Kuzov va kabina detallarini tayyorlash texnologiyasi. Reja: Detallar va materiallarga bo‘lgan umumiy talablar


Avtomobil orqa ko‘prigini yig‘ish


Download 379 Kb.
bet16/16
Sana19.06.2023
Hajmi379 Kb.
#1604073
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
1404978732 55264

3. Avtomobil orqa ko‘prigini yig‘ish.
Bu avtomobilning orqa ko‘prigini yig‘ishda asosiy detal qilib karter olingan. Quyida keltirilgan texnologik jarayonda orqa ko‘prikni yig‘ish bo‘yicha asosiy amallar berilgan.
1. Yarim o‘qlarning ikkita moytutqichni karter flaneslariga ikki tomondan baravariga presslab kiritish.
2. Moy to‘kadigan teshikning tiqinini karterga qistirma bilan birga burab kiritish. Qotirish momenti 40-50 Nm.
3. Nafas olgich (9; sapun)ni yig‘ma holda karterning rezbali teshigiga burab kiritish.
4. Karterning reduktor qo‘yiladigan flanesiga qistirma qo‘yib, ustidan yig‘ma reduktor qo‘yiladi. Flaneslarning teshiklari mos keltirilib, ularga 10ta bolt prujinali shaybasi bilan birga kiritiladi va gaykaburagich bilan qotiriladi.
5. Tormoz bilan yig‘ilgan yarimo‘qni orqa ko‘prik karteriga joylash. Bunda yarimo‘qning shlitsali tishli g‘ildirak shlitsalari bilan mos keltiriladi. Podshipnik orqa ko‘prik flanesiga presslab kiritiladi (tiralib qolguncha). Yarim o‘q 4ta bolt va shaybalar bilan qotiriladi. Xudi shu amallar orqa ko‘prikning narigi tomonida bajariladi.
6. Orqa tormozlarning suyuqlik naychalarini o‘rnatish.
7. Karterga qo‘l tormoz troslarini mahkamlab yotqizib qo‘yish.
8. Tormoz barabanlarni yig‘ma holda yarimo‘q flanesiga o‘rnatish va vintlar bilan qotirish.
9. Suyuqlik naychalarini karterga mahkamlash.
10. Tormoz tizimining zichligini tekshirish. g‘ildiraklarning tormoz silindri ishini tekshirish.
11. Karterga gipoidli uzatmalar moyini qo‘yib, orqa ko‘prikni sinash.
12. Yig‘uv sifatini tekshirish.
13. Orqa ko‘prikni yuvish, quritish va sovitish.
14. Bo‘yash va quritish.
Aytilgan amallarning tafsilotlari quyida keltiriladi.
To‘rtinchi amal pol ustidagi konveyerda bajariladi. Uni bajarish uchun ikkita yo‘naltiruvchi texnologik opravka reduktor o‘rnatiladigan flanesning qarama-qarshi joylashgan ikki teshigiga tiqiladi. Shu opravkalarga mo‘ljallab flanesga qistirma yotqiziladi, keyin karter va reduktor flaneslari tutashtiriladi. So‘ngra opravkalar chiqarib olinadi va reduktor flaneslari tutashtiriladi. So‘nra opravkalar chiqarib olinadi va mos keltirilgan teshiklarga, ilgaridan zichlovchi pasta surkalgan va prujinali shayba kigizilgan boltlardan 8 tasi kiritiladi. Boltlar 28-36 Nm moment bilan qotiriladi.
Beshinchi amalda, avval, yarimo‘qlar tormoz bilan yig‘ilgan holda konveyerga qo‘yib chiqariladi. Bunda tormozga qarab, qaysi biri o‘ng tomonga, qaysi birlari chap tomonga teriladi. Yarimo‘qlar yuqorida aytilgandek karter ichiga kiritiladi, podshipnik presslanadi. Yarimo‘qlarni 4ta bolt bilan qotirish uchun uni aylantiriladi, flanesdagi tuynuk orqali boltlar navbatma-navbat qotiriladi. Bolt kallagi ostiga prujinali shayba avvaldan kigiziladi. Boltlar 44-56 Nm moment bilan qotiriladi.
Orqa tormozning suyuqlik naychalarini o‘rnatish (6-amal) shundan iboratki, g‘ildirakning tormoz (gidro) silindri teshigidan tiqin chiqarib olinadi va o‘rniga suyuqlik naychasining shtuseri burab kiritiladi. Xuddi shu amal orqa ko‘prikning narigi tomonida ham bajariladi. Suyuqlik naychalari dastlab, siqilgan havo bilan puflanadi.
Suyuqlik naychalarining bo‘sh turgan uchidagi shtuserlar kollektorga burab kirgiziladi va prujina shaybali bolt bilan karterga payvandlab qo‘yilgan kronshteynga mahkamlanadi. Shundan so‘ng, suyuqlik naychalar eng chekkadagi skobalar orqasiga o‘tkaziladi va shtuserlar uzil-kesil burab qotiriladi.
Qo‘l tormozi trosi (7-amal) g‘ildirakning tormoz shitidagi quvurcha ichidan o‘tkaziladi; keyin unga kesilgan shayba qo‘yiladi. Trosning uchi g‘ildirak tormozining yoyiluvchi richagiga kiritiladi, keyin trosni himoyalovchi quvurcha shit quvurchasi ichidan o‘tkaziladi. Xuddi shu amal orqa ko‘prikning narigi tomonida ham bajariladi.
Trosning ikkinchi uchiga himoyalovchi quvurcha kigiziladi. U trosni bo‘yoq tegishidan saqlaydi. Keyin trosni orqa ko‘prigiga shunday o‘rab qo‘yiladiki, o‘ram iplari tormoz shitining tashqi diametridan chiqib ketmasin. Ayni shu amal ko‘prikning narigi tomonidan ham bajariladi.
Tormoz barabanlarini yarimo‘q flaneslariga kigizib, qotirishda (8-amal)tormoz kolodkalari sirtida moy yuqi bo‘lmasligi kerak. Aks holda uni jilvir qog‘oz bilan ishqalab ketkazish lozim. Tormoz baraban flanesga ikkita vint bilan mahkamlanadi. Vint kallagining ko‘ndalang yuzasi baraban tekisligi bilan bir chiziqqa tushishi kerak. Ayni shu amal ko‘prikning narigi tomonida bajariladi.
Suyuqlik naychalariga 5 ta qistirma kigiziladi, ular skoba ostiga surib qo‘yiladi(9-amal). Naychalar skoba bilan o‘rab qo‘yiladi.
Tormoz tizimining zichligi maxsus stendda, 10 MPa bosim ostida, 30±5 s vaqt davomida tekshiriladi. Tormoz suyuqligi oqib chiqsa naychalarning gaykalarini burab, qotirish kerak. /ildirak tormozlari yaxshi o‘rnatilgan va rostlangan bo‘lsa, gidrotarmoqda bosim bo‘lgan paytda yarimo‘qlar aylanmasligi lozim.
O‘n birinchi amalni bajarishda orqa ko‘prik sinov stendiga o‘rnatilib, mahkamlanadi. Moy quyiladigan teshik tiqin olinadi va orqa ko‘prik ichiga gipoid uzatmalarga ishlatiladigan moydan teshik sathigacha quyiladi. Shundan keyin orqa ko‘prikni avtomobilning oldinga va orqaga yurishga moslab, 3000 ayl/min chastota bilan aylantiriladi. Yarimo‘qlardan birining aylanishini sekinlatib, differensial ishi tekshiriladi.
Orqa ko‘prik ishi tekshirilayotganda (12-amal) qattiq, dag‘al tovushlar, tiqirlash va shunga o‘xshash nuqsonlar bo‘lmaslgi kerak. Tutash joylar, payvand choklar, moytutqichlar ko‘zdan kechiriladi, ular moy o‘tkazib yubormagan bo‘lishi kerak.
Orqa ko‘prik kalsiylashtirilgan sodaning 15% li eritmasida (70-800S harorat bilan), so‘ng 70-800S haroratdagi suv bilan yuviladi. Konveksiyali quritish kamerasida, 80-900S haroratda quritiladi. Sovituvchi kamerada, 400S haroratgacha sovitiladi.
Orqa ko‘prik elektrostatik kamerada, alkidstirolli emal bilan qoplanadi (14-amal). Bo‘yash qiyin joylar qo‘l bilan bo‘yash kamerasida, purkagich yordamida bo‘yaladi. Bo‘yoqdan chiqqan ko‘prik quritish kamerasida quritiladi. Oxirida troslarning uchidan himoya naychasi olinadi, bo‘yoq sifati tekshiriladi va orqa ko‘prik keyingi yig‘uvlarga jo‘natiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. F.P. Gurin, V.D. Klepikov, V.V. Reyn. Avtomobilsozlik texnologiyasi. I-II kitob. Toshkent, 2001.

  2. T.Abdusattorov, O.V.Lebedev, V.Sh.Axmedov. «Transport mashinasozligi texnologiyasi», ToshTYMI, Toshkent, 2003.

  3. F.P.Gurin, M.F.Gurin, «Texnologiya avtomobilestroeniya», 1986, 246 str.

  4. S.M.Qodirov, O.V.Lebedev, A.M.Xakimov, pod obщey redaksiey K.M.Siddiknazarova, «Vosstanovlenie detaley avtomobilya», Toshkent, O‘qituvchi, 1995, 272 str.


Download 379 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling