Kuzov va kabina detallarini tayyorlash texnologiyasi. Reja: Detallar va materiallarga bo‘lgan umumiy talablar


To‘liq almashinuvchanlik bilan yig‘ish


Download 379 Kb.
bet8/16
Sana19.06.2023
Hajmi379 Kb.
#1604073
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
1404978732 55264

To‘liq almashinuvchanlik bilan yig‘ish qo‘shimcha ishlov bermasdan yoki bo‘g‘inlar (detallar)ning tashkil etuvchisini tanlab va saralab o‘tirmasdan yakuniy bo‘g‘inning berilgan aniqligini ta’minlashi mumkin. Bu usulda chiqarilayotgan hamma rusumdagi avtomobillarning yig‘ma birliklari talab etilgan aniqlik bilan yig‘iladi. Demak, yig‘ma birlikka kiradigan ulanuvchi (tutashuvchi) detallar o‘lchamiga konstruktor tomonidan beriladigan joizliklar o‘sha o‘lchamlarning ishlab chiqarish tashkilini soddalashtiradi, uni oqimli qatorga o‘tkazishni osonlashtiradi, ishlatishda qulayliklar tug‘dirib (eyilgan yoki singan detallarni yangisiga almashtirish), shirkatlashtirish imkonini beradi.
Chala almashinuvchanlik bilan yig‘ish shundan iboratki, o‘lchamlar zanjiridagi yakunlovchi bo‘g‘inning talab etilgan aniqligi yig‘ilgan hamma ob’ektlar uchun emas, balki ilgaridan shartlashilgan qismi uchun ta’minlanadi. Shu yo‘l bilan, ilgarigi usulga qaraganda, zanjirni tashkil etuvchilarning hammasi bo‘g‘iniga kengroq joizliklar tayinlanadi. Natijada, ba’zi ob’ektlardagi yakunlovchi bo‘g‘in tayinlangan (yig‘ma) joizlik chegarasidan chiqib ketishi mumkin, boshqacha aytganda, ma’lum darajada xatar bor.
Guruhli almashinuvchanlik bilan yig‘ish. Bu usul kam bo‘g‘inli, yakunlovchi bo‘g‘inidan katta aniqlik talab etiluvchi yig‘ma o‘lchovlar zanjirida qo‘llanadi. Berilgan aniqlik zanjirga tashkil etuvchi bo‘g‘inlarni qo‘shish bilan ta’minlanadi. Bu tashkil etuvchilar o‘zlari ilgari ajratilgan guruhlardan biriga taalluqli bo‘lishi kerak.
Joyiga moslashtirib yig‘ish shundan iboratki, yakunlovchi bo‘g‘inning berilgan aniqligiga erishish uchun metall qatlamini yo‘nib kompensatsiyalovchi bo‘g‘in o‘zgartiriladi. Bunda shaberlash, egovlash, yaltiratish, ishqalash, joyiga qarab teshik ochish amallari qo‘llanadi.
Rostlab yig‘ish yakunlovchi bo‘g‘inning talab etiladigan aniqligi metallni kesmasdan ta’minlanadi. Bu-quyidagicha izohlanadi. Yakunlovchi bo‘g‘inning joizligini siqishtirish esa, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas. Bo‘g‘inlarga oshirilgan joizlik berilganda, joyiga moslashtirish usulidagi kabi, kompensatsiya miqdorrini aniqlash kerak. Kompensatsiyalovchilar qo‘zg‘aluvchi va qo‘zg‘almas bo‘ladi. Qo‘zg‘aluvchilarga vint bilan qotiriladigan vtulkalar, xalqalar va h.k. detallar kiradi. Agar yakunlovchi bo‘g‘inning aniqligi o‘lchamlar zanjiriga qo‘zg‘aluvchi kompensator kiritish bilan ta’minlansa, bo‘g‘inlarning joizligi maksimal darajada erkin belgilanadi. Qo‘zg‘almas kompensatsiyalovchilar sifatida xalqalar, shaybalar, qistirmalar va sh.k. ishlatiladi.
Avtomobilsozlikda yig‘ish asosan to‘la o‘zaro almashuvchanlik, joyiga moslash va rostlash usullari bilan amalga oshiriladi.

Download 379 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling