1-amaliy mashg‘ulot Minerallarning shaffofligi, rangi va chizig‘ining rangini o‘rganish Ishning maqsadi


Download 162.92 Kb.
bet36/37
Sana05.09.2023
Hajmi162.92 Kb.
#1673135
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
mineralogiya amaliy

Termolit - Ca2Mg5[Si4O11][OH]
Nomi topilgan joyiga qarab berilgan. Premol vodiysidan (Sen-Gottardaning janubiy tomonida Shveytsariyada) topilgan.
Singoniya monoklin. Kristallari shakli ancha sodda, cho‘ziq, uzun prizmatik ignasimon, ba’zan qildek ingichka kristallari topilgan. Shula kabi joylashgan ingichka nayzasimon yoki tolasimon.
Rangi - oq yoki och, ko‘pincha kulrang. Yaltirashi - shishadek
Qattiqligi — 5,5 - 6
Solishtirma og‘irligi — 2,9 — 3,0
Mustahkamligi - mo‘rt
Ulanish tekisligi - mukammal
Paydo bo‘lishi, assotsiatsiyasi, konlari, amaliy ahamiyati.
Magmatik tog‘ jinslarida uchraydigan boshqa amfibollar kabi qisman past haroratda yuzaga keladigan tipik epimagmatik mineral bo‘lib topiladi. U metamorfik kristallangan ohaktoshlar bilan dolomitlarda, hamda slaneslar bilan rogoviklarda ham uchraydi. Konlari Kochkarsk, Slyudansk (Rossiya), O‘zbekistonda, Shveytsariyada uchraydi. Yarim qimmatbaho tosh, zargarlikda ishlatiladi.


Aktinolit - Ca2[Mg,Fe]5 [Si4O11]2[OH]2
Mineralning nomi Yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, «aktis»- nur va «litos»- tosh degan so‘zlardan tarkib topgan.
Singoniya - monoklin.
Rangi och yashilroq kul rangdan to‘q yashilgacha Yaltirashi - shishadek
Qattiqligi - 5,5 - 6
Solishtirma og‘irligi - 3,1 - 3,3
Ulanish tekisligi - mukammal
Paydo bo‘lishi, assotsiatsiyasi, konlari, amaliy axamiyati.
Aktinolt boshqa hamma amfibollar kabi bir muncha past haroratda barqarordir. Ko‘pincha yuzaroqda paydo bo‘lgan kristallangan slanetslarda, ko‘p miqdorda uchraydi.
Aktinolit - asbest tomirchalar tarzida kolchedan konlarida uchraydi. Nefrit tub joy yotqizilmalarda aktinolitli slaneslar orasida va boshqa joylarda uchraydi. Sochilmalardan va tub joy jinslardan juda ko‘p miqdorda kavlab olinadi. Aktinolit bilan bir assotsiatsiyada epidot, xlorit, kvars, tsoizit, talk va boshqa minerallar topiladi.
Ural Belorechensk, Kalitinsk, Hara-Jelcha daryosi (Baykal ko‘lidan g‘arbda), O‘rta Osiyoda Raskom daryo bo‘ylab (Sharqiy Pomir), Yangi Zelandiya, Tasmaniya, Yangi Kaledoniya, Kuen-Lun tog‘ida (Xitoy).
Vazalar, tumor-ko‘zmunchoq va boshqa xilma-xil buyumlar tayyorlanadi.

Talk - Mg3[Si4O10][OH]2


Bu Mineral qadimda arabcha shu nom bilan atalgan.
Singoniya monoklin. Kristallari geksagonal va rombik qiyofada, lekin tabletkasimon shaUda juda kam uchraydi. Varaq — varaq, tangacha- tangacha, ko‘pincha yog‘li tosh holida topiladi.
Rangi - och yashil (yirik varaq-varaq bo‘lib tuzilgan massalari)
sarg‘ish, qo‘ng‘ir, yashilroq oq.
Yaltirashi - shishadek, sadaf kabi tovlanib turadi.
Qattiqligi - 1
Solishtirma og‘irligi — 2,7 — 2,8
Ulanish tekisligi - o‘ta mukammal
Paydo bo‘lishi, assotsiatsiyasi, konlari, amaliy ahamiyati
Talk ko‘pincha magniyga boy o‘ta asos jinslarning gidro- tyermal o‘zgarishidan yuzaga kelgan mahsulot holida topiladi. Kontakt- metasomatik jarayonida ham hosil bo‘ladi. Ular skarnning gidrotermal stadiyasida dolomitlar bilan intruziv jinslar kontaktida yuzaga keladi.
Talk brenerit, magnezit, ba’zan kalsiy karbonatlari bilan bir
assotsiatsiyada hosil bo‘ladi. Konlari Shabrov, Miass (Rossiya), Medokda (Kanada).
Mayin yanchilgan talk qog‘oz, rezina sanoatida to‘ldiruvchi sifatida, ishlatiladi. Temirsiz a’lo sifatli navlari parfYumyeriyada (upa, moy pastalar tayyorlashda) ishlatiladi. Bo‘yoqchilik, to‘qimachilik sanoatida va boshqa sohalarda ishlatiladi.


Muskovit - KAl2 [AlSi3O10][OH]2


Mineralning nomi Moskvaning qadimgi italyancha nomi “Muska” dan olingan.
Singoniya monoklin. Kristallari ko‘pincha plastinkacha yoki tabletkasimon bo‘lib, ko‘ndalang kesimi psevdogeksagonal yoki rombga o‘xshash bo‘ladi. Ba’zan ustunsimon piramidal. Yaxlit varaq-varaq, donador yoki tangachalardan iborat.
Rangi Yupqa varaqachalari rangsiz, sarg‘ish kulrang, yashilroq, ba’zan qizg‘ish.
Yaltirashi shishadek, ulanish tekisligi Yuzasida sadafdek.
Qattiqligi — 2 – 3
Solishtirma og‘irligi — 2,76 — 3,10
Mustahkamligi - mo‘rt
Ulanish tekisligi - o‘ta mukammal
Paydo bo‘lishi, assotsiatsiyasi, konlari, amaliy ahamiyati.
Muskovit jins tashkil etuvchi mineral sifatida ba’zi bir intruziv tog‘ jinslari tarkibida, ayniqsa greyzenlar tarkibida ishtirok etadi. Granit pegmatit tomirlarida bir muncha ko‘p uchraydi. Kontakt-metasomatik konlarda ham uchraydi. Gidrotermal ma’dan konlarida ham uchraydi. Metamorfik tog‘ jinslarida muskovit bilan seritsit juda keng tarqalgan. Konlari Mamsk (Rossiya), AQSHda, Braziliyada, Kanadada, Hindistonda uchraydi.
Eng qimmatli varaq - varaq Slyuda asosan elektr sanoatida izolyatorlar, kondensatorlar, reostatlar, telefonlar, elektr lampalari va boshqa maqsadlarda ishlatiladi.

Ortoklaz - K[AlSi3O8]


Mineralning nomi grekcha so‘zdan olingan bo‘lib "Ortoklaz"-to‘g‘ri sinadigan demakdir.
Singoniya monoklin. Kristallarining qiyofasi ko‘proq prizmatik.
Qo‘shaloq kristallari sodda bo‘lib, ancha ko‘p uchraydi.
Rangi shaffof bo‘lmagan ortoklaz och pushti, qo‘ng‘irroq-sariq, qizg‘ish oq, ba’zan go‘shtdek qizil.
Yaltirashi - shishadek Qattiqligi — 6 — 6,5
Solishtirma og‘irligi — 2,54 — 2,57
Ulanish tekisligi - mukammal.
Paydo bo‘lishi, assotsiatsiyasi, konlari, amaliy ahamiyati.
Ortoklaz asosan nordon, qisman o‘rtacha nordon magmatik jinslarda topiladi. Ortoklaz granit pegmatitlarida mikroklinga nisbatan bir muncha kam. Nurash jarayonida yer yuzi agentlarning (O, S 2, N va boshqalar) ta’siri ostida Ortoklaz, kaolinlanishga duch keladi. Nurashning qoldiq, maxsulotlari kaolinli gil sifatida nurash po‘stida to‘planadi yoki oqin suvlar bilan Yuvilib ketadi. Konlari Lolabuloq, Karichsoy (Uzbekiston), Kareliya, Mamsk (Rossiya), AQSHda, Kanadada, Madagaskarda uchraydi.
Oyna, chinni, keramika sanoatida, elektrotexnikada, yarim qimmatbaxo tosh - zargarlikda ishlatiladi.

Download 162.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling