Kuzov va kabina detallarini tayyorlash texnologiyasi. Reja: Detallar va materiallarga bo‘lgan umumiy talablar


Dvigatellarning yig‘ma birliklarini yig‘ish xususiyatlari


Download 379 Kb.
bet12/16
Sana19.06.2023
Hajmi379 Kb.
#1604073
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
1404978732 55264

2. Dvigatellarning yig‘ma birliklarini yig‘ish xususiyatlari.
Shatun-porshenli uzelni yig‘ish. Porshen, shatun va porshen barmoqchasi bir-biriga mos o‘lchamlar guruhidan olib to‘planadi. Porshenlar etakning tashqi diametriga qarab, silindr gilzalarining o‘lcham guruhiga, porshen barmoqchalarining o‘rni diametriga bog‘liq holda tanlansa, shatunlar – yuqori kallakdagi teshik diametriga qarab va barmoqcha diametriga bog‘liq holda tanlanadi.
Shatun-porshenli uzel, odatda, avtomat va avtomatlashtirilgan qatorlarda yig‘iladi. Bunday qatorlarda yuvish-quritish agregati va yig‘uvchi avtomatlar ketma-ket o‘rnatiladi. Dastlab, porshen, shatun va barmoqchalar bilan yig‘iladi, keyin bu yig‘ma keyingi yig‘uv avtomatiga uzatiladi. U yerda barmoqchaning ikkala tomoniga halqa qo‘yilib surilmaydigan qilinadi. Shundan so‘ng bo‘y yig‘ma porshenga halqalarni (havo siquvchi va moy sidiruvchi) kiygazadigan avtomatga uzatiladi.
Avtomat tarzida yig‘uv ko‘p pozitsiyali avtomatlarda ham bajariladi. Yig‘iladigan detallar (shatundan boshqalari) konveyrlardan to‘plagichlardan beriladi. Shatun barmoqchalari katta kallakdagi teshigi bilan kiygiziladi va ikkita shtift bilan turg‘un holga keltiriladi. Porshen yig‘uv pozitsiyasiga, qatorga yondashgan yuvish-quritish agregatidan uzatiladi. Barmoqchalar pozitsiyaga ariqcha bo‘ylab sirg‘alib keladi. Porshen rolikdan aylanma harakat oladi. Porshen bu rolikda gidro yuritgichdan harakatga keladigan ikkinchi rolik bilan yopishadi. Porshen ma’lum bir burchak holatini egallagach yig‘uv pozitsiyasiga kelib tushadi. Stol ham shatun bilan birga aylanib, yig‘uv pozitsiyasiga keladi. Bu yerda mexanizm yordamida ko‘tariladi va shatun porshenga kiradi. Keyin porshen va shatunning mos kelib qolgan teshiklariga barmoqcha presslab kiygiziladi, so‘ngra, shatun porshen bilan birga pastga tushadi, stol esa aylanadi.
Keyingi pozitsiyada porshenga presslab kiygizilgan barmoqchaning ikki tomoniga halqa kiygizilib, qotiriladi. Halqalar to‘plagichlar ikkita mexanizm yordamida uzatiladi. Shundan keyin porshenga halqalar kiygiziladi. Halqalar goho bir-biriga yopishib qoladi, shuning uchun ba’zi avtomat qatorlarda ularni uyumdan olib o‘rnatiladi.

Download 379 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling