ZIL-130 avtomobili kabinasini ishlab chiqarish xususiyatlari.
Kabina tayyorlashning texnologik jarayoni sxemasini quyidagi bosqichlar bilan ifoda etish mumkin: detal tayyorlash (asosan, tunukadan, shtamplab), yig‘ish va payvandlash, bo‘yoqqa tayyorlash va bo‘yash, tayyor kabinani avtomobilni yig‘uv sexiga uzatish.
Katta o‘lchamli detallarni shtamplab tayyorlashda ularning o‘lchamida, shaklida va fazoviy joylashuvida og‘ish ko‘p bo‘ladi. Bu og‘ishlar xomashyo tunukaning sifatiga, aniqligiga, zagotovka bichimlarining aniqligiga, shtamplarning yeyilish darajasiga, shtamplash sharoitiga, operatorning malakasiga va x.k. omillarga bog‘liq.
O‘z navbatida, yalpi ishlab chiqarish sharoitida shtamplangan detallarning o‘zaro almashtirish mumkinligini ta’minlab, yig‘uv va payvandlash qatorini avtomatlashtirish mumkin. Bu yerda o‘zaro almashinuvchanlik, deganda shtamplangan detallarning chuqurligi barqaror bo‘lishi, sifati ham talab darajasida va bir xil bo‘lishi tushuniladi. Shuning uchun ham ZIL-130 avtomobili kabinasini tayyorlashda katta detallarning zagotovkasini kesish uchun avtomat qatorlar qo‘llangan. Bu qatorlar tunuka metall o‘ramidan keragicha kesib olib, zagotovka urib (tayyorlab) beradi. Qatorlarda odatiy qaychilari o‘rniga to‘rt ustunli kesuvchi presslar qo‘yilgan ularning konstruksiyasi bir urishda ikkita zagotovka olish imkonini beradi. Bundan tashqari o‘ramni bichishi, murakkab shaklli zagotovka chiqarib berishi mumkin.
Adabiyotlar:
F.P. Gurin, V.D. Klepikov, V.V. Reyn. Avtomobilsozlik texnologiyasi. I-II kitob. Toshkent, 2001.
T.Abdusattorov, O.V.Lebedev, V.Sh.Axmedov. «Transport mashinasozligi texnologiyasi», ToshTYMI, Toshkent, 2003.
F.P.Gurin, M.F.Gurin, «Texnologiya avtomobilestroeniya», 1986, 246 str.
S.M.Qodirov, O.V.Lebedev, A.M.Xakimov, pod obщey redaksiey K.M.Siddiknazarova, «Vosstanovlenie detaley avtomobilya», Toshkent, O‘qituvchi, 1995, 272 str.
Do'stlaringiz bilan baham: |