Kuzov va kabina detallarini tayyorlash texnologiyasi. Reja: Detallar va materiallarga bo‘lgan umumiy talablar
Avtomobil va traktor detallarini payvandlab yig‘ma birliklar tayyorlash
Download 379 Kb.
|
1404978732 55264
2.Avtomobil va traktor detallarini payvandlab yig‘ma birliklar tayyorlash.
Alohida detallardan yig‘ma birliklar tayyorlashda payvandlash keng qo‘llanadi. Payvandlash parchinmixga nisbatan tez bajariladi. Parchinmixlar va qoplama metall tejaladi, ulanadigan detallar devorini yupqalashtirish va profilli prokatlardan foydalanish hisobiga konstruksiya yengillashadi; parchinmix bilan ulangan konstruksiyalarga qaraganda 20% gacha, quyma konstruksiyalarga nisbatan 50% gacha metall tejaladi; ishlab chiqarish jarayoni soddalashadi va ishlov qatlami kamayadi. Avtomobil va traktorlarni yalpi ishlab chiqarish sharoitida payvandlashning ilg‘or usullari qo‘llanadi. Avtomobil sanoatida juda ko‘p detallar po‘lat tunukadan yasaladi, bu nuqtali payvand usulini qo‘llash imkonini beradi. Bunday payvandlash juda tez bajariladi. Payvandlovchi mashinalar bitta siklda 100 dan ortiq nuqtani ulaydi, uning elektrodlari turli rejimlarda ishlaydi. Bu mashinalar avtomat va yarimavtomat siklida ishlaydi; yalpi ishlab chiqarishda avtomat tarzda payvandlaydigan qatorlarni qo‘llash mumkin. Payvandlovchi mashinalarning unumdorligi oshirish maqsadida payvandlash jarayonini mexanizatsiyalaydigan va avtomatlashtiradigan turli-tuman gidravlik, pnevmatik, elektrik kuch qurilmalaridan foydalaniladi. Elektron qurilmalardan foydalanib, mashinaning hamma harakatlarini boshqarish mumkin. Payvandlash ishini avtomatlashtirish unumdorlikni oshirish bilan bir qatorda ishchining shaxsiy omillari ta’sirini kamaytirib, payvand sifatini oshiradi. Avtomat tarzda payvandlash ko‘pincha sanoat robotlari kuchi bilan bajaradi. Seriyali ishlab chiqarish sharoitidagi tez-tez qayta sozlashlar avtomatik va avtomatlashtirilgan payvandlash usulidan foydalanishni cheklab qo‘yadi, ko‘proq hammabop payvandlash mashinalari qo‘llanadi. Ular qayta sozlash uchun kam vaqt talab qiladi. Kam uglerodli po‘lat tunukalarni nuqtali payvandlashda, payvandlash mashinasining turiga qarab quyidagi to‘plamlarni bir-biriga yopishtirish mumkin: 1.5-1.5 mm; 2.0-2.0 mm; 2.5-2.5 mm; 5-5 mm va h.k. Yuk avtomabillari va traktorlarni ishlab chiqarishda elektr yoyi bilan payvandlashning avtomatlashtirilgan tizimi keng qo‘llanadi. Avtomobillarning payvandlanadigan detallari ko‘pincha tunukadan shtamplab, ba’zan - quyma yoki qizigan holda shtamplab tayyorlanadi. Payvandlanadigan detallarning materialini tanlashda detalning ishiga bo‘lgan talablar, shtamplash va payvandlash talablari hisobga olinadi. Bir turdagi metallarni payvandlash yaxshi natija beradi: turli metallarni payvandlash detallar materialiga, metall tarkibi va yuzalar holatiga (tozaligi, mikronotekisliklar, yuzadagi plyonka, bo‘shliqlar va h.k.) bog‘liq. Agar po‘lat tarkibidagi uglerod 0.3 % dan ko‘p bo‘lsa, uning payvandlanish xususiyatlari pastroq va metall toblashda hosil bo‘ladigan tarkibga o‘tib qolishi mumkin. Agar po‘lat tarkibida ko‘proq uglerod (0.4-0.5 %) bo‘lsa, detalni payvandlashdan oldin qizdirib, payvand tugagach, sekin sovitish kerak. Shunda toblash tarkibi yoki darzlar hosil bo‘lmaydi. Metall tarkibida 0.3q0.8% marganes bo‘lishi payvand sifatini oshiradi, marganes miqdorrining yana ham ko‘payishi metallning toblanuvchanligini kuchaytiradi. Payvandlash chok mintaqasida kuchlanishlar va deformatsiyalar hosil qiladi. Bir joyning qattiq qizib ketishi detal tanasida keskin farqlanuvchi haroratlar hosil qiladi. Agar detalning konstruksiyasi oddiy bo‘lsa va qotirimagan holda bir tekis qizdirib payvandlansa, sovigandan keyin qoldiq kuchlanishlar bo‘lmasligi mumkin, chunki soviyotganda detalga mexanik qarshilik ko‘rsatilmaydi. Agar detallar moslamalarga qotirilgan holda, dastlab qizdirib olmasdan, haroratdagi katta farqlar bilan payvandlansa, katta ichki kuchlanishlar paydo bo‘lib, detal buralib ketishi yoki moslamalar buralishga yo‘l bermasa-darz ketishi mumkin. Qoldiq kuchlanishlarni konstruktiv va texnologik choralari hisobiga kamaytirish mumkin. Konstruktiv tadbirlar turli-tuman bo‘ladi: payvand chokini ko‘proq joyga tarqatish; konstruksiyaning erkin deformatsiyalanishini ta’minlaydigan moslanuvchan element kiritish; payvandning yaxshi sifatini ta’minlaydigan material tanlash va x.k. Texnologik choralar detalni payvandlashdan oldin haddan ziyod qotirib tashlamaslik; payvanddan keyin bir tekis sovishini ta’minlash; chok qo‘yishning eng maqbul tartibini tanlash; payvandlangan mintaqani tezroq sovitish va x.k. Shuningdek, detalning eng katta o‘lchamlarini ham hisobga olish kerak. Ular har qanday payvandlash mashinasini qo‘llash imkonini bermaydi. Gaz bilan payvandlash zarurati metallning qalinligiga bog‘liq. U 2 mm dan ortiq bo‘lmagan hollarda maqsadga muvofiq. Ulanadigan qalinlik 6 mm dan ortiq bo‘lganda tutashadigan yuzalar qirrasidan rax olib, keyin payvandlash kerak. Download 379 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling