Kuzov va kabina detallarini tayyorlash texnologiyasi. Reja: Detallar va materiallarga bo‘lgan umumiy talablar


Yig‘uvning texnologik jarayoni va uning qismlari


Download 379 Kb.
bet5/16
Sana19.06.2023
Hajmi379 Kb.
#1604073
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1404978732 55264

2. Yig‘uvning texnologik jarayoni va uning qismlari.
Yig‘uvning texnologik jarayonlariga tegishli asosiy tushunchalar quyida berilgan.
Yig‘ish-buyumning tarkibiy qismlari birlashmasini hosil qilishdir. Bu ish alohida detallar va yig‘ma birliklarning zaruriy o‘zaro aloqasini ta’minlaydi. Yig‘ish ob’ektiga qarab uzelli yig‘ish va umumiy yig‘ish bo‘ladi.
Tarkibiy qismlarni yig‘ish-uzelliy yig‘ish deyiladi. Bevosita buyumni yig‘ish-umumiy yig‘ishga kiradi.
Buyumni yig‘ish bosqichi - buyum yoki uning tarkibiy qismi texnologik jarayoniga tegishli, yig‘uv sxemasiga binoan ajratib ko‘rsatilgan, tugallangan qismidir.
Yig‘ishning texnologik jarayoni zagotovka yoki buyumning tarkibiy qismlari birlashmasini yaratishga va o‘rnatishga tegishli hatti-harakatlarni o‘z ichiga oladi.
Yig‘ish amali - zagotovka yoki buyumning tarkibiy qismlari birlashmasini yaratish va o‘rnatishning texnologik amalidir. Yig‘ish amali bitta yig‘ma birlik ustida bo‘ladigan hamma hatti-harakatlarni qamrab oladi. Masalan, val uchiga qo‘yilgan podshipniklarni urib o‘rnatish bir yoki ikki amalda bajariladi. Podshipniklarni oldinma-keyin valning bir tomonidan, keyin ikkinchi tomonidan presslab o‘rnatish ikki o‘tishda bajarilgan bita amalni bildiradi. Agar podshipniklar o‘rnatiladigan bir to‘p vallarning hammasiga dastlab bir tomonidan podshipnik o‘rnatilib, keyin ikkinchi tomonidan o‘rnatilsa, bunday yig‘uv, har biri bitta o‘tuvda bajarilgan ikki amaldan iborat bo‘ladi. Yig‘uv usullari ko‘pincha bir vaqtda bajariladi. Masalan, ko‘p shpindelli buragichlar bilan g‘ildirak gaykalarini burash.
3. Yig‘uvda buyumning texnologiyabopligi.
Yig‘uvda buyumning texnologiyabopligi - buyum xususiyatlarining majmui bo‘lib, unga quyidagi xususiyatlar kiradi: yig‘uv ishlarini tayyorlash texnologiyasiga va yig‘uv jarayoniga moslik; nisbiy sarf, ya’ni buyumga sarflangan mehnat, vositalar, materiallar va vaqt qiymatlarining xuddi shunday sharoitda, shunga o‘xshash boshqa buyumlarga qilingan sarf qiymatlarga nisbati.
Yig‘ma birlikka kirgan detallar soni iloji boricha kam bo‘lishi kerak. Bunga yig‘ishning eng oddiy sxemasini tanlash va bir necha detalni bitta texnologiyaboproq yig‘maga keltirish bilan erishiladi.
Yig‘ishning soddaligi va qulayligi, yig‘iladigan joylarga qo‘l yoki asbob bilan borish imkoniyatlari konstruktiv yechimlar orqali hal qilinadi. Masalan, tutashuv yoki biri ikkinchisiga presslanuvchi detallarda rax olinsa yoki yo‘naltiruvchi qism yasalsa, yig‘ish osonlashadi.
Ikkita har xil yuzasi bilan o‘rnatiladigan detallarni bir yo‘la ikkala yuzasi bilan emas oldinma-keyin o‘rnatish kerak. Shunda detallardan birini ikkinchisiga tarang qilib o‘rnatilsa, qo‘zg‘almas o‘rnatuvli uchastkada detalning surilishi eng kam miqdorda bo‘ladi.
Yalpi va guruhli ishlab chiqarishdagi yig‘uv jarayonida ayrim detallarga qo‘shimcha ishlov berish ham, tutashgan detallarning ikkoviga bir yo‘la ishlov berish ham mumkin emas. Yig‘uvda buyumning texnologiyabopligi ishlab chiqarish miqyosiga mos kelishi kerak. Yig‘ishning hamma usulida ulanmalarning o‘zaro almashinuvchanligi eng yuqori bo‘lishiga intilmoq kerak. Bu-yig‘ish va ta’mirlash jarayonini soddalashtiradi. Konstruksiyada iqtisodiy nuqtai nazaridan yig‘uv tirqishlari va tarangliklar ko‘zlangan bo‘lishi kerak. Juda ham qattiq talablar kesib ishlash va yig‘uv jarayonlarini murakkablashtiradi, joizlikni ko‘paytirish esa, avtomobilning ishlatish ko‘rsatkichlarini pasaytiradi. O‘lchamlarni tahlil qilib, bu masalani optimal hal qilish mumkin va ko‘pincha, uning natijasiga qarab yig‘ma birlik konstruksiyasiga o‘zgarishlar kiritish mumkin, shuningdek, o‘lchamlar va joizliklarni ko‘rsatish tizimi o‘zgaradi, kompensatorlar kiritiladi.
Detallar ishonchli ulanishini ta’minlaydigan texnologiyabop yig‘uv usullaridan biri-detallarning holatini shlitsalar yordamida turg‘un qilishdir. Shlitsali ulanmalarning, ichida eng texnologiyabopi-tashqi diametr bo‘yicha ishlash, ichki diametrga ishlov berishga qaraganda kam mehnat talab qiladi.
Konstruksiyalarda tebranma podshipniklar keng qo‘llanadi. Bunday podshipniklarni korpusli detallarga o‘rnatish va qotirishda korpus teshigining pog‘onasiga (ariqchasiga) prujinasimon xalqa qo‘yiladi. Yo‘nib kengaytirilgan teshik pog‘onasiga tayanib podshipniklarni qotirish yig‘uv nuqtasi nazridan qulay, lekin kesib ishlash jihatidan texnologiyabop emas. Prujinasimon xalqa bilan yoki ikkita prujinasimon xalqa va bitta oddiy xalqa bilan qotirish texnologiyabopliroq.
Konus podshipniklarga tayanadigan vallarni yig‘ishda aylanib ishlaydigan detalga e’tibor berish kerak: val korpus ichida aylanadimi yoki korpusning o‘zi aylanadimi? Bu variantlarda tashqi va ichki xalqalar o‘tuvchi o‘rnatuvlarning biri bilan qotiriladi, ularning juft xalqalari esa-sirpanuvchi o‘rnatuv bilan qotiriladi. Podshipniklarning tarangligi xalqalarni surish hisobiga ta’minlanadi.
Zo‘ldirli tayanch podshipniklar bilan valni yig‘ishdagi xususiyat shuki tayanch va radial podshipniklar bir biriga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘rnatilishi kerak. Ularning erkin va mustaqil o‘rnatilishi maromida ishlashni ta’minlaydi. Konstruksiya mutlaqo texnologiyabop emas. Unda ikkala podshipnik ham o‘q bo‘yicha, ham korpus bo‘yicha qat’iy markazlashtirilgan. Bu – yig‘ma birlikning maromida ishlashini qiyinlashtiradi.
Avtomobil va traktorlar yig‘ma birliklarini loyihalashda chervyakli ilashmalarni va tishli konus uzatmalarni rostlaydigan qurilmalarning texnologiyabopligiga katta e’tibor berish kerak. Bunday ilashma va uzatmalardagi aniqlik, eng avval, kesib ishlashning aniqligi bilan ta’minlanishi lozim. Ularni yig‘uv jarayonida qistirmalar yoki vtulkalar yordamida ham rostlanadi.

Download 379 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling