesiladi. Arra vali {10) (9-rasm, b) quyma korpus {13) ga mahkamlangan podshipniklarda o‘rnatiladi; korpusning toretslari flanetslar {12) va (15) bilan bekitilgan. Valning bir uchiga uni tasmali uzatma orqali elektr dvigatelga ulaydigan shkiv {16) otkazilgan. Shponka {17) /ramda boltli torsaviy shayba shkiv {16) ni valda qo‘zg‘atmay qo‘yadi. Valning ikkinchi uchiga arra (5) otnatilib, shayba (6) va gayka (7) bilan mahkamlanadi. Arralar valga bevosita mahkamlanishi bilan birga, maxsus opravka - vtulka (8) ga ham biriktirilgan bo‘ladi; vtulka sirpanuvchan shponkada val bo‘yicha suriladi. Shpilka (9) li halqalar (11) arralar oralig‘ining o‘zgarishiga yo‘l qo‘ymaydi. Chiqiqlar (18) valni staninaga sharnirli mahkamlash uchun, chiqiq (14) yordamida esa val o‘rnatilgan korpusni arraning vaziyatini balandligi bo‘yicha o‘zgartirib buriladi. Picboqlar vali. Yog‘ochga uzunasiga frezalash usulida ishlov beradigan dastgohlarda, chunonchi: randalash dastgohi, reysmusli dastgoh, to‘rt tomonlama bo‘ylamasiga frezalashrandalash dastgohida pichoqlar vali ishlatiladi (10-rasm). Pichoqlar vali (2) po‘latdan yasaladi (10-rasm, a). Valning qurilmasi unga pichoqlar (4) ni o‘rnatish va ularni aylanma harakatlantirish imkonini beradi. Valda pichoqlar joylashadigan o‘yiqlar va ularni mahkamlaydigan qurilmalar bo‘ladi. Valning chekka uchlarida bo‘yinlar bor, val shu bo‘yinlarga pod- shipniklar (3) da o‘rnatiladi. Valning bir uchiga mahkamlangan shkiv (1) valga aylanma harakat uzatadi. Ba‘zan shkiv o‘rnida yarim mufta bo‘ladi; yarim mufta pichoqlar valini elektr dvigatel valiga bevosita ulaydi. Bunda elektr dvigatel valining o‘qi bilan pichoqlar valining o‘qi o‘qdosh bo‘lishi lozim. SR6 - 8 tipidagi reysmusli dastgohlarda pichoqlar valiga (10- rasm, b) o‘roqsimon yassi pichoqlar o‘rnatiladi; bu pichoq- larning tili valning silindrik sirtida vint chiziqlari bo‘ylab o‘rnatiladi. O‘roqsimon pichoqlarning tillari yo‘niladigan yog‘ochga deyarli hamma vaqt tegib turganligidan, bunday pichoqlar vali boshqa vallardan ravon ishlashi bilan ajralib turadi. Bunday pichoqlar bilan ishlov berilgan sirtlarda g‘adirbudurlar kam bo‘ladi. Pichoqlar vali bir daqiqada 6000 marta va undan ham ko‘p aylanadi, shunga ko‘ra val hamda pichoqlar shunday muvoza- natlanadiki, valning qarama - qarshi tomonlariga o‘rnatilgan ikki pichoqning og‘irlik markazlari aylanish o‘qidan baravar masofada joylashgan bo‘ladi. Aks holda, muvozanati buzilgan markazdan qochuvchi kuchlar paydo bo‘lib, kuchli titrash paydo boiadi, bu esa ish sifatining pasayishiga hamda dastgoh unsurlarining sinishiga olib keladi. Pichoqlar vali bir, ikki va bundan ko‘p pichoqlar juftini o‘rnatishga mo‘ljallangan. Pichoqlarni o‘rnatish usullari 11-rasmda ko‘rsatilgan. Pichoqlar (3) valdagi o‘yiqlarga o‘rnatilgan. Har bir pichoq o‘yiqning devori bilan ponasimon vkladish (4) orasiga boltlar (5) bilan siqib qo‘yilgan; boltlar vkladishlardan buralib chiqqanda kallaklari bilan o‘yiqning qarama-qarshi tomondagi pichoqqa taqaladi. Pichoqni bir tekisda Shpindellar. Shpindellar uzunasiga frezalash, frezalash, tu- rum qirqish, parmalash, zanjirli - o‘yish dastgohlan va yog‘ochga frezalash yoki parmalash usuhda ishlov berishga mo‘ljallangan boshqa xil dastgohlarda kesish asbobmi o‘rnatish va aylantirish uchun ishlatiladi Shpindellar dastgoh supportining stakani ichiga sharikli podshipmklar bilan mahkamlanadi. Shpindelning yuqori qismida kesish asbobi bo‘lgan valga kiydirish uchun konussimon chuqurcha yoki mahkamlash vositasi ko‘zda tutilgan bo‘ladi. Shpindellar dastgohlarning vazifasiga ko‘ra turlicha quril- malarda bajarilgan bo‘lishi mumkin. Ba‘zi hollarda ish jarayo- nida shpindelning uzunligini o‘zgartirish uchun teleskopik shpindellar ishlatiladi. 13-rasmda shunday shpindellardan birining tuzilishi ko‘rsatilgan. Bu shpindel ikki qismdan iborat; qismlardan biri ikkinchisi bo‘ylab shponkada yoki shlitsli birikmada sirpanishi mumkin. Shpindelning shkiv (4) li yuqori qismi (6) podshipniklar (5) ga, pastki qismi (2) esa stakan (3) ning podshipniklari (7) ga o‘rnatilgan. Bu holda shpindelning pastki qismiga parma (1) mahkamlangan. Shpindelning pastki qismini dasta (8) yordamida vertikal tekislikda siijitish mumkin, bunda shpindelning yuqori qismi (6) tishlashgan holda turadi yo zagotovkaga yoki kesish asbobi mahkamlangan ish qismiga, ba‘zi hollarda esa bir yo‘la ham zagotovkaga, ham ish qismiga uzatiladi. Bu dastgohlarda kesish asbobi yoki zagotovka har surilishdan keyin, albatta, salt harakatlanadi, shunga ko‘ra surish qurilmasi suruvchi qurilmalarga qaytma - ilgarilama harakatni ko‘p hollarda turli tezlikda uzatishi lozim. Zagotovkaga o‘tish bilan ishlov beradigan dastgohlarda surish qurilmalari bir yoki bir necha juft jo‘valar yoki jo‘valar va disklar, jo‘valar va gusenitsalar, gusenitsa zanjirlari va hara- katlanmaydigan roliklar, aylanadigan barabanlar hamda stollar ko‘rinishida yasaladi. Ko‘pincha, tirgakli (zagotovkani ko‘nda- langiga surishda) plastinkasimon zanjirlar ishlatiladi. Pozitsiyalab ishlov berish dastgohlarida surish qurilmalari sifatida qo‘zg‘aluvchan stollar, karetkalardan, kesish asbobini zagotovkaga surish uchun esa supportlardan foydalaniladi. Surish qurilmalarini elektr dvigatel, pnevmodvigatel va gidro- dvigatel harakatlantiradi. Dastgohlarning stollariga, odatda, harakatlanadigan yoki harakatlanmaydigan jo‘valar o‘rnatiladi; harakatlanmaydigan jo‘valar stollar sirtidan sal balandroq ko‘tarilib turganligidan zagotovkaning stol sirtiga ishqalanishini kamaytiradi. Reysmusli dastgohlarda ustki jo‘valar ramaga o‘rnatilgan bo‘ladi; qo‘zg‘aluvchan stolga o‘rnatilgan pastki jo‘valarning vaziyati o‘zgartirib sozlanadi. Siljitish mumkinligi, ularning diametrlarini to‘g‘ri tanlash jo‘valarni zagotovkaga nisbatan shataksirashini qisman kamay- tirishga imkon beradi. Masalan, to‘rt tomonlama bo‘ylamasiga frezalaydigan quvvatli dastgohlarda jo‘valarning siljishini ka- maytirish uchun diametri 500 mm gacha bo‘lgan uzatish jo‘va- lari ishlatiladi. Ba‘zida jo‘valarning zagotovkalarni zarur kuch bilan bosish uchun mahkamlash qurilmasi barcha detallarining va yuqorigi jo‘valar yuritmasining (disk arrali dastgohlarda) Yuritmalar Yuritmalar dastgohning ish qismlari, surish qurilmalari, yordamchi unsurlari, zagotovkani dastgohdan oladigan va dast- gohga zagotovka uzatadigan qurilmalar va qisish moslama- larini harakatlantiradi, shuningdek, dastgohni sozlaganda uning qismlarini siljitishga imkon tug‘diradi. Yuritma dvigatel va uzat- malar jamlamasidan tashkil topgan. Elektr yuritmalar. Elektr yuritmalar sodda tuzilganligi va jo‘ngina boshqarilishi sababli yog‘ochga ishlov berish dastgoh- larida keng foydalaniladi, elektr yuritmalarning foydali ish koeffitsienti katta. Elektr yuritmalar massasi va o‘lchamla- rining kattaligi ularning kamchiligi hisoblanadi. Bundan tash- qari, elektr yuritmadan foydalanganda dastgoh qismlarining tez- ligini ravon o‘zgartirish qiyinlashadi. Ko‘p hollarda elektr dvigatel vallarining aylanish chastotasini kamaytirish maqsadida (masalan, surish qurilmalari uchun) yuritma jamlamasiga og‘ir, beo‘xshov uzatmalar kiritishga to‘g‘ri keladi, elektr dvigatelni yurgizib yuborish vaqtida uning inertsionligi (harakatni davom ettirish yoki harakatsiz tura bilish qobiliati) kutilganidan ham kattaroq kuchlanishli tok vujudga kelishiga sabab bo‘ladi, na- tijada dvigatel qizib ketadi. Shunga ko‘ra surish qurilmasini harakatlantirish uchun, ko‘pincha, qurilmaga elektr dvigatel o‘rniga gidrodvigatel o‘rnatiladi Elektr dvigatel vali (2) ga bevosita ulangan shpindellarga o‘r- natilgan kesish asboblarining katta tezlikda kesishini ta‘minlash uchun yuqori chastotali tokda ishlaydigan elektr dvigatellaridan foydalaniladi. Sanoat chastotasidagi tok dastlab chastota o‘zgart- gich (4) ga o‘tadi; chastota o‘zgartgich esa dastgohning ish qismiga ulangan elektr dvigatel (2) ga 100, 200 Gs va undan ortiqroq chastotali tok yuboradi. Surish tezligini ravon o‘zgartirish maqsadida yuritma zanjiriga, ko‘pincha, elektr dvigateldan keyin (uzatma soni o‘zgarmaydigan re duktor oldiga (vari ator) reduktor dastgohning surish qurilmasiga uzatma orqali ulanadi. Hajmiy gidravlik yuritmalar Yog‘ochga ishlov berish dastgohlarida hajmiy gidravlik yuritmalar, asosan, surish qurilmalari va qisqichlarni harakatlan- tiradi. Biroq ish qismlariga asosiy harakat gidravlik yuritma- lardan uzatiladigan dastgohlar ham bor (masalan, payraha randalab olinadigan dastgohlar). Bunday dastgohlarda gidravlik yuritmalar ish qismlarini ilgarilama va aylanma harakat- lantiradi. Gidravlik yuritma dastgoh qismlarining harakat tezligini katta chegarada o‘zgartirishga imkon beradi, ishga tez tushi- shi bilan ajralib turadi va harakatning ravonligini ta‘minlaydi. O‘lchamlari nisbatan kichik bo‘lsa-da, gidrodvigatei katta kuch hosil qiladi, shuningdek, dastgoh qismlarining harakat yo‘nalishini tez o‘zgartirishga yo‘l qo‘yadi va ularni masofadan turib hamda avtomatik ravishda boshqarishga imkon beradi. Dastgoh qismlariga to‘g‘ri chiziqli va aylanma harakat bevosita gidrodvigateldan o‘tadi yoki oddiy tuzilishdagi o‘zgartiruvchi qurilmalar (reyka-shesterna, krivoship-shatunli qurilma) orqali uzatiladi. Dastgohning gidrodvigatei harakatlan- tiradigan qismlari zo‘riqmaydi, bu esa uning xizmat muddatini oshiradi. Gidravlik yuritmaning kamchiliklari: ish suyuqligining ishqa- lanishi va saqlash qurilmalari orqali sizib isrof bo‘lishidan foydali ish koeffitsientining nisbatan past bo‘lishi hamda ish suyuqligining temperaturasi keskin oshganda yuritmada o‘t chiqish xavfi tug‘ilishi va turg‘un ishlamasligi. Oddiy gidravlik yuritma gidrodvigatei va nasosdan tashkil topgan. Dastgohlarning gidravlik yuritmalari sxemasiga ish su- yuqligining bosimini keragicha o‘zgartirib turadigan, dastgoh ish qismlarining harakat tezligini tegishlicha ta‘minlaydigan ham- da gidrodvigatellar valining harakat yo‘nalishini o‘zgartiradigan qo‘shimcha qurilmalar kiritilgan. Gidrosistemaga ish suyuqligi uchun idishlar va ish suyuqligini begona aralashmalardan tozalaydigan konditsionerlar ham o‘rnatilgan. Yog‘ochga ishlov berish dastgohlarida, asosan ikki tomonla- ma ishlaydigan silindrlar ko‘rinishidagi gidrodvigatellardan foydalaniladi. Yangi mashinalarda ham aylanma harakatlanadigan gidrodvigatellar ishlatiladi. Ikki tomonlama ishlaydigan gidrosilindr (19-rasm) har ikkala tomoni (toretslari) qopqoqlar bilan bekitilgan silindrdan tashkil topgan boiib, qopqoqlarning biri (yoki har ikkalasi) da shtok kirib turadigan teshiklar bor. Porshen shtokka biriktiriladi. Qopqoqning shtok kirib turadigan teshigiga zichlash halqasi o‘rnatilgan, bu zichlama silindrdan ish suyuqligining sizib chiqishiga yo‘l qo‘ymaydi. Porshen shtok bilan birga surilishi uchun silindr bo‘shlig‘i qopqoqlaridagi kanallar orqali quvurlar vositasida yo‘nalti- ruvchi gidrotaqsimlagichlarga yoki jo‘mrakli taqsimlagichlarga ulangan. Silindrning o‘ng tomonidagi bo‘shlig‘ini bosim gidro- liniyasiga va chap tomonidagi bo‘shlig‘ini suyuqlikni tushirish liniyasiga ulash vaqtida porshen bilan birga shtok chapga ha- rakatlanadi. Bosim gidroliniyasiga gidrosilindrning chap tomo- nidagi bo‘shlig‘ini ulaganda esa porshen o‘ngga harakatlanadi. Shesternali va plastinkali nasoslardan boshqa xil nasoslarga qaraganda ko‘proq foydalaniladi. Shesternali nasos (20-rasrn) korpus va ikkita shesternadan tashkil topgan. Shesternalar aylan- ganda shesterna tishlari orasidagi bo‘shliq ish suyuqligi bilan to‘ladi, ish suyuqligi bo‘shliqdan uzluksiz ravishda bo‘shliqqa o‘tib turadi, shesternalar tishlashgan joylarda bir shesternaning tishlari ikkinchi shesterna tishlari orasidan ish suyuqligini siqib chiqaradi. Shunga ko‘ra bo‘shliqda bosim vujudga kelib, ish suyuqligi shu bosim ta‘sirida bosim gidroliniyasiga o‘tadi. Shesternali nasos 10 MPa va bundan katta bosim hosil qiladi. Plastinkali nasos (21-rasm) silindrik korpus, unga nisbatan ekssentrik tarzda joylashgan rotor va rotor o‘yiqlariga o‘rnatilgan hamda radius yo‘nalishida siljiydigan plastinkalardan tashkil topgan. Rotor aylanganda plastinkalar markazdan qochma kuchlar (ba‘zan esa qo‘shimcha o‘rnatilgan prujinalarga) ta‘si- rida o‘yiqlardan sirpanib chiqib (yoki o‘yiqlarga sirpanib tu- shib) korpusning ichki tashkil etuvchisiga tegib turadigan va- ziyatni egallashga intiladi. Plastinkalar bo‘shliqdan bo‘shliqqa surilganda yonma-yon turgan ikki plastinka orasi sekin-asta kattalashib, orada siyrak- lanish zonalari vujudga keladi, gidrobakda bosim ostida turgan ish suyuqligi quvurlar bo‘ylab nasosning chap bo‘shlig‘iga su- rilib, plastinkalar orasini to‘ldiradi. Rotorning keyingi burili- shida plastinkalar orasi kichrayadi va ish suyuqligining ortiq- cha qismi quvurlar orqali bosim gidroliniyasiga o‘tadi. Plas- tinkali nasoslar 10 Mpa gacha bosim hosil qiladi. Ulardan ba‘zan gidrodvigatellar sifatida ham foydalaniladi. Ish suyuqligi bosimini rostlaydigan gidravlik apparatlar Saqlash klapani gidrosistemada bosimning ortib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Saqlash klapani (22-rasm) korpusdan tashkil topgan bo‘lib, korpus ichida «Keltirish» («Podvod») bo‘shlig‘i va «Masofadan boshqarish» qurilmasi bor, ular doimo bosim kanaliga ulangan bo‘ladi. Bosim kuchi belgilangan miqdordan oshib ketsa, porshencha suyuqlik bosimi ta‘sirida prujinaning qarshiligini yengib yuqoriga ko‘tariladi. Porshen uyasidan ko‘tarilib, «Keltirish» va «To‘kish» («Sliv») bo‘shliqlarini o‘zaro tutashtiradi. Ortiqcha suyuqlik «To‘kish» bo‘shlig‘iga o‘tadi, porshen dastlabki vaziyatni egal- laydi. Sistemada bosim oshib ketganda mazkur jarayon takror- lanadi. Amalda porshen doimo biroz ko‘tarilgan holda turadi, shunga ko‘ra ish suyuqligi bosim qismidan «To‘kish» qismiga qisman o‘tadi, chunki ish unumdorligi sistemaga ulangan gidro- dvigatelnikidan yuqoriroq bo‘lgan gidronasoslar tanlanadi. Reduksion klapan (23-rasm) suyuqlik bosimini oldindan belgilangan o‘zgarishsiz qiymatgacha pasaytirish uchun moijallangan. Reduksion klapan korpusdan tashkil topgan bo‘lib, korpus ichiga porshen (1) o‘rnatilgan, korpusning ichki bo‘shliqlaridan biri kanalning keltirish tarmog‘i («Podvod»)ga, ikkinchi bo‘shlig‘i esa past bosim olib ketish tarmog‘i («Otvod») ga tutashtirilgan. «Olib ketish» bo‘shlig‘ida bosim ko‘tarilganda ish suyuqligi vertikal va gorizontal kanallar orqali porshen (1) tagiga o‘tib, uni ko‘taradi, shunda «Keltirish» va «Olib ketish» bo‘shliqlari bir-biridan ajraladi. «Olib ketish» bo‘shlig‘ida bosim pasayganda porshen (1) prujinaning zo‘ri bilan pastga tushib, korpusning har ikkala bo‘shlig‘i o‘zaro tutashadi. Ish jarayonida porshen (1) harakatchan muvozanatda bo‘lganligidan korpus bo‘shliqlari orasida tirqish hosil bo‘ladi; bu tirqish «Olib ketish» bo‘shlig‘iga ulangan kanaldagi kamaygan suyuqlik o‘rnini to‘ldirish uchun kifoya. Zarur bosimni o‘rnatish uchun vint (2) ni burab, prujina (3) ning sharikli zatvor (4) ga bosim kuchi kamaytiriladi. Ish suyuqligini taqsimlash gidravlik apparatlari Gidrodvigatelni ishga solish, reverslash va to‘xtatish vaqtida bo‘shliqlarga suyuqlik taqsimlash vazifasini har xil tuzilishdagi yo‘naltiruvchi gidrotaqsimlagichlar bajaradi. Gidravlik boshqariladigan yo‘naltiruvchi gidrotaqsimlagich (24-rasm) avtomat dastgohlarning gidrodvigatellarini boshqa- rishda qo‘llaniladi. Gidrotaqsimlagichning korpusi ichiga por- shen qo‘zg‘aluvchan qilib o‘rnatilgan, porshenga porshencha ta‘sir etganida, ish jarayonida u eng chekka o‘ng holatni egal- laydi, chunki uni porshencha doimo bosib turadi. Bu holda «Si- lindrga» degan chap bo‘shliq «Keltirish» bo‘shlig‘i bilan, o‘ng bo‘shliq esa «To‘kish» bo‘shlig‘i bilan tutashadi. Boshqarish bo- simini uzatganda («Boshqarish bosimi» bo‘shlig‘i) porshen eng chekka chap holatni egallaydi; bunda «Silindrga» degan chap bo‘shliq «To‘kish» bo‘shlig‘i bilan, o‘ng bo‘shliq esa «Kelti- rish» bo‘shlig‘i bilan tutashadi. Gidrotaqsimlagichning neytral holati bo‘lmaydi. Yo‘naltiruvchi gidrotaqsimlagich. Elektrogidravlik boshqariladigan yo‘naltiruvchi gidrotaq- simlagichdan (25-rasm) gidrodvigatel o‘rnatilgan avtomatlashti- rilgan dastgohlarda foydalaniladi. Bunday dastgohlarda gidro- taqsimlagichni boshqarish uchun ikkita elektromagnit (3) va tor- saviy bo‘shliqni gidrosistemaning bosim va to‘kish kanallariga ulaydigan naychalar o‘rnatilgan. Turtish elektromagnitlari (3) ishga tushganda prujinali por- shencha (2) ni suradi, shunda porshencha (2) porshen (J) ning chap toretsiga tegib turgan bo‘shliqni bosim kanali («Podvod») ga tutashtiradi. Porshen (J) eng chekka o‘ng holatni egallab, chap tomondagi bo‘shliqni bosim kanaliga, o‘ng tomondagi bo‘shliqni esa tushirish kanaliga tutashtiradi. O‘ng magnit (3) ishga tushganda porshen (1) chapga surilib eng chekka holatni egallaydi va o‘ng bo‘shliqni bosim kanaliga, chap bo‘shliqni esa tushirish kanaliga tutashtiradi. Elektrogidravlik boshqariladigan gidrotaqsimot. Elektromagnit yordamida boshqariladigan gidrotaqsimla- gichlarda elektromagnitlar porshenni bevosita suradi. Maxsus avtomatik tarzda boshqarish tizimi mavjudligi sababli gidrotaq- simlagichlarda elektromagnitlarning baravar ishga tushishi kabi hollar ro‘y bermaydi. Hajmiy pnevmatik yuritmalar Pnevmatik yuritmalar mashinalarning qurilmalarini siqilgan havo yordamida harakatlantirishga mo‘ljallangan. Pnevmodvi- gatellarning tuzilishi oddiy, ular yaxshi ishlaydi, o‘t chiqishi ji- hatdan xavfsiz, tez ishga tushishi bilan ajralib turadi. Yog‘och- ga ishlov berish dastgohlari qismlarining bir tekisda tez hara- katlanishi talab qilinmaydigan hollarda dastgoh qismlarini surish uchun pnevmodvigatellar ishlatiladi. Dastgoh qismlari harakat tezligining ravonligini ta‘minlaydigan regulator sifatida rostlash apparati bo‘lgan gidrosilindrlardan foydalaniladi. Yog‘ochsozlik korxonalarida kichik quvvatga ega bo‘lgan membranali, silindrli va rotorli pnevmodvigatellar ishlatiladi. Oddiy tuzilishdagi pnevmodvigatel taqsimlash qurilmasi va dvi- gateldan tashkil topgan. 26-rasmda membranali pnevmodvigatel ko‘rsatilgan. Agar membrana (2) bilan ostki qopqoq (J) orasidagi bo‘shliq bosim liniyasiga tutashtirilsa, siqilgan havo membrana orqali shtok (5) ni suradi, shtok surilganda dastgohning unga ulangan qismi ham birga suriladi. Membrana tagidagi bo‘shliq chiqarish liniyasiga tutashtirilsa, prujina (4) shtokni dastlabki vaziyatiga qaytaradi. Silindrli pnevmodvigatellar bir tomonlama va ikki tomon- lama ishlaydigan bo‘lishi mumkin. Bir tomonlama ishlaydigan dvigatelda shtokni siqilgan havo bir yo‘nalishda suradi, prujina esa uni dastlabki vaziyatiga qaytaradi. Ikki tomonlama ishlay- digan dvigatelda porshenning har ikkala harakati siqilgan havo bosimi ta‘sirida sodir bo‘ladi; dvigatel ishlab turganda silindrning bir bo‘shlig‘i siqilgan havo kanaliga, ikkinchi bo‘sh Download 29.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling