Kuzov va kabina detallarini tayyorlash texnologiyasi. Reja: Detallar va materiallarga bo‘lgan umumiy talablar
-mavzu: Avtomobillarni yg‘ishning asosiy tamoyillari
Download 379 Kb.
|
1404978732 55264
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Ulanmalarning turlari. 1. Buyum va uning tarkibiy qismi.
18-mavzu: Avtomobillarni yg‘ishning asosiy tamoyillari
Reja: 1. Buyum va uning tarkibiy qismi. 2. Yig‘uvning texnologik jarayoni va uning qismlari. 3. Yig‘uvda buyumning texnologiyabopligi. 4. Yakunlovchi bo‘g‘inning berilgan aniqligiga erishish usullari. 5. Ulanmalarning turlari. 1. Buyum va uning tarkibiy qismi. Avtomobilsozlik va traktorsozlikda avtomobil, traktor va ularning ayrim qismlarini maxsulot (buyum) birligi deb qabul qilish mumkin. U muayyan holatda ishlab chiqarish ob’ekti bilan belgilanadi. Masalan, karbyurator zavodi uchun maxsulot – tayyor karbyurator, kardanli val zavodi uchun - kardanli val va x.k. Buyum alohida yig‘ma birliklardan tashkil topadi. Har qaysi birlik mustaqil holda yig‘iladi. Lekin, hammasini ham yig‘ma birliklardan holi tarzda yig‘ib bo‘lmaydi. Buyum tarkibiy qismlarga asosan texnologik belgisiga qarab ajratiladi. Ba’zan, bajaradigan vazifasiga ko‘ra ajratish mumkin. Masalan, dvigatelning gaz taqsimlash mexanizmi, moylash tizimi va x.k. Ma’lum vazifani bajarishga mo‘ljallangan va buyumning tarkibiga kirgan qismlar texnologik jihatdan yig‘ma birlik hisoblanadi. Yig‘uvning texnologik jarayonlarini loyihalashda yig‘ma birliklar murakkabligi bo‘yicha birinchi tartibli, ikkinchi tartibli va x.k. turlarga ajratiladi. Murakkab yig‘ma birliklar bir nechta soddaroq yig‘ma birliklardan tashkil topadi, ular yig‘iluvchi detallar yordamida bir-biriga ulanadi. Sodda yig‘ma birliklar alohida detallarni biriktirishda hosil bo‘ladi. Detallar esa, nomi ham, rusumi ham bir xil bo‘lgan materialdan, yig‘uv amallarisiz tayyorlanadi. Ba’zan payvandlanishi, kavsharlanishi, yelim bilan yopishtirilishi, urib kirgizilishi mumkin. Misol tariqasida payvandlab tayyorlangan gaz chiqarish klapanini, zalvor g‘ildirakni ko‘rsatish mumkin. Agar yig‘ma birlik tartibli yig‘ma birlik ichiga kirsa, ikkinchi tartibli yig‘ma birlik, deyiladi. Shu tartibda ikkinchi, uchinchi va h. k. tartibli yig‘ma birliklarni ajratib olish mumkin. Misol ko‘ramiz. Moskva shahridagi AZLK zavodining mahsuloti-«Moskvich» yengil avtomobilidir. Dvigatel ilashma va uzatmalar qutisi bilan birga umumiy yig‘uv sexiga yig‘ma birlik sifatida kelib tushadi. Aslida, u uchta birinchi tartibli yig‘ma birlikdan iborat: dvigatel, ilashma va uzatmalar qutisi. Dvigatel eng murakkab yig‘ma birlik birinchi tartibli yig‘ma birlik hisoblanadi; mustaqil tarzda yig‘ilgan soddaroq yig‘ma birliklardan, ya’ni ikkinchi tartibli yig‘ma birliklardan tashkil topgan. Bularga moy nasosi, zalvorli g‘ildirak bilan yig‘ilgan tirsakli val, shatun qopqoqlari, kichik kallakdagi vtulka, bolt va gaykalar bilan birga, porshen halqalar, barmoqcha va ikkita to‘xtatuvchi sim-halqalari bilan birga kiradi. Shatun va porshenning yig‘ma birliklari bir-biri bilan yig‘ilsa, murakkabroq yig‘ma birlik: shatun-porshen yig‘ma birligi-yig‘ma to‘plam hosil bo‘ladi. Bunday to‘plamni yana ham murakkabroq yig‘ma birlikka (masalan, dvigatelga) o‘rnatilayotganda qisman yoki to‘la ajratishga to‘g‘ri kelishi mumkin. Masalan, dvigatel yig‘ilayotganda shatun qopqog‘ini yechmay iloji yo‘q. To‘plamlar bo‘yicha yig‘ishning texnologik sxemasi har qanday yig‘ma birlikniki singari bo‘ladi, lekin bunda ajratish bo‘yicha bir qancha amallar qo‘shiladi: bolt gaykalarini chiqarish, shatun qopqog‘ini yechish, shatunni tirsakli valning bo‘yniga kirgazish, qistirmani tekshirish, shatun qopqog‘ini boltlarga o‘tkazish, gaykalarni ilintirish va qotirish. Download 379 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling